Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Sohibqiron salohiyatiga bir nazar

×

 2018-04-10 11:22:53    117

PDF yuklash
Chop etish


“Kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligi, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini , shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak”, degan o‘tkir aqida buyuk bobokalonimizning barhayot nomiga bo‘lgan xalqimiz va dunyo e’tirofini anglatib turibdi.

Zero, Amir Temur shaxsini idrok eta olish bugungi va kelajak avlod uchun ulkan saodatdir.

Farg‘ona davlat universiteti katta majlislar zalida Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman barcha yosh avlod uchun Sohibqiron dahosini o‘rganish, uning bemisl salohiyatini teran anglashga xizmat qildi.

Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi, ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda professor-o‘qituvchilar, temurshunos olim va tadqiqotchilar, talaba-yoshlar jam bo‘lishdi. Dastlab Amir Temurning davlat arbobi, mohir sarkarda, xalqparvar davlatpanoh, buyuk bunyodkor sifatidagi faoliyati haqida yozilgan kitoblar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalaridan iborat  ko‘rgazma va taqdimot ishi namoyish qilindi.

Anjuman davomida Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Bahriddin Usmonovning “Amir Temur –buyuk davlat arbobi va engilmas sarkarda”, dotsent Sayyoraxon Mirsoatovaning “Sohibqiron Amir Temurning madaniyat va ma’naviyat sohasida amalga oshirgan islohotlari”, universitet katta o‘qituvchisi Rahmatjon Arslonzodaning “Istiqlol davrida temurshunoslik”, tarix kafedrasi o‘qituvchisi Saidaxon Hakimovaning “Temuriylar davri me’moriy obidalarining turizmni rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalarda ta’kidlanganidek, Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirgan, Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etgan Amir Temur o‘z xalqini odillik va xalqparvarlik, qonun ustuvorligi tamoyillari bilan boshqargan, elga tinchlik, obodlik nashidasini bergan etuk hukmdor sifatida tarixda qolgan. Uning “Temur tuzuklari” nomli kitobi Sohibqironning  harbiy san’atga, davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarishga oid qarashlarini aks ettirgani bilan alohida qadr topgani bejiz emas.

-Bobokalonimiz o‘zining bunyodkorlik yo‘lida amalga oshirgan ulkan ishlari bilan o‘chmas iz qoldirgan, -deydi tarix fanlari nomzodi B.Usmonov. – Ayniqsa, Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad YAssaviy, Zangiota maqbaralari, Oqsaroy, Ko‘ksaroy va Shohi Zinda singari mo‘‘jizakor obidalar buyuk bunyodkorning aql-zakovati va tafakkuri hosilalari ekanligi shubhasiz.  Qolaversa, uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kessam, o‘rniga o‘n daraxt ektirdim” degan fikrlari Sohibqironning yaratuvchanlik salohiyatidan darak beradi.

Oliygohning Amir Temur tarixi bilimdonlari deb topilgan bir guruh iqtidorli talabalariga Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi viloyat bo‘limi tomonidan eng sara kitoblar jamlanmasi taqdim  qilindi.

Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda buyuk bobokalonimiz shaxsi, u zot ado etgan ulug‘vor ishlarning faxr bilan e’tirof etilishi yoshlar qalbida Amir Temurning munosib avlodlari bo‘lish istagini yanada balandlatdi.


Dilnavoz QO‘LDOSHEVA.

foto: fikr.uz