Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастури: “Startup tashabbuslari” loyihasi taqdimoti

×

 2018-09-05 11:52:17    98

PDF yuklash
Chop etish


Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat  yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. Yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish  uchun shart-sharoitlar yaratish, ish o‘rinlari  yaratib  bandligini  ta’minlash, ularning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali majlislar zalida  “Startup tashabbuslari     nima?” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Innovatsion g‘oya va startap-loyihalarni intensiv qo‘llab-quvvatlash dasturi yoshlar uchun o‘z innovatsion g‘oyalarini amalda sinab ko‘rish, o‘zlarining startaplarini yaratish va tadbirkorlik sohasida salohiyatlarini  rivojlantirishlari  uchun imkoniyatlar  yaratadi, – dedi loyiha koordinatori  Usmonjon Rahimjonov. –Bugungi  o‘quv seminarida Davlat  dasturida  ilgari surilgan yoshlar startap tashabbuslari haqida tushuncha beriladi. O‘quv seminarlari  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, Toshkent, Samarqand  viloyatlarida o‘tkazilib, o‘zining eng yaxshi loyihasini taqdim etgan yoshlarga sovg‘alar topshirildi. Taqdimot kuni  ekspertlar guruhining eng yuqori balini to‘plagan  5 ta eng yaxshi g‘oya muallifi   loyihani  amalga  oshirish uchun 40 mln. so‘mdan mukofotni qo‘lga kiritadi. Dasturda loyiha bilan qatnashish bepul amalga oshiriladi.

 “Startap” – biznesga  yangi g‘oyalarni tatbiq etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, daromad va ish joyini topish ma’nosini anglatadi. Izlanuvchan, tashabbuskor yoshlar uchun Toshkentda bir haftalik o‘quv kursi  mavjud. Hafta davomida o‘zlari qiziqqan loyiha ustida ko‘nikmaga ega bo‘lishlari mumkin. Bu erda ularga loyihani amalga oshirishni sinash, eng kichik ishchi modelini bozorda sotish kabi taqdimotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mazkur loyiha tashabbuskorlari  “G‘oyani yarat, amalga oshir, hayotni yanada yaxshila! shiorini o‘ziga dasturilamal qilib olishgan.   

O‘quv-seminar davomida yoshlar o‘z savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.

 

M.SALIMOVA.