Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyatida 2016 yil yanvar-mart oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida ma’lumot

 2017-06-19 17:59:06    395

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 15 yanvarda bo’lib o’tgan mamlakatimiz Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirilishi joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyat asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ijobiy o’sish sur’atlarini saqlash hamda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini izchil rivojlantirishda mustahkam asos bo’ldi.

I. Makroiqtisodiy o’zgarishlar

1. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o’sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (prognoz 104,1% - amalda 108,6%), hududiy sanoat (prognoz 115,5% - amalda 122,1%), halq iste’moli mollari (prognoz 107,0% - amalda 115,3%), yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari (prognoz 105,8% - amalda 106,3%), qurilish ishlari (prognoz 110,8% - amalda 110,8%), jami xizmatlar (prognoz 110,5% - amalda 112,4%) pullik xizmatlar (prognoz 110,2% - amalda 112,3%)  hajmlari sezilarli o’sdi.

Shundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi
2490,4 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 106,9 foizni tashkil etmoqda.

Xisobot davrida YaHM hajmida xizmatlar sohasining ulushi 55,5 foizga (2015 yil 1-chorakda 55,0 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi 50,9 foizga (50,6%) teng bo’ldi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 709,3 ming so’mdan (2015 yil 1-chorakda 631,6 ming so’m) to’g’ri keldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra tashqi savdo aylanmasi
280,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, shundan 108,7 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.

2. Moliyaviy holat.

Byudjet-soliq siyosati. Viloyat mahalliy byudjeti daromadlar prognoz ko’rsatkichi 472,0  mlrd. so’m bo’lib, haqiqatda 474,3 mlrd. so’mga bajarilishiga (100,5%) erishildi. 

Mahalliy byudjetning aniqlangan harajatlar rejasi esa 516,7 mlrd. so’m belgilanib, amalda 475,6 mlrd. so’mga (92,0 %) bajarildi.

Soliq va to’lovlar tushumi. Viloyatda soliq va to’lovlar tushumi 2016 yillik prognozi 344,9 mlrd. so’m bo’lib, xaqiqatda 345,6 mlrd. so’mga (100,2 %) bajarildi hamda rejaga nisbatan 0,7 mlrd. so’mdan ko’proq mablag’ byudjetga jalb etildi.

Debitor va kreditor qarzdorliklar.

2016 yil 1-chorakda debitorlik qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 111,2foizga ortib 3 586 ,0 mlrd. so’mni tashkil qildi.

Bunga debitorlik qazdorliklarni yil boshiga nisbatan Toshloq tumanida 104,6 foizga, Furqat tumanida 111,9 foizga, Yozyovon tumanida 142,6 foizga, Beshariq tumanida 134.7 foizga, Qo’qon shahrida 102,3 foizga, Farg’ona shaxrida 115,0 foizga ortganligi sabab bo’lmoqda.

Muddati o’tgan debitorlik qarzdorliklar yil boshiga davriga nisbatan Quvasoy shahrida 168,1 foizga, ortishiga yo’l qo’yilgan.

Kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 106,8 foizga ortib 4735,4 mlrd. so’mni tashkil qildi. 

Yil boshiga nisbatan kreditorlik qazdorliklari Farg’ona tumanida 107,6 foizga, Yozyovon tumanida 127,5 foizga, Toshloq tumanida 137,9 foizga, Furqat  tumanida 107,5 foizga,  Farg’ona shahrida 110,4 foizga ortishiga  yo’l qo’yilgan.

Muddati o’tgan kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan Farg’ona shahrida 138,5 foizga, ortishiga yo’l qo’yilgan.

“Indorama Kokand tekstil” QKda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2014 yildagi 2114-qaroriga asosan sobiq “Qurilish tugallanmagan “Qo’qon tekstil kombinati” DKning mulkiy majmuasi bazasida zamonaviy tekstil sanoatini yo’lga qo’yish” loyihasini ishga tushirish uchun investitsiya jarayoni davom etayotganligi sababli o’z faoliyatini 1,6 mlrd so’m zarar bilan yakunlagan.

Iqtisodiyotga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari. Viloyatda 79 ta tijorat banklari, 95 ta mini banklar, 139 ta maxsus kassalari va 5 ta mikrokredit tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

2016yilda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida dastlabki ma’lumotlarga ko’ra viloyat tijorat banklarining barcha moliyalashtirish manbalaridan jami 580,6 mlrd. so’m, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 248,3 mlrd. so’m (174,4 %) ortiq (407,1 mlrd.so’mi uzoq muddatli) kredit mablag’lari ajratildi.

II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlarini rivojlanishi

1. Investitsiya siyosati. 2016 yil yanvar-mart oyida viloyatda barcha manbaalar hisobidan 484,0 mlrd. so’mlik mablag’lar o’zlashtirilgan. Jumladan, byudjet mablag’lari hisobidan 40,5 mlrd. so’m, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan 24,2 mlrd. so’m, korxonalar o’z mablag’lari hisobidan 78,8 mlrd. so’m, aholi mablag’lari hisobidan (yakka tartib uy-joy qurilishi, ichimlik suv va tabiiy gaz tarmoqlarini qurilishi va boshqalar) 142,8 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 46,6 mlrd. so’m hamda chet el investitsiyasi va kreditlari hisobidan 151,1  mlrd.so’mni tashkil etdi.

Jami o’zlashtirilgan mablag’larning 58,3 foizi ishlab chiqarish sohasiga to’g’ri keladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2016 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 11 ta yirik korxonalarga jami 148,4 mlrd. so’m, shundan korxona o’z mablag’lari hisobidan 21,0 mlrd.so’m, tijorat bank kreditlari hisobidan 8,8 mlrd.so’m va 41,1 mln.dollar to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan.

Loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 75 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan, joriy yilning 1 aprel kuniga qadar 87,4 mlrd.so’m (shundan 79,8 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 3,9 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga va 3,7 mlrd.so’m boshqa xarajatlarga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2016 yilga hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 133 ta loyihalar kiritilgan bo’lib jami 242,5 mlrd. so’m miqdorida (shundan 82,7 mlrd. so’m o’z mablag’i,156,4 mlrd. so’m bank krediti va 3,4 mlrd. so’m xorijiy) investitsiyalar o’zlashtirilishi va 4842 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan, joriy yilning
1 aprel kuniga qadar 31,4 mlrd. so’m (shundan 8,5 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 21,4 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga va 1,5 mlrd. so’m boshqa xarajatlarga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan. Natijada 1-chorak yakuni bilan 10 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 319 nafar ish o’rinlari yaratildi.

Jumladan, Yozyovon tumanidagi "Fayzli Alimardon" xususiy korxonasida oxak ishlab chiqarishni tashkil etish, O’zbekiston tumanidagi "Ilyosxon Shoxistaxon" MChJda pishgan g’isht ishlab chiqarishni tashkil etish, Farg’ona shahridagi "Farg’ona ko’prik xo’jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta’mirlash foydalanish" korxonasida asfalt ishlab chiqarishni kengaytirish, "Friends Forever" MChJda quruq qurilish qorishmalarini (shpaklyovka) ishlab chiqarishni kengaytirish, "Gold Profil Window" MChJda paypoq ishlab chiqarishni kengaytirish, YaTT "Babaev Xayrullo" tomonidan mebel ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalari amalga oshirildi.

Ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi. “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining2016 yil «Manziliy dastur»ga asosan 2016 yil bo’yicha Investitsiya Dasturiga (PQ-2458) asosan joriy yilda 167 ta (141,3 mlrd.so’m) ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarda qurilish, rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Xisobot davriga 167 ta ob’ektlarda pudrat tashkilotlari tomonidan 48,8 mlrd.so’mlik (34%) qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, 28,4 mlrd. so’m (20%) moliyalashtirilgan.

jumladan, 24 ta umumta’lim maktablarida 8.4 mlrd.so’mlik (36%) qurilish-montaj ishlari bajarilib, 4.3 mlrd.so’m, (18 %) moliyalashtirildi.

11 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5.6 mlrd. so’mlik (60%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.(moliyalashtirish 4.1  mlrd.so’m, 44% )

15 ta sog’liqni saqlash ob’ektlarida 10.2 mlrd.so’mlik (25%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 4,8 mlrd.so’m 12%).

28 ta bolalar sporti ob’ektlarida 9.3 mlrd.so’mlik (33%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 5,7 mlrd.so’m 20%).

68 ta (46 ta aholi yashash punktlari va 22 ta namunaviy massivlarni) ichimlik suvi ob’ektlarida 3,4 mlrd.so’mlik (30%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 1,7 mlrd.so’m 15%).

Boshqa ob’ektlar (12 ta) bo’yicha.

Farg’ona shahridagi "Saxovat“ keksalar va nogironlar uchun internat uyini rekonstruktsiya qilish ob’ektida 274.5 mln.so’mlik (21%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

So’x tumanida 2 ta (1.1 mlrd.so’m) soy qirg’oqlarini mustahkamlash va boshqa himoya qilinadigan ob’ektlari qurish bo’yicha tender o’tkazilib, pudrat tashkilotlar aniqlandi va qurilish-montaj ishlari boshlandi.              

8 ta (1.08 mlrd.so’m) kommunal drenaj ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha 324 mln.so’mlik (30%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 162 mln.so’m 15%)

Oliy ta’lim muassasalari bo’yicha.

Joriy yilda Farg’ona Davlat Universitetida 6 ta vaFarg’ona Politexnika institutida 3 ta ob’ektlarni kapital rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu ob’ektlarda 11.2 mlrd.so’mlik (56%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’ektlarga jami 7,7 mlrd.so’m (38%) mablag’lar moliyalashtirilgan.

Ushbu ob’ektlarning har biri bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarish bo’yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqildi hamda ishlarning sifati nazoratga olindi. Barcha ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarining borishi bo’yicha davlat, texnik va mualliflik nazoratlari o’rnatilgan.

Qurilish materiallari. Joriy yil manzilli dasturga  25 ta loyihalar, shundan yangi tashkil etish hisobiga 11 ta, modernizatsiya qilish hisobiga 14 tani tashkil qiladi. Ushbu loyihalarga jami 10082,1 ming dollar (5139,3 ming dollar o’z mablag’i, 4942,8 ming dollar tijorat bank krediti xisobidan) mablag’ sarflanishi va 780 nafar ishchi o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Hisobot davrida 1745,7 ming dollar (o’z mablag’i hisobidan 1615,4 ming dollar hamda tijorat bank kreditlari hisobidan 130,4 ming dollar miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan) mablag’lar o’zlashtirilib, yilga nisbatan yilik reja 17,3 foizga bajarildi. Xozirgi kunda 5 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 173 nafar ish o’rinlari yaratildi.

Pudrat ishlari. 2016 yil yanvar-mart oyi yakuniga ko’ra bajarilgan pudrat ishlari hajmi 390,7mlrd. so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 110,8 foizni tashkil etmoqda.

Yo’l transport infratuzilmasi bo’yicha:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabr                “2016 yil Investitsiya Dasturi to’g’risida”gi PQ–2458-qaroriga asosan viloyatidagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi 2 ta avtomobil yo’llarida 21.0 mlrd.so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish belgilanib, 2016 yil uchun 24.352 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi.  Joriy yilni 1-choragida 1512,5 mln.so’mlik (168%) ishlar amalga oshirildi, jumladan:

1. 4R-144"Farg’ona sh- Xamzaobod q." avtomobil yo’lining 0-3,6 km qismini  qayta qurish ob’ektida 2016 yil uchun 6.0 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilishi rejalashtirilib, 9.372 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida 506,5 mln.so’mlik (338%) qurilish–montaj ishlari bajarildi (pudratchi  Farg’ona TYXPTFK);

2. 4R-17e“A-373 aG’yo’lidan Ko’qon shaxar aylanma yo’liga” avtomobil yo’lining 4-9 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ektida 2016 yil uchun 15.0 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilishi belgilanib, 15,0 mlrd. so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida 1006 mln. so’mlik (134%)ishlar bajarildi  (pudratchi Sharqiy XDAAYSITFK).

To’la ta’mirlash 2015 yildan 2016 yilga o’tuvchi ob’ektlar to’g’risida.

Umumfoydalanuvdagi xalqaro va davlat axamiyatidagi avtomobil yo’llarini to’la ta’mirlash bo’yicha viloyatida 10 ta 2015 yildan o’tuvchi ob’ektlardan 9 tasida 2016 yil uchun qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida 1963,2 mln.so’mlik (211%) ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1. 4R-112 “Farg’ona xalqa yo’li”ning 223-227 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 2016 yil uchun 2.0 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida 909.3 mln.so’mlik (827%) ishlar bajarildi (pudratchi Farg’ona KXSITFK);

2. 4R-145 “Farg’ona aylanma yo’li”ning 0-9.4 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida72.3 mln.so’mlik (145%) ishlar bajarildi (pudratchi Farg’ona KXSITFK);

3. 4R-145 “Farg’ona aylanma yo’li”ning 12.6-15 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 2016 yil uchun 1.19 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida 56.2 mln.so’mlik (187%) ishlar bajarildi (Farg’ona TYXPTFK);

4. A-373b “Qo’qon shaxriga kirish yo’li”ning 28-32 km qismlarini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida274.3 mln.so’mlik (161%) ishlar bajarildi (pudratchi Sharqiy XDAAYSITFK);

5. Farg’ona TYXPTFK ABZ sini to’la ta’mirlash ob’ektida 2016 yil uchun 1.511 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida 81.1 mln.so’mlik (162%) ishlar bajarildi (pudratchi  Farg’ona TYXPTFK);

6. 4R-153 “Qo’qon shaxri Mingtut-Aeroport-Sariqo’rg’on” yo’lini              0-3 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida 2016 yil uchun 1.0 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida 434.6 mln.so’mlik (256%) ishlar bajarildi (pudratchi Sharqiy XDAAYSITFK);

7. 4R-148a "Furkat temir yul stantsiyasiga shaxobcha" avtomobil yo’lining 21-23.6 km qismini to’la ta’mirlash ob’ekti. 2016 yil uchun 3,0 mlrd. so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida120,2 mln. so’mlik (120%) ishlar bajarildi (pudratchi  Bog’dod TYXPTFK);

8. 4R-112 “Farg’ona xalqa yo’li”ning  281 km dagi yo’l o’tkazgichni to’la ta’mirlash ob’ektida 2016 yil uchun 502.0 mln.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida 15,2 mln.so’mlik (15%) ishlar bajarildi (pudratchi Farg’ona KXSITFK).

9. Bog’dod tumani yo’l korxonasi asfalt-beton zavodini to’la ta’mirlash ob’ektida 2016 yil uchun 1,922 mlrd.so’mlik qo’shimcha kelishuvlar tuzildi. Joriy yilni 1-choragida ob’ektda ishlar amalga oshirilmoqda (pudratchi Bog’dod TYXPTFK).

10. A-373 “Toshkent sh- Ko’qon sh-Andijon sh” yo’nalishining Qo’qon shaxri Navoiy ko’chasini 241-242-km qismini to’la ta’mirlash ob’ekti (pudratchi O’zbekiston TYXPTFK) 2016 yil uchun qo’shimcha kelishuv tuzish ishlari olib borilmoqda.

