Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Ochiqlik indeksi” reytingi: Farg‘ona viloyati hokimligi 3-o‘ringa ko‘tarildi

×

 2018-03-31 21:38:58    125

PDF yuklash
Chop etish


2018 yil 30 mart kuni soat 11.00 da Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis Qonunchilik palatasi binosida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmati rahbari-matbuot kotiblari, OAV vakillari ishtirokida palataning Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan brifing o‘tkazildi.

Unda respublika bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining 2017 yil davomidagi faoliyati “ochiqligi indeksi”ning reyting natijalari e’lon qilindi.

Baholangan 100 ballik tizimda Farg‘ona viloyat hokimligi faoliyati ochiqligi ko‘rsatkichlari jami 80 ballni tashkil etganligi hamda  hokimiyatlar bo‘yicha – Toshkent shahri (89 ball) va Namangan viloyati (87 ball) hokimliklaridan keyin 3 o‘rinda; barcha (52 ta) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bo‘yicha esa 22 o‘rinda qayd etildi.

fоtо: хаbar.uz

Yig‘ilishda shuningdek, sohada otgan yilga nisbatan ijobiy o`zgarishlarga, jumladan, Farg‘ona viloyati hokimligi faoliyatining ochiqlik ko‘rsatkichlarida 2017 yil 1 yanvar holatiga nisbatan o‘sishga erishilganligi (2017 yil 1 yanvar holatiga 46 ballni tashkil qilib, respublika hokimiyatlari (14 ta) bo‘yicha 13 o‘rinda, barcha (47 ta) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bo‘yicha esa 45 o‘rinda qayd etilgan edi) ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lumot sifatida aytib o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son qarori ilovasiga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqlik ko‘rsatkichlari 66 punktdan iborat mezonlarga ko‘ra baholanadi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda sohada qo‘llanilayotgan yangiliklar va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda ochiqlik bo‘yicha mas’ul bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari axborot xizmati rahbari-matbuot kotiblari mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun belgilangan normativ-hujjatlarga asosan, o‘zaro hamkorlikda ish yuritishi zarurligi, mas’uliyatni yanada kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi.