Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Abiturient –2018. Test sinovlarining yangi tartibi

 2018-05-31 12:27:51    873

PDF yuklash
Chop etish


Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish test sinovlarini takomillashtirish, uning adolatli va xolis o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida Prezidentimizning “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori ilovasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Test sinovlarini adolatli va xolisona o‘tkazish mazkur nizom talablariga qat’iy rioya etgan holda, oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari, guruh nazoratchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur nizomga asosan 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab:

 – oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun xar yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi;

– test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi;

 – test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi;

 – abiturientlarni talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovi natijalari o‘tkazilgan kunning ertasiga davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va oliy ta’lim muassasalariga etkaziladi;

 – 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab ijodkorlik va individual mahoratni talab etadigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishni kirish test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali amalga oshirish belgilandi;

– abiturientlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini onlayn rejimda kuzatishini ta’minlash maqsadida binoga tegishli hudud tashqarisida o‘tirish joylari belgilanib, kutish joylari tashkil etiladi;

– binoda test sinovlari jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida
30 nafar abiturient uchun bitta videokuzatuv tizimi o‘rnatiladi, jarayonni abiturientlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun bino kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari, nizomda test jarayonlariga mas’ul bo‘lgan xar bir shaxs hamda abiturienlarning xuquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.

Ushbu shaxslar tomonidan abiturientlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni binoga olib kirishda sharoit yaratib bersa mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Agar abiturientlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda yuqoridagilarni olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa, test materiallarini boshqa abiturientga uzatsa (ularga yordam bersa), binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa, test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, videokuzatuvlar orqali tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa, uning bilimini baholash uchun asos hisoblangan hujjat javoblar varaqasining 4-bo‘limida  chetlashtirish dalolatnomasi qayd etiladi.

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar 20 avgustdan
30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz o‘n bir kalendar kuni ichida) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasiga mazkur Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Abiturientga apellyasiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida xabarnoma beriladi. Bunday shikoyat Davlat test markazida hamda uning viloyatlardagi bo‘limlarida qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganligi chet tiliga qiziqqan yoshlarga ayni muddao bo‘ldi, deyish mumkin. Unga ko‘ra Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda chet tilini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini keng qo‘llagan holda, 2018 yil 1 yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abiturientlarga oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan yo‘nalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etish belgilangan. Ushbu sertifikat 3 yilgacha amal qiladi. Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatini olish istagini bildirganlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.

J.BABAJANOV,

DTM Farg‘ona bo‘limi bosh mutaxassisi.