Kommunikatsiya infratuzilmasi bo’yicha:

Muxtaram Prezidentimizning 2014 yil 18 iyul  PQ-2214-sonli «Farg’ona va Marg’ilon shaxarlari okava suv tizimlarini rekonstruktsiya kilish» loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan Farg’ona va Marg’ilon shaxarlari kanalizatsiya tizimini rekonstruktsiya qilish loyixasi doirasida 2016-2018 yillarda jami  52,6 mln.AQSh dollar mablag’larni o’zlashtirish belgilangan bo’lib, bugungi kundashaxarlardagiokava suv tizimlarini rekonstruktsiya kilish loyixasi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Aloqa tizimini yaxshilash maqsadida "O’zbektelekom" AJ qoshida "O’zMobayl" milliy mobil aloqa operatori tomonidan 181 ta baza  o’rnatish ko’zda tutilgan. Shuningdek, 132,36 km shisha tolali aloqa liniyalarni (4 ta shahar va 14 ta tumanlarda) qurishilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda viloyat bo’yicha 52,03 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizish ishlari yakunlandi. Jumladan tuman hokimiyatlari binolariga jami 7,35 km (Buvayda tuman hokimiyatiga - 0,4 km, Dang’ara tuman hokimiyatiga - 0,15 km, Yozyovon tuman hokimiyatiga - 1,2 km, Oltiariq tuman hokimiyatiga - 0,7 km, Qo’shtepa tuman hokimiyatiga - 1,4 km, Furqat tuman hokimiyatiga - 2,5 km va Farg’ona tuman hokimiyatiga - 1 km), viloyat Statistika boshqarmasi va bo’limlariga jami 0,9 km (viloyat boshqarmasiga -  0,5 km, Farg’ona shahar - 0,1 km, Yozyovon - 0,1 km, Qo’shtepa - 0,1 km va Farg’ona tumani (0,1 km)), shahar va tuman paxta tozalash zavodlariga jami 26,38 km (Qo’qon - 1,8 km, Beshariq tumani - 0,48 km, Bog’dod tumani - 10,5 km, Rishton tumani - 8 km, Quva tumani - 4,5 km va O’zbekiston tumani - 1,1 km), “Xamkorbank” shahar bo’limlariga ja’mi 
7,7 km (Farg’ona sh - 4,5 km, Qo’qon sh - 0,4 km, Marg’ilon sh - 1,5 km va Quvasoy sh- 1,3 km), “Qishloqho’jalikkimyo” hududiy aktsiyadorlik jamiyatiga jami 0,3 km, FarDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyga 0,5 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizildi.

Qishloq massivlarida  namunaviy uy, muxandislik  tarmoqlari va  infratuzilma ob’ektlari qurilishini borishi to’g’risida (PQ-2483).

Viloyatda 22 ta massivlarda 1095 ta uy-joylar qurilishi olib borilmoqda.

Uy-joy egalari tomonidan 48884 mln.so’m (98%) boshlang’ich badal mablag’lari shakllantirildi.

Bugungi kunga qadar pudrat tashkilotlariga 49,5 mlrd.so’m (27%) mablag’lar moliyalashtirilib, 46,2 mlrd.so’mlik (25%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. Natijada, 1095 ta uylarda er ishlari, 1086 ta uylarda poydevor qurish, 806 ta uyda g’isht terish ishlari, 502 ta uylarda  plita yopish ishlari, 125 ta uylarda  tom yopish ishlari, 117 ta uyda ichki suvoq ishlari, 109 ta uyda tashqi suvoq ishlari yakuniga etkazildi. Bugungi kunda massivlarda 9389 ta  ishchi xodimlar va 294 ta texnikalar jalb etilgan.

Tuman massivlarida 37,6 km. ichimlik suvi tarmoqlari 11 ta ichimlik suv qudug’i, 5 ta suv minorasini qurish hamda 1 ta suv minorasini ta’mirlash uchun jami 2594,1 mln.so’m mablag’lar sarflanishi belgilangan. Bugungi kunda barcha ichimlik suvi ob’ektlari bo’yicha tender tanlovlari o’tkazilib, pudratchilar aniqlanIB, hozirgi kunda massivlarga ichimlik suvi o’tkazish ishlari olib borilmoqda.

Massivlarga 21,55 km. ichki yo’llar qurilishi belgilangan, bugungi kunda ushbu ob’ektlar bo’yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, Respublika Yo’l jamg’armasiga sohaviy ekspertizaga taqdim etildi. Bugungi kunda 10 ta massivlar bo’yicha sohaviy ekspertizadan o’tkazilib, hujjatlar davlat ekspertizasiga taqdim etildi. Qolgan 12 ta massivlar bo’yicha hujjatlar Respublika Yo’l jamg’armasi sohaviy ekspertizasida ko’rib chiqilmoqda.

Massivlarda 26,4 km elektr va tabiiy 23,8 km gaz tarmoqlarini tortish bo’yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Qishloq massivlarida 15 ta infratuzilma ob’ektlari quruvchi tadbirkorlar aniqlandi va qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Pudrat tashkilotlarini pishgan g’isht va temir-beton plita bilan ta’minlash maqsadida g’isht va plita ishlab chiqaruvchi korxonalar biriktirildi. Bugungi kunda pudrat tashkilotlari tomonidan 17,2 mln. dona pishtgan g’isht, 6,9 ming dona temir beton plitalari zahira qilindi.

Ishlab chiqarish loyihalari bo’yicha (PQ-2483):

Qarorga asosan viloyatda 2016-2018 yillar davomida jami 1901,9 ming dollar miqdorida mablag’lar o’zlashtirilib, 14 ta loyihalar foydalanishga topshirish belgilangan. Buning natijasida 283 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan 2016 yilda 6 ta ishlab chiqarish loyihasiga jami 1264,5 ming.dollar mablag’ sarflanib, natijada 165 nafar ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan. Jumladan;

1.      Qo’shtepa tumanidagi “Vodiy fayz barakot” MChJda yiliga 12 ming.kub.m (sheben) qurilish materiallari ishlab chiqarishga 321,4 ming.dollar, shundan o’z mablag’i 107,1 ming.dollar, tijorat bank krediti 214,3 ming.dollar sarflanishi hisobiga 35 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi. Hozirda qurilish montaj ishlari olib borilmoqda 10,0 mln.so’m mablag’ sarflangan. Turon bank tomonidan kredit mablag’i olish uchun xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

2.      Quvasoy shahridagi “Quvasoyta’mirqurilish” MChJda yiliga 14 mln.dona ko’mir asosida g’isht ishlab chiqarishga o’z mablag’i hisobidan 410,7 ming dollar mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan. Natijada 65 nafar ish o’rinlari yaratiladi. 2016 yil 1 aprel holatiga Qurilish ishlariga 60,0 mln.so’m mablag’ sarflangan. Korxonada qurilish ishlari olib borilmoqda.

3.      Farg’ona shahridagi “Maida Izol Invest” MChJda yiliga
960 kub.m antikarroziya va agresiv muxitga chidamli qoplamasini ishlab chiqarishga 220,0 ming.dollar, shundan o’z mablag’i 165,0 ming dollar, chet el investitsiyasi mablag’i hisobidan 55,0 ming dollar o’zlashtirish hisobiga 10 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi. Joriy yilning 1 aprel holatiga loyiha tashabbuskorining o’z mablag’i hisobidan 165,0 ming dollar mablag’ qurilish-montaj ishlariga sarflangan. Hozirgi kunda foydalanishga topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmoqda.

4.      Rishton tumanidagi “Munisa” xususiy korxonasida yiliga 25 ming. kv.metr sopol tom yopma (cherepitsa) mahsulotini ishlab chiqarishga 107,1 ming dollar,shundan o’z mablag’i 35,7 ming dollar, tijorat bank krediti 71,4 ming dollar sarflanishi evaziga 15 nafar ish o’rinlari barpo etiladi. 2016 yilning 1 aprel holatiga korxona tomonidan jami 107,1 ming dollar mablag’ o’zlashtirilgan.

5.      Quvasoy shahrida “Fergana keramiks industri” MChJda yiliga 2,0 mln.dona pishgan g’isht ishlab chiqarishni kengaytirishga o’z mablag’i hisobidan 44,6 ming dollar mablag’ o’zlashtirilishi ko’zda tutilgan. Buning hisobiga 30 nafar ish o’rinlari yaratiladi. Loyiha amalga oshirildi. Tuman ishchi xay’at komissiyasining 2016 yil 12 fevral kundagi №10-sonli dalolatnomasiga ko’ra foydalanishga topshirildi. Natijada 30 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

6.      Dang’ara tumanidagi “Saloxiddin usta fayz” xususiy korxonasida yiliga 50 ming dona rangli pol qoplamasi ishlab chiqarishni kengaytirishga jami 160,7 ming dollar, shundan o’z mablag’i 53,6 ming dollar, tijorat bank krediti hisobidan 107,1 ming dollar mablag’ sarflanishi belgilangan. Loyihani ishga tushirish evaziga 10 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi. Joriy yilning 1 aprel holatiga korxona o’z mablag’i hisobidan 30,0 mln.so’m mablag’ qurilish ishlariga sarflangan. Loyiha tashabbuskori tijorat bank tomonidan kredit mablag’i olish uchun xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Qolgan 8 ta qurilish materiallar ishlab chiqarish loyihalari 2017-2018 yillar davomida foydalanishga belgilangan. Shundan, 2017 yilda 7 ta ishlab loyihasiga 601,7 ming.dollar 93 nafar ish o’rni yaratiladi. 2018 yilda 1 ta ishlab chiqarish loyihasiga 35,7 ming dollar mablag’ o’zlashtirilib, 25 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi.

2. Sanoat.

Viloyatda 2016 yilning 1-choragida 1790,8 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-mart oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 599,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 122,1 foizni tashkil etdi. Belgilangan prognoz ko’rsatkich 4,5 foiz oshig’i bilan bajarilishi ta’minlandi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 33,7 foizni tashkil etdi.

Viloyatda yalpi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichning (104,3 %) 4,3 foiz oshig’i bilan bajarilishi ta’minlangan bo’lsada, viloyat bo’yicha 4 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish xajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 65,0 mlrd.so’mga pasaytirilgan. Jumladan,

Farg’ona shahridagi "Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi" UKda 2016 yilning yanvar-mart oylarida 300,5 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 90,5 foizga teng bo’ldi. Bunga korxonaga neft etkazib beruvchilar tomonidan uglevodorod xom-ashyosini o’tgan yilga va joriy yil uchun tasdiqlangan grafikka nisbatan kam miqdorda etkazib berilganligi sabab bo’ldi.

"Uzsangvu" qo’shma korxonasida 2016 yilning yanvar-mart oylarida 1,7 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga teng bo’ldi. Bunga korxona mahsulotlari faqat “GM Uzbekistan” kompaniyasiga sotilishi va jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy vaziyatlar sababli “GM Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan buyurtmalarni kam berilganligi sabab bo’ldi.

"Evroaziya Tapo-Disk” MChJda 2016 yilning yanvar-mart oylarida 2,4 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 29,4 foizga teng bo’ldi. Bunga korxonada joriy yilda “GM Uzbekistan” kompaniyasi  korxonaga buyurtma berilganligi sabab bo’ldi.

"Avtooyna" AJda 2016 yilning yanvar-mart oylarida 9,2 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 49,6 foizga teng bo’ldi. Bunga asasiy sabab “GM Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan buyurtmalarni kam berilganligi sabab bo’ldi.

Ushbu korxonalardagi kamayish bir necha dasturlardagi yangi amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Xususan, 2016 yilning yanvar-mart oylarida “Farg’onaazot” IChBda 
122,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 113,9 foizni, Qo’qon shahridagi “Indorama Kokand tekstil” qo’shma korxonasida 38,8 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 132,4 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-mart oylarida 37 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatdi.

Viloyatda 15 dan ortiq tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, hisobot davrida engil sanoatda o’sish 
119,8 foizga yoki 495,9 mlrd.so’mlik, kimyo va neft kimyo sanoatida 
114,0 foizga yoki 195,9 mlrd.so’mlik, un-krupa va kombikorma sanoatida 145,5 foizga yoki 18,9 mlrd. so’mlik, oziq-ovqat sanoatida 115,7 foizga yoki 403,1 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, bir qancha muhim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sishga erishildi.

2016 yil yanvar-mart oylarida 672,5 mlrd. so’mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 115,3 foizni tashkil etdi.

 Jami halq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmida nooziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish 412,9 mlrd.so’mni, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 250,5 mlrd. so’mni, vino-aroq va pivo ichimliklari ishlab chiqarish esa 9,1 mlrd.so’mni tashkil qildi.

Mahalliylashtirish dasturi. Viloyatda 2015 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2120-sonli hamda 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” PQ-2298-sonli qarorlariga asosan jami 21 ta korxonalarda 31 ta  loyiha amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida “GM-Uzbekistan” korxonasida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, qandolat mahsulotlari kir yuvish vositalari,  gaz tashish va tarqatishga mo’ljallangan yarim tirkamali tsisternalar, isitish batareyalari, yumshoq bolalar o’yinchoqlari, poliefir tola, krasitel, kabel, elektr choynaklari, kimyoviy dori sepish apparatlari, ayollar sumkalari kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Dasturga kiritilgan hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan yanvar-mart oylarida jami 9,6 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulot realizatsiyasi 7,2 mlrd.so’mni tashkil etib, 39 ming  dollarlik mahsulot eksport qilindi. Erishilgan valyuta iqtisodi 2,5 mln.dollarni tashkil etdi hamda ushbu korxonalarda 10 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

3. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish.

Viloyatda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, yuridik, konsalting, mexmonxona, internet xizmatlari, sug’urta, moliya va bank sohasidagi yangi va zamonaviy xizmat turlarining hamda bugungi kunda soha vakillarining ko’payayotganligi bunga yorqin misol bo’la oladi. Natijalar esa o’z navbatida sohadagi raqobat muhitining shakllanishiga, aholi arzon hamda sifatli xarid va xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 1205,9 mlrd.so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,4 foizga o’sishga erishildi. 

Shuningdek, 663,7 mlrd. so’mlik pullik xizmatlar ko’rsatilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 112,3 foiz o’sish sur’atini tashkil etdi.

Chakana savdo aylanmasiga belgilangan prognoz ko’rsatkichlar
5,2 foizga (topshiriq 113,0%-amalda 107,8%) bajarilmadi.Bunga viloyatda faoliyat "UZDEU-FARGOHA" ma’suliyati cheklangan jamiyati 10,5 mlrd. so’m, "FARG'ONA AVTOTEXXIZMAT-F'' aksiyadorlik jamiyati 7,0 mlrd. so’m, "FARGOHA-LADA" ma’suliyati cheklangan jamiyati 9,4 mlrd. so’m, "KUKOHAVTOTEXXIZMAT" ma’suliyati cheklangan jamiyati 10,5 mlrd. so’m, "FARG'ONA HUDUDUY DISTRIBYUTERLIK MARKAZI" unitar korxonasi 0, 4 mlrd. so’m, "FARG'ONA GO'SHT-SUT SAVDO" AJ hududiy ulgurji savdo bazasi 0,3 mlrd. so’mga prognozni bajarilmaganligi sabab bo’lmoqda.

