Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Obod qishloq” dasturi – Farovonlik va yuksalish asosi

 2018-04-16 14:56:12    144

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla ahlining turmush tarzida bo‘y ko‘rsatayotgan yuksalishlar, obod manzillar bilan tanishish, bugunidan mamnun, ertasidan ko‘ngli to‘q odamlar bilan suhbatlashish dilingizni xushnud qiladi.

Yurtimizda kechayotgan yuksalish, keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari tumanida ham namunali tarzda amalga oshirilmoqda. Ertangi kunga ishonib yashayotgan qishloq ahli shirin tashvishi bilan band.

Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan “Obod qishloq” Dasturiga binoan tumanimizdagi Shoyimbek va Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inlari tanlab olindi.

Ochig‘ini aytish kerak, Shoyimbek mahallasida bir qator muammolar yig‘ilib, xal qilinishi kerak edi. Buning uchun kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqildi, daxldor korxona va tashkilotlar biriktirildi. Mahallada hozirda 4502 nafar aholi, 852 ta xonadon bor. Shundan kelib chiqib hududdagi 5 ta ko‘chada 26 ta  yakka tartibdagi uy-joylar ta’mirlanadi. Jumladan, Yoshlar ko‘chasidagi 3 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi ta’mirlanadi, kirish yo‘laklariga temir eshiklar, individual isitish tizimi o‘rnatiladi, piyodalar yo‘laklari rekonstruksiya qilinadi.

Yuqori Shoyimbek ko‘chasi 0, 30 km, Guliston ko‘chasidagi 0.2 km piyodalar yo‘lagi ta’mirlanadi. Buloqboshi ko‘chasida 10 ta, Yuqori Shoyimbek ko‘chasida 10 ta, Guliston ko‘chasida 10 ta ko‘cha chiroqlari o‘rnatiladi.

Ijtimoiy soxa ob’ektlarida ham bir qator amaliy ishlarni olib borishni maqsad qilganmiz. Xususan, Guliston ko‘chasidagi 19-sonli va Yuqori Shoyimbek ko‘chasidagi 20-sonli maktabgacha ta’lim muassasalari mukammal ta’mirlanadi. Guliston ko‘chasidagi 20-sonli umumta’lim maktabida qurilish va bunyodkorlik yumushlari ado etiladi. Yig‘in hududiga 2,6 km ichimlik suvi tarmoqlari tortiladi. Bu esa ichimlik suvi bilan bog‘liq murojaatlarning hal etilishida muhim qadam bo‘ladi.

Qolaversa, Shoyimbek MFY aholisiga 2018 yil davomida 376 dona gaz ballon etkazib berish ko‘zda tutilgan. 3,35 km ichki yo‘llar ta’mirlanishi ham rejaga kiritilgan.

Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inimizda ham kerakli chora tadbirlar ishlab chiqildi. Qarorga asosan, mahallaga 1,9 km ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi. Mevazor ko‘chasida 1 ta suv minorasi o‘rnatiladi, 2,8 km ichki yo‘llar, 22 ta uylar ta’mirlanadi. Shifokor ko‘chasidagi 2 ta ko‘p qavatli uy fasadi hamda 0,5 km yo‘lakchalar ta’mirlanadi. 1 ta yangi savdo shaxobchasi, 5 ta maishiy xizmat shaxobchasi barpo etiladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan mazkur dastur hududlarda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, xalqni rozi qilish, yurtimizni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.

 

Ahadjon MADAMINOV,

Furqat tuman hokimi.