Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyatida 2016 yil yanvar-mart oylarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muxim usiuvor vazifalariga muofiq amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi yuzasidan ma’lumotnoma

 2017-06-19 17:55:58    324

PDF yuklash
Chop etish


MA’LUMOTNOMA

Viloyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 
15 yanvarda bo’lib o’tgan mamlakatimiz Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirilishi joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyat asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ijobiy o’sish sur’atlarini saqlash hamda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini izchil rivojlantirishda mustahkam asos bo’ldi.

1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash.

Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o’sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (108,6%), hududiy sanoat (122,1%), halq iste’moli mollari (115,3%), yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari (106,3%), qurilish ishlari (110,8% - amalda 110,8%), jami xizmatlar (112,4%) pullik xizmatlar (112,3%)  hajmlari sezilarli o’sdi.

Shundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi
2490,4 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 106,9 foizni tashkil etmoqda.

Xisobot davrida YaHM hajmida xizmatlar sohasining ulushi 55,5 foizga (2015 yil 1-chorakda 55,0 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi 
50,9 foizga (50,6%) teng bo’ldi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 709,3 ming so’mdan (2015 yil 1-chorakda 631,6 ming so’m) to’g’ri keldi.

Viloyatda 2016 yilning 1-choragida 1790,8 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-mart oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 599,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 122,1 foizni tashkil etdi. Belgilangan prognoz ko’rsatkich 4,5 foiz oshig’i bilan bajarilishi ta’minlandi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 33,7 foizni tashkil etdi.Xalq istomol mol lari ishlab chiqarish xami 672,5 mlr.so’mni tash kil etib, 115,3 foizga o’sishga erishildi.

O’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar o’sish sur’ati 100,0 foizni (484,0 mlrd. so’m.), o’z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlari xajmi 110,8 foizni (390,7 mlr.so’m) tashkil etmoqda.

Shuningdek, Viloyatdahisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 1495,8 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 107,8 foizga teng bo’ldi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan savdo hajmi esa 426,8 ming so’mni tashkil etdi.

Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan isloxotlar natijasida mahsulotlar xajmi 333,5 mlrd.so’mga etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 106,3 foizga o’sishi ta’minlandi.

Iqtisodiy barqarorlikni mustaxkamlashda o’z navbatida tarkibiy o’zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatni etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash muxim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 
25 dekabrdagi PQ-2458-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2016 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 11 ta yirik korxonalarga jami 148,4 mlrd. so’m, shundan korxona o’z mablag’lari hisobidan 21,0 mlrd.so’m, tijorat bank kreditlari hisobidan 8,8 mlrd.so’m va 
41,1 mln.dollar to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan.

Loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 75 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan, joriy yilning 1 aprel kuniga qadar 
87,4 mlrd.so’m (shundan 79,8 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 3,9 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga va 3,7 mlrd.so’m boshqa xarajatlarga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2016 yilga hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 133 ta loyihalar kiritilgan bo’lib jami 242,5 mlrd. so’m miqdorida (shundan 82,7 mlrd. so’m o’z mablag’i,156,4 mlrd. so’m bank krediti va 3,4 mlrd. so’m xorijiy) investitsiyalar o’zlashtirilishi va 4842 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan, joriy yilning 1 aprel kuniga qadar 31,4 mlrd. so’m (shundan 8,5 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 21,4 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga va 1,5 mlrd. so’m boshqa xarajatlarga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan. Natijada 1-chorak yakuni bilan 10 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 319 nafar ish o’rinlari yaratildi.

Shuningdek,2016 yilning 1-choragida dastur doirasida 256 ta loyihalarni amalga oshirilish, ularda 49,3 mlrd.so’m (23,6 mlrd. so’m o’z mablag’i, 25,7 mlrd.so’m bank krediti) mablag’lari o’zlashtirilishi xisobiga 1967 ta yangi ish o’rinlari tashkil etilishi ko’zda tutilgan bo’lib, amalda  jami qiymati 51,5 mlrd.so’mlik (26,0 mlrd.so’m o’z mablag’i, 25,5 mlrd.so’m bank krediti) mablag’lari o’zlashtirilishi hisobiga 266 ta loyihalar amalga oshirilib, 2030 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Jumladan:

Sanoat yo’nalishida umumiy qiymati 25,5 mlrd.so’mga teng bo’lgan 77 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 1203 ta yangi ish o’rinlari yaratish ko’zda tutilgan bo’lib, amalda qiymati 26,9 mlrd. so’m (14,3 mlrd.so’m o’z mablag’i, 12,6 mlrd.so’m bank krediti) mablag’lar o’zlashtirilishi hisobiga 
83 ta loyihalar amalga oshirilib, 1256 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Xizmat ko’rsatish va servis yo’nalishida 1-chorakda 132 ta loyihani amalga oshirish, ularda 9,7 mlrd. so’mlik mablag’lar sarflanishi xisobiga 
427 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan bo’lib, amalda qiymati 10,0 mlrd.so’mlik (5,4 mlrd.so’m o’z mablag’i, 4,6 mlrd.so’m bank krediti) mablag’lari o’zlashtirilishi hisobiga 136 ta loyihalar amalga oshirilib, 
437 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Qishloq xo’jaligi yo’nalishida umumiy qiymati 14,1 mlrd. so’m bo’lgan 47 ta loyihalarni amalga oshirish va ularda 337 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan bo’lib, amalda barcha loyihalar to’liq bajarildi. Ularda 14,6 mlrd.so’mlik (6,3 mlrd.so’m o’z mablag’i, 8,3 mlrd.so’m bank krediti) mablag’lari o’zlashtirilishi hisobiga 337 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida go’sht, sut, meva sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha mini texnologiyalar va ihcham uskunalardan  foydalaniladigan yangi korxonalar tashkil etish hamda mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan.

Viloyatda 2015 yilda jami 31 ta meva-sabzavot, go’sht va sut mahsulotlarni tashkli etish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. (Shundan 11 ta sutni qayta ishlash, 13 ta meva-sabzavotlarni qayta ishlash va 1 ta go’shtni qayta ishlash korxonalarini tashkil etish xamda 3 ta meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan, 2 ta sutni qayta ishlaydigan, 1 ta go’shtni qayta ishlaydigan korxonalarni rekonstruktsiya qilish)

Ushbu loyihalarga jami 15,7 mlrd. so’mlik mablag’lar sarflash ko’zda tutilgan.

2015 yilda jami 31 ta loyixalar amalga oshirildi (shundan, 
2 ta go’shtni, 13 ta sutni qayta ishlash va 16 ta meva-sabzavotni qayta ishlash)
. Loyihalarni amaga oshirish uchun jami 15,7 mlrd. so’m mablag’ sarflandi va 556 ta yangi ishchi o’rinlari yaratildi.

Chorvachilik bo’yicha.

Chorvachilikni rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish hamda chorva mollari mahsuldorligini oshirish dasturi bo’yicha barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan  138,9 ming tonna go’sht (o’tgan yilga nisbatan 106,5%), 854,5 ming tonna sut (106,5%) mahsulotlari va  305,7 mln. dona tuxum (114,2%) ishlab chiqarildi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo’yicha jami 236 ta loyihada (reja 236 ta) 5049 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 48,0 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari xisobidan 22,3 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 962 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha belgilangan dasturlarga asosan 88 ta loyihada (reja 88 ta) 704 ming. bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 12,8 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 2,3 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 481 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha viloyat bo’yicha jami  53 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda jami 286 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun jami 6,8 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 930 mln. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 260 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo’yicha 29 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda 2667 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo’jaliklarini tashkil etishga jami 1116 mln. so’m mablag’lar (shundan bank krediti 315 mln. so’m) sarflandi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga 62 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

2. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi barcha to’siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, ularga to’liq erkinlik berish.

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo’lib, 2016 yil 1-choragiyakuni hisobotlariga ko’ra ularning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 
50,9foizni tashkil etdi. Yoki o’tgan yilning (50,6 %) shu davriga nisbatan 
0,3
foizga oshdi.

Ro’yxatdan o’tgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 
19167 tanitashkil etdi.Shundan, 18527 nafari (jamiga nisbatan 96,7 %) faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida 707ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.Kichik biznes sub’ektlari hisobiga 19862mingta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 251,0 mlrd. so’mlik kredit mablag’lari ajratildi hamda topshiriq rejasi 130,0 foizga bajarildi.

Soha vakillari tomonidan 1267,6 mlrd. so’mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shundan tashqi bozorga 52,8 mln. dollar miqdoridagi maxsulotlar eksport qilindi.

5. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish.

Viloyatda 2015 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2120-sonli hamda 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” PQ-2298-sonli qarorlariga asosan jami 21 ta korxonalarda 31 ta  loyiha amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida “GM-Uzbekistan” korxonasida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, qandolat mahsulotlari kir yuvish vositalari,  gaz tashish va tarqatishga mo’ljallangan yarim tirkamali tsisternalar, isitish batareyalari, yumshoq bolalar o’yinchoqlari, poliefir tola, krasitel, kabel, elektr choynaklari, kimyoviy dori sepish apparatlari, ayollar sumkalari kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Dasturga kiritilgan hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan yanvar-mart oylarida jami 9,6 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulot realizatsiyasi 7,2 mlrd.so’mni tashkil etib, 39 ming  dollarlik mahsulot eksport qilindi. Erishilgan valyuta iqtisodi 2,5 mln.dollarni tashkil etdi hamda ushbu korxonalarda 10 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

6. Rivojlangan infratuzilmani, birinchi navbatda axborot-kommunikatsiya tizimlarini yaratish, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish.