Ko’rsatilgan maishiy xizmatlar hajmi 69,1 mlrd. so’m (o’sish 119,8%) dan iborat bo’ldi.

2016 yil 1 choragida jami 135 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari tashkil etilishi belgilangan bo’lib, amalda 137 ta maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi va 413 nafarga yaqin mehnat yoshidagi aholi doimiy ish o’rniga ega bo’ldi.

Shuningdek, hisobot davrida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish obe’ktlarni ishga tushirilishi va mavjudlarini kengaytirish xisobiga 3,5 mingga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.

2016 yil 1-choragida davomida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan jami  621 mln. so’m miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari ajratish rejalashtirilgan bo’lib,  hisobot davrida xizmat ko’rsatish sohasi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga tijoratbank mablag’lari hisobidan 3433 mln.so’m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.

Chakana savdo aylanmasi. Viloyatdahisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 1495,8 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 107,8 foizga teng bo’ldi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan savdo hajmi esa 426,8 ming so’mni tashkil etdi.

Transport va aloqa. 2016 yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo’yicha barcha transport turlarida 31,1 mln.tonna yuklar tashildi va o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 100,8 foizni tashkil etdi.

Jumladan, avtomobil transportida yuk tashish 29,2 mln. tonnani va o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish 101,4 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-mart oylarida barcha transportlarda yuk aylanmasi 610,8  mln.tG’kmni, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 98,3 foizni tashkil qildi. Bu o’sish avtomobil transportida yuk aylanmasining 494,7 mln.tG’kmni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 101,2 foizni tashkil etganligi hisobiga bo’lmoqda.

Yo’lovchilar tashish miqdori barcha transport turlari bo’yicha 139,7 mln. kishini va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 104,3 foizni tashkil etmoqda. Bu o’sish asosan avtomobil transportida yo’lovchi tashish hajmini 139,5 mln. kishini va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 104,3 foizni tashkil etganligi hisobiga kuzatilmoqda.

Hisobot davrida transportlarda yo’lovchi aylanmasi 1838,1 mln. yo’lG’kmni va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 103,8 foizni tashkil etgan. Shu jumladan, avtomobil transportida yo’lovchi aylanmasi 1822,1 mln. yo’lG’kmga yoki 103,7 foizga o’sishga erishildi.

Transport xizmatlarining o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sishni ta’minlanishi o’z navbatida olingan daromadlar hajmini ortishiga olib keldi. Jumladan, yo’lovchi tashishdan daromad 125,5 mlrd. so’mni va o’sish 114,6 foizni tashkil etdi. Bu asosan avtotransport xizmatidan olingan daromadlar hisobiga bo’lib, joriy davrda bu ko’rsatkich avtomobil transportida 122,4 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 113,2 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, hisobot davrida yuk tashishdan olingan daromad 
136,4 mlrd.so’mni va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 114,9 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, avtomobil transportida yuk tashishdan olingan daromad 103,5 mlrd.so’mni va o’sish 102,7 foizni tashkil etmoqda.

Viloyatda hisobot davrida 107,6 mlrd. so’mlik aloqa xizmatlari ko’rsatilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 foizni tashkil qilmoqda. Shundan, aholiga ko’rsatilgan aloqa xizmatlari 106,0 mlrd. so’mdan iborat bo’lib,  o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,0 foizga teng bo’lmoqda.

III. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash

va rivojlantirish

Viloyatda 2016 yil 1 choragida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida barcha sohalarda belgilangan Dasturlar doirasida muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlash, raqobatbordosh va bozor talablariga mos bo’lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada keng yo’lga qo’yish, eksport salohiyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish, narh-navoning barqarorligini ta’minlash hamda pirovardida aholining real daromadlarini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar olib borildi. Jumladan;

Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 333,5 mlrd. so’mga yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 17,9 mlrd. so’m (106,3%)ga ko’p bajarildi. 

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 76,2 foizi yoki 230,1 mlrd. so’mligini chorvachilik mahsulotlarini hamda 23,8 foizi yoki
71,6 mlrd.so’mligini dexkonchilik mahsulotlarini tashkil etdi.

Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklari ulushi                  3,7 foizni, dehqon xo’jaliklarining ulushi esa 96,7 foizni tashkil etdi.

Paxtachilik sohasi bo’yicha.

Viloyatda 2015 yilda jami 100,1 ming gektar er maydoniga paxta ekish belgilanib, jami 280,0 ming tonna yalpi xosil olish ko’zda tutilgan.

Joriy yilda 2015 yil paxta hosilini avanslash maqsadida  tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga paxta etishtirish uchun 42,2 mlrd. so’mlik imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi hamda paxta etishtirish uchun  sof xolda 128 tonna azotli, 1139 tonna fosforli va 328 tonna kaliyli o’g’itlar etkazib berildi.

       G’allachilik sohasi bo’yicha.

G’allachilik sohasida viloyatda erishilayotgan yutuqlar zamirida sohada alohida tizim yaratilganligi, ko’p yillik to’plangan boy tajriba, urug’chilikka berilayotgan e’tibor va agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida to’g’ri tashkil etilayotganligi turibdi.

Viloyatda fermer xo’jaliklariga 2015 yilda jami 111,7 ming gektar er maydoniga galla ekish belgilanib, jami 284,3 ming tonna yalpi xosil olish ko’zda tutilgan.

G’alla hosilini avanslash maqsadida  tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga boshoqli don etishtirish uchun 52,5 mlrd. so’mlik imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi hamda  sof xolda 11404 tonna azotli o’g’itlar etkazib berildi.

Oziq-ovqat Dasturlari ijrosi bo’yicha.

Viloyatda Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini  barqaror  ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari hajmlarini ko’paytirish va ichki iste’mol bozorini to’ldirish maqsadida meva-sabzavot, kartoshka, go’sht, sut, tuxum, asal, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni saqlash, qayta ishlashni yo’lga qo’yish bo’yicha manzilli Dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 
4 yanvardagi 1-sonli  “2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va undan foydalanishning istiqbol ko’rsatkichlari to’g’risida” gi qarori ijrosini ta’minlash, viloyatda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va o’z vaqtida qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish  hamda joriy yilda meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlarini eksport qilish hajmlarini oshirish maqsadida 2016 yil 8 yanvarda viloyat hokimining 10-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2016 yilda viloyat bo’yicha 859,2 ming tonna sabzavot (urug’likka 19,0 ming tonna, qayta ishlashga 117,4 ming tonna, eksportga  51,3 ming tonna, aholi iste’moliga 671,5 ming tonna), 336,7 ming tonna kartoshka (urug’likka 48,0 ming tonna, aholi iste’moliga 288,7 ming tonna), 108,7 ming tonna poliz (urug’likka 2 ming tonna, eksportga 3,9 ming tonna,
aholi iste’moliga 102,8 ming tonna), 416,5 ming tonna meva
(qayta ishlashga 54,4 ming tonna, eksportga 23,4 ming tonna, aholi iste’moliga 338,7 ming tonna), 106,5 ming tonna uzum (qayta ishlashga 16,1 ming tonna, eksportga 13,2 ming tonna, aholi iste’moliga 77,2 ming tonna) mahsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Viloyatda hisobot davridagi barcha toifadagi xo’jaliklarida yopiq erlarda jami 6,1 ming tonna sabzavot (o’tgan yilga nisbatan 104%), 423 tonna limon (140 %) mahsulotlari etishtirildi.

Aholi tomorqalaridan foydalanish.

Hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish yuzasidan yaratilgan tizim asosida birinchi navbatda, viloyatimizda aholi tomorqalari va dehqon xo’jaliklari erlaridan samarali va unumli foydalanishni keng yo’lga qo’yilganligi o’zining katta samarasini bermoqda.

