Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 163 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Uchko`prik tumanini o`rganish natijalari bo`yicha yig`ilish o`tkazildi

×

 2018-09-17 20:33:20    143

PDF yuklash
Chop etish


 Bugun viloyat hokimligida Respublika ishchi guruhi tomonidan 6-13 sentyabr kunlari Uchko‘prik tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev olib bordi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, ishchi guruh rahbari Umar Ismoilovich Safayev o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’ruza qildi.  Ishchi guruh rahbari o‘z ma’ruzasida tumandagi aniqlangan muammolarga atroflicha to‘xtalib, mutasaddi rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqid ostiga oldi. Xususan, tumandagi 4 ta sektor rahbarlarining qoniqarli faoliyat olib bormayotganligi sababli tumandagi 43 ming 337 ta xonadonlarda hamda 104 ta ijtimoiy ob’yektlar bo‘yicha qariyb 6 ming 400 dan ortiq muammolar aniqlanganligining o‘zi naqadar achinarli holat ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, tumandagi mahalla raislari, profilaktika inspektorlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlik faoliyati qoniqarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli hududda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik, xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatchilik, va boshqa turdagi ayrim jinoyat turlari, oilalar buzilishi kabi salbiy holatlar bo‘yicha raqamlarda o‘sish kuzatilganligi tanqid ostiga olinib, muhokamadan o‘tkazildi.

Yig‘ilish yakunida Uchko‘prik tumanining 4 ta sektor rahbarlari so‘zga chiqib, ushbu o‘rganishlar hamda ma’ruzadan tegishli xulosalar chiqarganliklarini, kelgusida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda yanada mas’uliyat bilan yondoshishga, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etib, xalqimizni rozi qilishga astoydil harakat qilishga va’da berdilar.

Shuningdek, barcha mutasaddi rahbarlarga aniq ko‘rsatma hamda topshiriqlar berilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olindi.

Eslatib o`tamiz, Respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yil boshidan viloyatimizning Rishton, Quva, O`zbekiston, Qo`shtepa, Bag`dod, Buvayda tumanlari hamda Qo`qon shahrida o`rganishlar o`tkazildi. Ishchi guruh tomonidan shu kunlarda Toshloq tumanidagi ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.