 “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining2016 yil «Manziliy dastur»ga asosan 2016 yil bo’yicha Investitsiya Dasturiga 
(PQ-2458) asosan joriy yilda 167 ta (141,3 mlrd.so’m) ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarda qurilish, rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Xisobot davriga 167 ta ob’ektlarda pudrat tashkilotlari tomonidan 48,8 mlrd.so’mlik (34%) qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, 28,4 mlrd. so’m (20%) moliyalashtirilgan.

jumladan, 24 ta umumta’lim maktablarida 8.4 mlrd.so’mlik (36%) qurilish-montaj ishlari bajarilib, 4.3 mlrd.so’m, (18 %) moliyalashtirildi.

11 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5.6 mlrd. so’mlik (60%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.(moliyalashtirish 4.1  mlrd.so’m, 44% )

15 ta sog’liqni saqlash ob’ektlarida 10.2 mlrd.so’mlik (25%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 4,8 mlrd.so’m 12%).

28 ta bolalar sporti ob’ektlarida 9.3 mlrd.so’mlik (33%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 5,7 mlrd.so’m 20%).

68 ta (46 ta aholi yashash punktlari va 22 ta namunaviy massivlarni) ichimlik suvi ob’ektlarida 3,4 mlrd.so’mlik (30%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 1,7 mlrd.so’m 15%).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi “2015-2019 yillarda yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2313-sonli2015-2019 yillarda jami 290,6 mln.dollar (2016 yilda 250,4 mln.dollar) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirish belgilangan.

Mazkur qarorning 2-ilovasiga asosan “O’zbekenergo” mablag’lari hisobidan hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 avgustdagi №6681-xx-sonli xujjatga asosan “Farg’ona XETK” AJning modernizatsiya va yangi qurilish dasturlarini moliyalashtirish 2018-2019 yillarda amalga oshirilishi belgilab quyilgan.

3-ilovasiga binoan joriy yilda "O’zbektelekom" AJ qoshida "O’zMobayl" milliy mobil aloqa operatori tomonidan 181 ta baza  o’rnatish ko’zda tutilgan. Shuningdek, 132,36 km shisha tolali aloqa liniyalarni 
(4 ta shahar va 14 ta tumanlarda) qurishilishi rejalashtirilgan. hozirgi kunga qadar viloyati bo’yicha 52,03 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizish ishlari yakunlandi. Jumladan tuman hokimiyatlari binolariga jami 7,35 km (Buvayda tuman hokimiyatiga - 0,4 km, Dang’ara tuman hokimiyatiga - 0,15 km, Yozyovon tuman hokimiyatiga - 1,2 km, Oltiariq tuman hokimiyatiga - 0,7 km, Qo’shtepa tuman hokimiyatiga - 1,4 km, Furqat tuman hokimiyatiga - 2,5 km va Farg’ona tuman hokimiyatiga - 1 km), viloyat Statistika boshqarmasi va bo’limlariga jami 0,9 km (viloyat boshqarmasiga -  0,5 km, Farg’ona shahar - 0,1 km, Yozyovon - 0,1 km, Qo’shtepa - 0,1 km va Farg’ona tumani (0,1 km)), shahar va tuman paxta tozalash zavodlariga jami 26,38 km (Qo’qon - 1,8 km, Beshariq tumani - 0,48 km, Bog’dod tumani - 10,5 km, Rishton tumani - 8 km, Quva tumani - 4,5 km va O’zbekiston tumani - 1,1 km), “Xamkorbank” shahar bo’limlariga ja’mi 7,7 km (Farg’ona sh - 4,5 km, Qo’qon sh - 0,4 km, Marg’ilon sh - 1,5 km va Quvasoy sh- 1,3 km), “Qishloqho’jalikkimyo” hududiy aktsiyadorlik jamiyatiga ja’mi 0,3 km, FarDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyga 0,5 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizildi.

4-ilovasiga binoan 141 km “Qo’qon-Marg’ilon-Andijon” temir yo’l hududini elektrlashtirish ishlariga jami 210,0 mln.dollar mablag’lar o’zlashtirish ko’zda tutilgan bo’lib, belgilangan ishlar 2018 yildan amalga oshirish ko’zda tutilgan.