Viloyatining 724 ming ta xonadonlariga tegishli bo’lgan axolining shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining 41,0 ming gektar tomorqalarida g’alla, sabzavot, kartoshka, poliz va ozuqa ekinlarini ekish hisobiga 15,8 ming tonna g’alla, 502,6 ming tonna sabzavot, 153,7 ming tonna kartoshka, 33,9 ming tonna poliz, 8,2 ming tonna dukkali donlar, 82,8 ming tonna meva, 79,4 ming tonna uzum, 134,1 ming tonna ozuqa ekinlari etishtirish ko’zda tutilgan.

Hozirgi kunda aholi tomorqalarining asosiy maydonlarda 18,3 ming gektar sabzavot, 2,0 ming gektar poliz, 5,7 ming gektar kartoshka, 1,5 ming gekar dukkali don, 9,9 ming gektar maydonlarda ozuqa ekinlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

       Viloyat bo’yicha shaxsiy tomorqalariga jami 41 ming 520 gektar                  (101,2 foiz) er maydonlarga ekinlar ekildi.

      Shundan: 18,7 gektar sabzavot (102%), 5,8 gektar kartoshka (101%), 
2,02 gektar  poliz (101%), 11,7 gektar boshqa ekinlar (101%) ekildi.

     Shuningdek 1954 gektar maydonlarga 791 ming dona meva ko’chatlari hamda  1290 gektar maydonlariga 1677 ming dona uzum ko’chatlari ekildi.

Axolining shaxsiy tomorqalariga jami 17,4 ming tonna urug’lik kartoshka, 99,5 tonna piyoz, 11.4 tonna sabzi, 277 kg karam, 3.2 tonna pamidor, 6.2 tonna bodiring, 20.1 tonna ko’k piyoz, 7.6 tonna poliz,                    286 tonna boshqa urug’lari ekildi.

Shuningdek jami 792 ming dona meva, 1677 ming dona uzum ko’chatlari  ekildi.

Shundan 1290 gektar uzum, 684 gektarga olma, 352 gektarga o’rik, 
98 gektarga anor, 586 gektarga gilos, 234 gektarga nok ko’chatlari ekildi.

Tijorat banklari tomonidan shu kungacha aholi xonadonlariga jami 5,9 mlrd so’mlik (urug’lik va ko’chatlarga 975 mln so’m, qoramol sotib olishga 4272 mln so’m, parranda sotib olishga 449 mln so’m, qo’y sotib olishga 449 mln so’m) kredit mablag’lari ajratildi.

Muzlatkichli kameralar qurish bo’yicha

Viloyatda 2016 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash hisobiga ichki iste’mol bozorlarini arzon va sifatli    meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 29 fevraldagi 34-sonli “2016 yilda respublika xududlarida yangi sovutkichli sig’imlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi  yig’ilish bayoniga asosan Manzilli Dustur ishlab chiqildi.

Dasturga asosan joriy da jami 27 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan  16800 tonna sig’imdagi yangi muzlatkichli kameralar tashkil etilishi belgilandi. Shundan "O’zulgurjisavdoinvest" uyushmasi tizimi bo’yicha 500 tonnani, viloyatdagi loyixa tashabbuskorlari bo’yicha 16300 tonnani tashkil etadi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 20,6 mlrd. so’m shundan o’z mablag’idan   11,0 mlrd. so’m, tijorat banklari hisobidan 9,5 mlrd. so’m sarflanishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1- choragida jami 10 ta loyixada umumiy sig’imi 7050 tonnali omborxonalar ishga tushirilib, jami 10,4 mlrd. so’m sarflandi.

Xozirgi kunda qolgan 17 ta loyixalar bo’yicha tarmoq jadvallari bo’yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.

Mahsulotlarni qayta ishlash. Viloyatimiz qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash borasida katta imkoniyatlarga ega.

Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda etishtirilayotgan paxta va boshoqli donning asosiy qismi viloyatning o’zida qayta ishlanmoqda. Jumladan, paxtaning 100,0 foizi, boshoqli donning salkam 70 foizi qayta ishlashga yo’naltirilmoqda.

2015 yilda viloyatda etishtirilgan meva va uzumning 16,1 foizi, sabazvotning 15,8 foizi, go’shtning 13,2 foizi, sutning 16,3 foizi qayta ishlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda hom-ashyo bazasini rivojlantirish, meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni va eksportini ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2505-sonli qaroriga asosan viloyat xokimining 82 sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida viloyatda go’sht, sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha mini texnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalaniladigan yangi korxonalar ta     shkil etish hamda mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilish bo’yicha Dastur ishlab chiqilgan.

Viloyatda 2016-2020 yilda jami 44 ta yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalarga jami 200,6 mln. so’mlik mablag’lar sarflash ko’zda tutilgan.

2016 yilda 5 ta loyihalar (2 ta meva-sabzavotni, 1 ta sutni va 2 ta boshqa oziq ovqat mahsulotlarini qayta ishlash) amalga oshirilishi belgilagandi.

Bugungi kunda ushbu loyixalarning tarmoq grafiklari ishlab chiqildi.

2016 yilning yanvar-mart oylarida jami 1 ta loyixa amalga oshirildi (shundan, 1 ta sutni qayta ishlash). Loyihalarni amaga oshirish uchun jami 200 mln. so’m mablag’ sarflandi va 6 ta yangi ishchi o’rinlari yaratildi.

Chorvachilik bo’yicha.

So’nggi yillarda chorvachilikda naslchilk ishlarini rivojlantirish, sun’iy urug’lantirishni keng joriy etish, ozuqa bazasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi sohada chorva bosh sonlarini oshirishga hamda mahsulotlar hajmini ko’paytirishga katta zamin yaratmoqda. Masalan,

2016 yil 1 choragida:qoramollar bosh soni 977,1 ming bosh
(105%), 
jumladan, sigirlar bosh soni 356,4 ming bosh (102,9%), qo’y-echkilar 813,2 ming boshga (101,7%), parrandalar bosh soni 4 mln 
112 ming boshga (112,4%) boshga 
etkazildi.

Shuningdek go’sht ishlab chikarish 28,9 ming tonnani (105,8%), sut ishlab chikarish 169,1 ming tonnani (105,9%), tuxum ishlab chiqarish 64,9 mln donani (114,5%), baliq etishtirish 1000 tonnani (127,4%) tashkil etadi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo’yicha jami 19 ta loyihada 700 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 2,2 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 3,4 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 145 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha belgilangan dasturlarga asosan 9 ta loyihada 20 ming bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1,1 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 3,0 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 55 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 6 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda jami 25 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 700 mln. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 300 mln. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 32 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo’yicha20 ta loyihalar to’liq amalga oshirilib, ularda 2500 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo’jaliklarini tashkil etishga jami 800 mln. so’m mablag’lar (shundan bank krediti 320 mln. so’m) sarflandi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga 83 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

IV. Uy-joy va kommunal xo’jaligidagi islohotlar

Tezkor ma’lumotlarga ko’ra 2016 yil yanvar-mart oylarida viloyatda kommunal to’lovlardan bo’lgan jami debitor qarzdorlik 881,1 mlrd. so’mni (shundan aholi qarzdorligi 670,7 mlrd. so’m) tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan umumiy qarzdorlik 19,0 mlrd. so’mga, shundan aholi qarzdorligi 6,5 mlrd. so’mga kamaygan. Jumladan:

- tabiiy gaz ta’minoti bo’yicha jami qarzdorlik 330,2 mlrd. so’mni (shundan aholi 314,9 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 224,6 mln. so’mga, (shundan aholi 2,0 mlrd. so’m) kamaygan;

- elektr energiyasi bo’yicha umumiy qarzdorlik 533,6 mlrd. so’mni (shundan aholi 340,2 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 18,9 mlrd. so’mga (shundan aholi 7,5 mlrd. so’m) kamaygan;

 - ichimlik va oqava suv bo’yicha qarzdorlik 13,2 mlrd. so’mni (shundan aholi 12,7 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 0,6 mln. so’mga ortgan;

- issiqlik ta’minoti bo’yicha qarzdorlik 3,3 mlrd. so’m (shundan aholi 2,96 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 348,1 mln. so’mga (shundan aholi 247,7 mln. so’m) ortgan.

