Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Investitsiyalar Innovatsiyalar va turizm

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Hosil salmog‘i bugungi harakatga bog‘liq

×

 2018-04-16 14:53:45    26

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimiz fermerlari ayni kunlarda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil etishtirish maqsadida g‘alla parvarishi va chigit ekish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

84 ming 680 gektar maydonda chigit ekish ishlari yakuniga etkazilmoqda. Viloyat fermer xo‘jaliklari 109 ming 200 gektar maydonda g‘alla parvarishlamoqda. To‘rt sektor rahbarlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha “G‘alla parvarishida favqulodda holat” davrida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, g‘alla maydonlarini sharbat bilan sug‘orish maqsadida 17 ta shahar, tumanlar shtablari va 110 ta mahalliy o‘g‘it chiqarish otryadlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan har gektar g‘alla maydoniga 5 tonnadan mahalliy o‘g‘it jamg‘arish va dalaga chiqarish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kesimida reja-jadval ishlab chiqilgan.

Quva tumani fermer xo‘jaliklarida ham g‘alla parvarishi, chigit ekish ishlari qizg‘in. Bir tekis rivojlanayotgan maysani sharbat usulida sug‘orish, oziqlantirish tajribali g‘allakorlar tavsiyasi asosida amalga oshirilayotir.

Ayni kunlarda tumanda 7 ming 530 gektar maydonda g‘alla parvarishlanmoqda. 7 ming gektar maydonga iqlimga mos, serhosil paxta navlarini ekish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

“Qodirjon Usmonjon Rahmatjon” fermer xo‘jaligida 28 gektar maydonda g‘alla parvarishi barcha agrotexnik tadbirlar asosida olib borilmoqda. Mineral o‘g‘itlar vaqtida berildi, turli kasallik, zararkunandalarga qarshi kurash ishlari bajarildi. 24 gektar maydonda esa chigit ekish ishlari to‘liq yakunlandi. Fermer xo‘jaligi rahbari Rahmatjon Mamatov 12 sotix maydonda issiqxona ham tashkil qildi. Bu erda pomidor, bulg‘ori, qalampir, karam kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.

“Quva O‘lmasxon saxovati” fermer xo‘jaligida bo‘lgan kishi ham bahorgi yumushlar o‘z vaqtida, sifatli bajarilayotganligiga guvoh bo‘ladi. Mana, to‘qqiz yildan buyon har yili fermer xo‘jaligi paxta va g‘alladan mo‘l hosil olib kelmoqda.

Yerga mehr bersangiz, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarsangiz, hosil ham shunga yarasha bo‘ladi, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Odiljon Qambarov. – 44 gektar maydonda g‘allaning “Kroshka” navini parvarishlamoqdamiz. 30 gektar maydonga esa yaxshi niyat bilan chigit qadadik. Fermer xo‘jaligimiz joylashgan hududning tuproq sharoiti ancha og‘ir. Shunday bo‘lsa-da, har bir agrotexnik tadbirni vaqtida qilib, ko‘zlagan rejamizni bajarmoqdamiz.

 

Ma’sudjon SULAYMONOV.

Sherzod QORABOEV olgan surat.