5-ilovasiga binoan joriy yilda Mazkur qaror doirasida 2016 yilda halqaro va davlat ahamiyatidagi 2 ta avtomobil yo’llarida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 21.0 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilgan bo’lib, 2016 yil uchun 24.352 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. 1-chorak rejasi 900.0 mln.so’m bo’lib, amalda 
1512.5 mln.so’mlik (168%) ishlar amalga oshirildi, jumladan:

       1. 4R-144"Farg’ona sh- Xamzaobod q." avtomobil yo’lining 0-3,6 km qismini  qayta qurish ob’ekti.

Dasturga asosan 2016 yil uchun 6.0 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilishi rejalashtirilgan bo’lib, 9.372 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar-aprel oylarida (reja – 150 mln.so’m) 
506,5 mln.so’mlik (338%) qurilish – montaj ishlari bajarildi (pudratchi – Farg’ona TYXPTFK);

       2. 4R-17e“A-373 aG’yo’lidan Ko’qon shaxar aylanma yo’liga” avtomobil yo’lining 4-9 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ekti.

Dasturga asosan 2016 yil uchun 15.0 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, 15.04 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Yanvar – aprel oylarida (reja – 750 mln.so’m) 1006.0 mln.so’mlik (134%) ishlar bajarildi  (pudratchi Sharqiy XDAAYSITFK).

5a va 5b ilovalariga binoan mahalliy byudjet mablag’i hisobidan 2016 yilda 118,8 km shahar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlash ishlariga 2,8 mln.dollar (8206,7 mln.so’m) o’zlashtirish rejalashtirilgan. 2016 yil 1 may xolatiga jami 
120,0 mln.so’m (15%) mablag’ o’zlashtirilgan. 21 ta pudrat tashkilotlari tomonidan shahar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlash ishlari boshlangan.

6 ilovasiga binoan markazlashtirilgan mablag’lar hisobidan joriy yilda markazlashtirilgan mablag’lar hisobidan joriy yilda 
68 ta (11,3 mlrd.so’m) qishloqlarda 21 ta ichimlik suvi qudug’i qaziladi, 
24 ta quduqlar ta’mirlanadi hamda 72 km suv tarmoqlari tortiladi hamda 60 mingdan ziyod aholini ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishiga erishish ko’zda tutilgan. 2016 yil 1 may kuniga qadar ichimlik suvi ob’ektlarida 3,4 mlrd.so’mlik (30%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

7. Aholi bandligini ta’minlash, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 13 noyabrdagi “2016     yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturga ko’ra viloyatimizda joriy yilda jami 93021 ta ish o’rinlari tashkil etilishi belgilangan.

Dastur ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida 1-chorakda  19862 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etildi (104,8%).

Jumladan, sanoatda 1734 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 641 ta, qishloq xo’jaligida 334 ta, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga   914 ta, tijorat banklari tomonidan kreditlar hisobiga 1217 ta, yakka tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 3919 ta, uy mehnatini barcha shakllarini tashkil etish hisobiga 6449 ta, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish hisobiga 3674 ta ish o’rinlari yaratildi.

Yanvar-aprel oylarida bandlikka ko’maklashish markazlarimizda  10198 nafar (shundan ayollar 4617 nafar) ish izlovchi fuqarolar ro’yxatga olinib, ularning 9661 nafari (4333 nafar) ishga joylashtirildi,  535 nafariga (292 nafar) ishsizlik maqomi berildi, 234 nafar (71 nafar) fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi. Ro’yxatga olingan ishsizlardan  245 nafari turli kasblarga qayta o’qishga yuborildi, 81 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

2016 yilning 1-choragida 24 marotaba bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkalari o’tkazilib, ularda 1234 ta korxona va tashkilotlar 6575 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Shu hisobiga 473 nafar ish izlovchi fuqarolar ishga joylashtirildi.

Viloyatda ijtimoiy ximoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo’lmagan shaxslar uchun 
2016 yilga 2225 ta korxona va tashkilotlarda 17365 ta ish o’rinlari band qilingan bo’lib, ularning 7431 tasi nogironlar uchun, 199 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan fuqarolar uchun belgilangan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 2244 nafar fuqarolar zahira qilingan ish o’rinlariga ishga joylashtirildi.

2015-2016 o’quv yilida 144 ta kasb-hunar kollejlarini 7 ta soha yo’nalishlari bo’yicha jami 57705 nafar bitiruvchilar (shundan 28252 nafari qizlar) tamomlamoqda.

Jumladan, ta’lim sohasida 4691 nafar, gumanitar fanlar va san’at sohasida 392 nafar, ijtimoiy fanlar (biznes va huquq) sohasida   10206 nafar, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari sohasida 26971 nafar, suv va qishloq xo’jaligi sohasida 7572 nafar, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohasida 5964 nafar, xizmatlar sohasida 1909 nafar bitiruvchilar hisoblanadi.