Surunkali kommunal to’lovlardan bo’lgan qarzlarini to’lamayotgan, kommunal xo’jalikdan foydalanish qoidalarini buzgan va noqonuniy ravishda foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko’rilib, tarmoqdan uzib qo’yilmoqda.

Aholi va korxona mablag’lari hisobidan xisobot davrida 31,2 km. ichimlik suv tarmoqlari va 6,6 km tabiiy gaz tarmoqlari tortilgan.

Aholi yashash punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Respublika byudjet mablag’lari xisobidan 68 ta (11,3 mlrd.so’m)qishloqlarda 21 ta ichimlik suvi qudug’i qaziladi, 24 ta quduqlar ta’mirlanadi hamda 72 km suv tarmoqlari tortilib, 60 mingdan ziyod aholini ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishiga erishish ko’zda tutilgan. Bugungi kunda ichimlik suvi ob’ektlarida 3,4 mlrd.so’mlik (30%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

V. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanishi

2016 yil 1-choragida viloyat tashqi savdo aylanmasi (dastlabki xisob asosida) 280,8 mln. AQSh dollarini, shundan mahsulot eksporti 108,7 mln. AQSh dollarini, importi esa 172,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -63,4 mln. AQSh dollari xajmida  yakunlanmoqda.

O’tgan yilning 1-choragiga nisbatan viloyat tashqi savdo aylanmasining o’sishi 101 foizni, mahsulot  eksporti 105,8 foizni,  importi 98,2 foizni tashkil etmoqda.

Eksport tuzilmasida o’tgan yilga nisbatan paxtadan tayyorlangan mahsulotlar eksporti 127,4 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 105,1 foizga, qora va rangli metallar 7,4 martaga, mashina va uskunalar 151,2 foizga, energiya resurslari 128,2 foizga o’smoqda.

Import tuzilmasida esa korxonalarni qayta jihozlash xisobiga qora va rangli metallar 109,2 foizga, shuningdek xizmat ko’rsatish esa 2,5 martaga o’smoqda.

Eksport tarkibida paxta tolasi xajmi (81,3%), importda esa, oziq-ovqat (73,4%), kimyo mahsulotlari (83,4%) xajmi kamaydi.

Viloyat korxonalarining Uzoq xorij va Boltiq bo’yi davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 168,1 mln.dollarni (o’sish 100,4%), shu jumladan, mahsulot eksporti 73,3 mln.dollarga (99,2%), importi esa 94,8 mln.dollarga (101,3%) teng bo’lmoqda.

MDX davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi esa 112,8 mln. dollarni (o’sish 101,9%), shu jumladan, mahsulot eksporti 35,4 mln. dollarni (122,5%), importi esa 77,4 mln.dollarni (94,6%) tashkil etmoqda.

Viloyat engil sanoat korxonalariga 2016 yil 1-choragi uchun belgilangan  55,5 mln. AQSh dollarlik eksport prognozi 55,6 mln. AQSh dollariga (100,1%) bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida viloyat tasarrufidagi korxonalarga 2016 yil 1-choragi uchun belgilangan 51,2 mln. AQSh dollari xajmidagi eksport prognozi
52,9 mln. AQSh dollariga yoki 103,3 foizga bajarildi.

Xududiy eksport prognozini bajarilishini ta’minlash va uning xajmini kengaytirish maqsadida modernizatsiya qilingan korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, yangi eksporter korxonalarni aniqlash, eksport uchun shart sharoitlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, Quvasoy shahri, Bog’dod, Uchko’prik, Quva, Furqat, Farg’ona va O’zbekiston tumanlarida eksportga qo’shimcha korxonalarni jalb etishga ko’maklashildi.

Bu tumanlardagi Agrofirma va fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan birgalikda TIAIS vazirligi orqali Rossiya, Qazaxiston, Qirg’izton, Ukraina va boshqa mamalakatlar kompaniyalari bilan viloyatda etishtirilayotgan meva-sabzavotlarga eksport shartnomalar, kelishuv bitimlari tuzish ishlari tashkil etildi.

2016 yilning 1-choragida 17 ta eksportbob mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar ishga tushirildi. (Farg’ona shahrida 4 ta, Qo’qon shahrida 3 ta, Marg’ilon shahrida 2 ta, Quva, Beshariq, Dang’ara, O’zbekiston tumanlarida 2 tadan).

Jumladan, engil sanoatda eksportga yo’naltiriladigan kalava ip ishlab chiqaruvchi 2 ta (“Farg’ona Asiana” MChJ, “Beshariq to’qimachi” MChJ), to’qimachilikda 3 ta, trikotajda 2 taga, tikuvchilikda 6 taga, ipakchilikda 1 ta  korxona ishga tushirildi.

Bundan tashqari, eksporterlar tarkibiga kiruvchi kalava ip ishlab chiqaruvchi “Indorama Kokand tekstil” QK (3-etapi, yillik
6 ming tonna), Uchko’prik tumanidagi “Xumo to’qimachi” MChJ (yillik 3,2 ming tonna)  Quva tumanidagi “Quva tekstil” MChJ (5,5 ming tonna) korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirildi.

Joriy yil eksport prognoziga kiritilmagan xudud tasarrufidagi korxonalar qayta tahlil qilinib, Quvasoy shahrida
2 ta, Marg’ilon shahrida 2 ta, Farg’ona shahrida 9 ta, Qo’qon shahrida
3 ta, Farg’ona tumanida 2 ta va Bog’dod tumanida 1 ta sanoat korxonasi o’z mahsulotini eksportga chiqarish imkoniyati borligi aniqlanib, ularni eksport qilishiga ko’maklashildi.

Xususan, Qo’qon shahridagi “Nyu vey Kokand” MChJ, “Yuksalish gipso karton” MChJ, Farg’ona shahridagi “Fergana Qicheng” MChJ, “Farm Zdrav” firmasi, Toshloq tumanidagi “Sta Plast”“Ferganaspetsodejda” XF, Furqat tumanidagi “Manguteks” MChJ, xususiy tadbirkorlar Yusupov Bobur,  Nishonov To’lqin va boshqa korxonalarda eksportni yo’lga qo’yish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Qo’qon shahridagi “2F Technology Group”, “Avilon Qo’qon tekstil”, “Chinobod Produkt Servis”, “Evroprint” MChJ, Marg’ilon shahridagi “Ekspo Kolor print” QK, “Narimteks” QK, Farg’ona shahridagi “Fargona Kimyo zavodi” MChJ, “BELLA PLAST” QK, “Taraz-servis effekt” korxonalarida eksport prognozlarini 110-130 foizga bajarilishini ta’minlash ishlari tashkil etildi.

Viloyatda 2016 yil 1 aprel holatiga ro’yhatdan o’tgan xorijiy investitsiyali korxonalar soni 153 tani tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 16 taga ortdi.

Ular tomonidan ishlab chiqarilgan va xizmatlar hajmi 329,2 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 115,4 foizni tashkil etmoqda. Viloyat yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi 21,3 foizdan 22,0 foizgacha ortdi.

Joriy yilning 1-choragida 3 ta yangi xorijiy investitsiyali korxona tashkil etildi. Ular Farg’ona shahridagi qurilish montaj ishlariga ixtisoslashgan Tailand “ROYAL THAY BRANCH” xorijiy korxonasi, Qo’qon shahridagi metan gaz balonlari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Xitoy “Shaffof metan sanoat” qo’shma korxonasi, Beshariq tumanidagi tikuv mahsulotlari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Turkiya “Nargiz tong” qo’shma korxonalari.

2016 yilning 1 aprel holatiga 5 ta xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyat ko’rsatmadi. Jumladan,

Farg’ona shahridagi: O’zbekiston-Xitoy “Fardo Fen” qo’shma korxonasi - gipsokarton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, Xitoy investorlari tomonidan Nizom jamg’armasi to’liq shakllantirilmaganligi (jihozlar keltirilmagan) sababli faoliyatini boshlamagan. Viloyat Xo’jalik sudining 2010 yil
15 apreldagi 15-11-G’7632-sonli xal qiluv qaroriga asosan tugatilgan. Korxona davlat reestridan chiqarilmagan.

O’zbekiston-Eron “Uz-Sozon” qo’shma korxonasi «GM» avtomobillariga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, nizom jamg’armasini to’liq shakllantirilmaganligi sababli, viloyat Xo’jalik sudining 2010 yil 15 apreldagi 15-11-05G’7634-sonli hal qiluv qaroriga asosan tugatilgan. Korxonaning mol-mulklari qayta xisoblanib, baholashga qo’yilgan. Shu bilan birga korxona 

Qo’qon shahridagi: O’zbekiston-Turkiya “SCORPION” qo’shma korxonasi bo’z mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2007 yilda  xom ashyo sotib olish uchun aylanma mablag’i etishmaganligi va xorijiy xamko bilan aloqa uzilganligi sababli faoliyatini to’xtatgan. 

Dang’ara tumanidagi: O’zbekiston-Malayziya “Kokmalniyat” qo’shma korxonasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan bo’lib, xorijiy xamkor bilan birgalikda Nizom jamg’armasini shakllantira olmagan. Moliyaviy takchilligi sababli faoliyatsiz bo’lib turibdi.

Beshariq tumanidagi: O’zbekiston-Lixtenshteyn “BESH KRAFT-EX OTAJ” qo’shma korxonasini qarzdorligi ortib ketgani va moliyaviy takchillik yuzaga kelgani sababli korxonani tugatish bo’yicha viloyat xo’jalik sudining 2015 yil 8 oktyabr kungi 15-1509G’21043-sonli xal qiluv qarori qabul qilingan.

VI. Kichik biznesni rivojlantirish

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo’lib, 2016 yil 1-choragiyakuni hisobotlariga ko’ra ularning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 50,9foizni tashkil etdi. Yoki o’tgan yilning (50,6 %) shu davriga nisbatan 0,3foizga oshdi.

Ro’yxatdan o’tgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 19167 tanitashkil etdi.Shundan, 18527 nafari (jamiga nisbatan 96,7 %) faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida 707ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.Kichik biznes sub’ektlari hisobiga 19862mingta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida
251,0 mlrd. so’mlik kredit mablag’lari ajratildi hamda topshiriq rejasi 130,0 foizga bajarildi.

Soha vakillari tomonidan 1267,6 mlrd. so’mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shundan tashqi bozorga 52,8 mln. dollar miqdoridagi maxsulotlar eksport qilindi.

VII.Ijtimoiy sohani rivojlanishi

Mehnat va daromadlar. Viloyatda davr oxiriga doimiy aholi soni 3516,7ming nafarni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan
61,0 ming nafarga yoki 101,8 foizga ortgan.

Iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyotda band bo’lganlar soni o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 1,5 foizga o’sib, 1468,8 ming kishini tashkil qildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 
3 dekabr SQ-63-III-sonli qarori bo’yicha “2016 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan, hisobot davrida 19862 ta (qishlok joylarda 13842 ta) yangi ish o’rinlari yaratildi. Bu ko’rsatkich rejaga nisbatan 132.8 foizni tashkil qilmoqda.

Yilning davomida ish axtaruvchi sifatida jami 10198 nafar fuqarolar ro’yhatga olindi, shundan 9661 nafari ishga joylashtirildi, 526 nafar fuqarolarga esa ishsizlik maqomi berildi.

Hisobot davrida o’rtacha ish haqi viloyat bo’yicha 1057.7 ming so’m bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8.6 foizga o’sganligi qayd etildi.

Sog’liqni saqlash. Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Dasturni amalga oshirish jarayonida birinchi e’tibor aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga qaratildi.

Hozirgi kunda viloyatda 14092 o’rinli 168 ta shifoxona va bir paytning o’zida bir smenada 43,8 ming quvvatga ega bo’lgan 567 ta oilaviy va boshqa ambulatoriya-poliklinika muassasalari samarali faoliyat olib bormoqda.

Tibbiy muassasalarda jami 41,2 ming nafar o’rta tibbiyot xodimlari va 7,0 ming nafardan ziyod vrachlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Bundan tashqari nodavlat tibbiy muassasalar faoliyatining takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Natijada nodavlat shifoxonalar soni 91 tani tashkil etdi. Nodavlat tibbiy muassasalar soni esa 264 tani va yakka tartibda tibbiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi vrachlar soni 236 nafardan iborat. Shuningdek, pullik tibbiy xizmat olgan shaxslar soni 2016 yilning yanvar-mart oyi davomida 823,0 ming nafarni tashkil etib, pullik tibbiy xizmat ko’rsatish hajmi 35,9 mlrd.so’mni tashkil etdi yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 124,6 foizga oshgan.

Ta’limni rivojlantirish. Viloyatda 90,4 ming o’ringa ega bo’lgan jami 645 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatib, ularda 93,2 ming nafardan ziyod bolalar tarbiyalanmoqda.

Viloyatda 2015G’2016 o’quv yilida 920 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko’rsatib, 37,4 ming nafar pedagog xodimlar 494,7 ming nafardan ziyod  o’quvchilarga ta’lim bermoqda.

Bugungi kunda viloyatda 12 ta akademik litseylar va 145 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida  ta’lim olayotgan o’quvchilar soni 172,2 ming nafardan ziyodni tashkil etdi. (Jumladan,akademik litseylarda-8832 nafar, kasb-hunar kollejlarda– 163376 nafar)

Sport. O’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy-ma’naviy jihatdan salomatligini mustahkamlash, ularni sog’lom va barkamol bo’lib voyaga etkazish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

Ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan rejaga asosan, 2016 yil 3 oy davomida shaxar va tuman xokimliklari, turli davlat xamda jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikda 327 ta turli sport musobaqalari o’tkazildi. O’tkazilgan sport musobaqalarida 149748 nafar (shundan 69884 nafari qizlar) yosh sportchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlarni o’tkazishga va g’olib bo’lgan sovrindorlarni taqdirlashga jamg’arma va homiy tashkilotlar tomonidan 18,1 mln.so’m mablag’lar shundan, bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi hisobidan 10,6 mln.so’m mablag’ sarflandi.

O’tgan oylar davomida viloyatimizning 32 nafar (shundan 12 nafar qizlar) yosh sportchilari jami 1 ta Respublika musobaqalariga yuborilib, faxrli o’rinlarni egallab qaytdilar.

Madaniyat. Viloyatda 4 ta teatr va 14 ta muzeylar, 8039,4 ming nusxa kitob fondiga ega bo’lgan 1127 ta kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, viloyatda 91 ta madaniyat va aholi dam olish markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur markazlarda 759 ta to’garaklar mavjud bo’lib, to’garaklarda 8,1 ming nafardan ziyod bolalar va o’smirlar  bo’sh  vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqda.