Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Oktyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining REGLAMENTI

 2017-09-19 16:50:19    439

PDF yuklash
Chop etish


 

 

(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining  2015 yil
22 iyundagi KQ–28-III-sonli Qaroriga asosan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan )

 

I bob. Umumiy qoidalar

 

            1-modda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunuvchi shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir. 

            Xalq deputatlari viloyat Kengashi (bundan buyon matnda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deb yuritiladi) o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentiga muvofiq amalga oshiradi. 
            2-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining faoliyati masalalarni kollektiv bo’lib va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.

            3-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi o’z faoliyatining asosiy yo’nalishlarini Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasida (bundan buyon matnda sessiya deb yuritiladi)  tasdiqlangan ish rejasi – joriy, yillik yoki Kengashning vakolatlari muddatiga mo’ljallangan ish rejasi asosda belgilab oladi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini o’z ichiga oladigan Xalq deputatlari viloyat Kengashining ish rejasi asosida Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining yillik ish rejalari tuziladi. 
            Xalq deputatlari viloyat Kengashining ish rejasi deputatlar, Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari (bundan buyon matnda doimiy komissiyalar deb yuritiladi), hokimlikning bo’lim va boshqarmalari, tegishli hududda joylashgan korxona, muassasa va nodavlat notijorat tashkilotlar takliflari, shuningdek hududiy vakillik organi sifatida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining ish rejasi sessiyada qabul qilinadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 

            Xalq deputatlari viloyat Kengashi ish rejasining bajarilishi uning sessiyalarida, sessiyalar oralig’ida esa uning doimiy komissiyalari majlislarida muhokama qilinadi.

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining ish rejasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish masalasi Xalq deputatlari viloyat Kengashining rahbari (bundan buyon matnda Kengash rahbari deb yuritiladi), doimiy komissiyalari va deputatlarning taklifiga binoan sessiyada ko’rib chiqiladi. Ushbu masala yuzasidan qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining ish rejasi bajarilishini tashkil etish, shuningdek doimiy komissiyalarning ish rejalari doimiy komissiyalar tomonidan o’z vaqtida bajarilishi uchun Kengash rahbari – hokim mas’ul hisoblanadi.

            «4-modda. Hokim - xalq deputatlari viloyat Kengashi rahbari (raisi) xalq deputatlari viloyat Kengashining ishini tashkil etadi, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi, uning sessiyalalarida raislik qiladi.

            Hokim o’z faoliyati to’g’risida xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida hisob beradi»;

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining vakolat muddati – besh yil.

«5-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli hudud uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, viloyat hokimi qarorlari ijro etilishini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqani, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklikni, aholini tegishli hududni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi»;

            Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli hududda o’zini o’zi boshqarishning rivojlanishiga ko’maklashadi, o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadi.

            6-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining asosiy vakolatlariga:

            Viloyat hokimining taqdimiga binoan hududni rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;

            viloyat mahalliy byudjetini viloyat hokimining taqdimnomasiga binoan ko’rib chiqish hamda qabul qilish;

            viloyat mahalliy byudjetining, tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotini hokimining taqdimnomasiga binoan ko’rib chiqish hamda tasdiqlash;    

            mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;

            hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek viloyat hokimining viloyat, tuman va shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash;

            “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;

            xalq deputatlari viloyat Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy va boshqa komissiyalari to’g’risidagi Nizomlarini tasdiqlash, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish;

            xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini o’zgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;

            qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va muddatidan oldin to’xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;

            ijroiya hokimiyati bo’limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo’linmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;

            xalq deputatlarining so’rovlarini qarab chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;

            hokimning va quyi Kengashning O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;

            hokimning taqdimiga binoan hokimlik tarkibiy tuzilishini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi.

            Xalq deputatlari viloyat Kengashi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga, atrof muhitni muhofaza qilishga doir o’z vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq nazorat etishga doir boshqa masalalarni hal etadi»;

            «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;

Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentini, doimiy va boshqa komissiyalar to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlash, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish;

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini o’zgartirish, ularning ishi haqidagi hisobotlarni tinglash;

            qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va muddatidan oldin to’xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;

            ijro hokimiyati bo’limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo’linmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;

            deputatlik so’rovlarini ko’rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;

            hokimning va quyi Xalq deputatlari viloyat Kengashining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;

hokimning taqdimiga binoan hokimlik tuzilmalarini, uning xodimlari shtatlari va mehnatga haq to’lash fondini tasdiqlash.

            7-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatini ifodalovchi tadbirlarni o’tkazish maqsadida viloyat, shahar va tumanlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomaviy munosabatlar o’rnatishga haqlidir.

            8-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi o’z faoliyatini sessiyalar, doimiy va muvaqqat komissiyalar, Kengashning boshqa organlari orqali, shuningdek deputatlarning O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentida belgilangan tartibda o’z vakolatlarini ro’yobga chiqarish yo’li bilan amalga oshiradi.

 

II bob. Sessiya chaqirish va uni o’tkazish

 

            9-modda. «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Xalq deputatlari viloyat Kengashining asosiy shakli sessiyadir.

            Sessiya O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan Xalq deputatlari viloyat Kengashi vakolatiga kiritilgan har qanday masalani ko’rib chiqishga haqli.

            10-modda. Sessiyalar Kengash rahbari – hokim, u yo’qligida esa uning o’rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab, biroq yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. 

            Sessiyalar Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining kamida uchdan ikki qismi tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.

            11-modda. Sessiyaning kun tartibi Kengash rahbari, partiya va deputatlar guruhlari, doimiy komissiyalar va deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda tayyorlanadi.

            Sessiya muhokamasiga kiritilayotgan eng muhim va dolzarb masalalarni tayyorlash uchun Kengash rahbari tomonidan tegishli tarmoqlar mutaxassislari hamda olimlarni jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin. Ishchi guruh masalani tayyorlash chog’ida saylovchilar, hokimlikning bo’limlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari, shuningdek tegishli hududdagi korxonalar, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarning fikr-mulohazalarini hisobga oladi. 

            Sessiya muhokamasiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda tegishli doimiy komissiyalar tomonidan ko’rib chiqiladi, ular tomonidan tayyorlangan qaror loyihalari va kun tartibi bo’yicha boshqa hujjatlar Kengash rahbariga beriladi.

Sessiyada ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan masalalar sessiya kun tartibi loyihasiga kiritilib, ularni ko’rib chiqish navbati, har bir masalani ko’rib chiqish uchun tayyorlashga mas’ul bo’lgan doimiy komissiyalar, ma’ruzachilar (qo’shimcha ma’ruzachilar), shuningdek boshqa ma’lumotlar ko’rsatiladi.

            Sessiya kun tartibi Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.

            12-modda. Sessiyani, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyani chaqirish haqidagi qaror Kengash rahbari tomonidan qabul qilinadi.

            Sessiya o’tkaziladigan vaqt, joy va kun tartibi deputatlar e’tiboriga sessiya ochilishidan kamida etti kun oldin etkaziladi. Deputatlarga tanishib chiqish uchun tegishli hujjatlar ham yuboriladi.

            Sessiyani chaqirish to’g’risidagi xabar ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi mumkin.

            Sessiya, qoida tariqasida, tegishli hudud markazida o’tkaziladi, zarurat bo’lganda esa, sessiya shu hududdagi boshqa joyga borib o’tkazilishi mumkin. 
            Sessiyalar ochiq, oshkora o’tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.

            Zarur hollarda Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyani yopiq o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqdagi taklif Kengash rahbari – hokim, doimiy komissiyalar tomonidan kiritilgan bo’lsa, qabul qilinishi mumkin.

            13-modda. Agar sessiyada deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lsa, u vakolatli hisoblanadi.

            Deputatlarni ro’yxatga olish sessiya ochilishidan oldin va uning ishidagi har bir tanaffusdan keyin amalga oshiriladi.

            Agar sessiyalarni o’tkazishga mo’ljallangan binoda elektron ovoz berish tizimidan foydalanish ko’zda tutilgan bo’lsa, har bir deputat uchun doimiy o’rin ajratiladi.

            14-modda. Sessiyalarda ish davlat tilida olib boriladi va zarurat bo’lganda Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori asosida boshqa tillarga sinxron tarjima ta’minlanadi.

            15-modda. Sessiyalarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek tegishli hududdagi davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, ommaviy axborot vositalarining taklif etilgan vakillari hamda boshqa shaxslar hozir bo’lishi mumkin.

            Sessiyaga taklif etilgan shaxslar muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas, shuningdek Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentida belgilangan tartibga rioya qilishlari va raislik qiluvchining farmoyishlariga bo’ysunishlari shart.

            Sessiyaga taklif qilinadigan shaxslarning soni va tarkibi Kengash rahbari tomonidan hal etiladi.

            Sessiyada raislik qiluvchi sessiyaga taklif etilgan shaxslar tarkibi va soni to’g’risida deputatlarga axborot beradi.

            Sessiyaga taklif qilingan shaxslar uchun majlislar zalida maxsus joylar ajratiladi.

            16-modda. Yangi saylangan Xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch hafta muddat ichida chaqiriladi.

Birinchi sessiya keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi, u xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan Kengash rahbari tasdiqlangunga qadar sessiyani boshqaradi.

            Sessiyalarda hokim, u yo’qligida esa Xalq deputatlari viloyat Kengashining qaroriga yoki hokim topshirig’iga binoan mazkur Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlaridan biri raislik qiladi.

            17-modda. Deputatlarning vakolatlarini tasdiqlash to’g’risidagi qaror yangi saylangan Xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasida saylovni o’tkazgan saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq qabul qilinadi.

            Bo’shab qolgan deputatlik o’rniga saylov o’tkazilganida deputatning vakolatini tasdiqlash to’g’risidagi qaror ham sessiyada saylov komissiyasining taqdimiga muvofiq qabul qilinadi.

            18-modda. Sessiya o’z ishini kun tartibini tasdiqlashdan boshlaydi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar raislik qiluvchi tomonidan bandma-band yoki butunlay ovozga qo’yilishi mumkin.

            Sessiyaning kun tartibi bo’yicha taklif va mulohazalar deputatlar tomonidan og’zaki yoki yozma shaklda beriladi va sessiyada raislik qiluvchi tomonidan kelib tushish tartibi bo’yicha e’lon qiladi. 

            Sessiya kun tartibi bo’yicha qaror deputatlar bildirgan takliflarni hisobga olgan holda qabul qilinadi.

            19-modda. Har bir sessiyani o’tkazish vaqtida deputatlar orasidan sessiya kotibi saylanadi yoki sessiya kotibiyati tuziladi. 

            Sessiya kotibi yoki kotibiyati:

            so’zga chiquvchilarni  ro’yxatga yozadi;

            deputat so’rovlari, deputatlardan tushadigan savollar, ma’lumotnomalar, xabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni ro’yxatga oladi;

so’zga chiqish uchun yozilganlarning ro’yxati va tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga axborot beradi;

            sessiya ishiga taalluqli masalalar yuzasidan deputatlarga  tushuntirishlar beradi; 

            sessiya yakunlari yuzasidan axborot tayyorlaydi; 

            bayonnoma yoki stenogramma yuritilishini tashkil etadi.

            Sessiyada sessiya kotibi yoki kotibiyati tomonidan tayyorlangan axborot tinglanadi.

            20-modda. Sessiyada bayonnoma yoki zarur hollarda stenogramma yuritiladi. Bayonnoma sessiyada raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

            Sessiya bayonnomasida quyidagilar ko’rsatiladi: 

            Kengashning nomi, sessiyaning tartib raqami (chaqiriq doirasida);

            sessiyani o’tkazish sanasi va joyi; 

            hozir bo’lgan va qatnashmayotgan deputatlar soni, shuningdek taklif etilgan shaxslarning soni; 

            sessiyaning kun tartibi, sessiya muhokamasiga kiritilgan har bir masala yuzasidan ma’ruzachi va qo’shimcha ma’ruzachining familiyasi hamda lavozimi; 

muzokaralarda so’zga chiqqan, shuningdek ma’ruzachilar va qo’shimcha ma’ruzachilarga so’rov yo’llagan yoki savollar bergan (yozma yoxud og’zaki tarzda) deputatlarning familiyalari, saylov okruglarining raqami va lavozimlari;

qabul qilingan, «yoqlayman», «qarshiman» yoki «betarafman» deb berilgan ovozlar soni ko’rsatilgan qarorlar ro’yxati.

            Bayonnomada sessiyaning kun tartibi ko’rsatiladi; sessiya kun tartibiga qo’yilgan masalalarning mohiyati ochib beriladi; sessiyada so’zlangan nutqlarning mohiyati qisqacha bayon etiladi; shuningdek sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish yakunlari qayd etiladi. 

            Sessiyaning bayonnomasiga deputatlar va taklif etilgan shaxslarning sessiyadagi ma’ruzalari matnlari, sessiyada hozir bo’lgan va qatnashmayotgan deputatlar ro’yxati, taklif etilgan shaxslar ro’yxati va boshqa materiallar ilova qilinadi.

            Sessiya bayonnomasi yoki stenogrammasi sessiya tugaganidan so’ng uch kundan kechiktirmay tayyorlanadi hamda sessiya vaqtida raislik qilgan shaxs tomonidan imzolanadi.

            Sessiya bayonnomasi va stenogrammasining asl nusxasi hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhida saqlanadi. 

            Sessiya bayonnomasi va stenogrammasi Kengash deputatlarining talabiga binoan tanishib chiqish uchun ularga berilishi mumkin. 

            Yopiq sessiya stenogrammasi hokimlikning tegishli bo’limida «maxfiy hujjat» belgisi bilan saqlanadi.

            Yopiq sessiya stenogrammasi va unga ilova qilingan materiallar bilan deputatlarni tanishtirish bevosita hokimiyat apparatida tilxat olinib amalga oshiriladi.

            21-modda. Sessiyada raislik qiluvchi: 

            sessiya ishining umumiy borishiga rahbarlik qiladi, Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentiga rioya etilishini ta’minlaydi;

            ma’ruzachilar va qo’shimcha ma’ruzachilarga hamda muzokaralarda so’zga chiquvchilarga navbati bilan so’z beradi; 

            zarur hollarda so’zga chiqish navbatini o’zgartirib, sababini tushuntiradi;           muhokama qilinayotgan masala yuzasidan xohlagan paytda so’zga chiqishi mumkin;

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentida belgilangan tartibni qo’pol ravishda buzgan deputat yoki ishtirokchini tartibga chaqiradi;

deputatlarning yozma so’rovlari, arizalari, takliflari, fikr-mulohazalarini o’qib eshittiradi; 

            deputat so’rovi yuzasidan so’zga chiqish, savol, taklif, fikr-mulohaza bo’yicha so’zlash, shuningdek sessiyani olib borish tartibi bo’yicha da’volar bildirish uchun, qaror loyihalariga tuzatish, ovoz berish masalasi bo’yicha takliflar kiritish uchun deputatga uning iltimosiga ko’ra so’z beradi;

            muhokama tugaganidan keyin qaror loyihalarini ovozga qo’yadi va ovoz berish natijalarini e’lon qiladi;

            sessiyada qabul qilingan qarorlarni va sessiya bayonnomalarini imzolaydi;

muhokama jarayonida so’zga chiqqan deputatlar yoki boshqa ishtirokchilar fikrini biron-bir tarzda baholash yoki sharhlashdan, shuningdek qaror qabul qilishda tazyiq o’tkazishdan o’zini tiyishi lozim.

            Sessiyada raislik qiluvchi: 

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamenti talablari qo’pol ravishda buzilgan taqdirda deputatni ogohlantirishga, takroran buzishga yo’l qo’yilganida esa, uni butun sessiya kuni davomida so’zdan mahrum qilishga;

            sessiya ishiga xalaqit berayotgan taklif qilingan shaxslarni sessiya zalidan chiqarib yuborishga haqli.

            22-modda. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini va eng muhim muammolarni muhokama etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo’mitalari va Xalq deputatlari viloyat Kengashining qo’shma majlislari o’tkazilishi mumkin.

            Qo’shma majlis O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo’mitasining raisi va Xalq deputatlari viloyat Kengashining rahbari o’rtasida kelishuv bo’yicha o’tkaziladi.

            Qo’shma majlis kun tartibidagi masalalar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo’mitasi tomonidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda tayyorlanadi.

            Qo’shma majlisni chaqirish, uni o’tkazish joyi, vaqti va boshqa masalalar Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentiga muvofiq hal etiladi.

 

 

III bob. Sessiyada masalalarni ko’rib chiqish tartibi

 

            23-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli hududda fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida sessiyalarda qonuniylik va huquqiy-tartibotni, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish, qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliq va boshqa majburiy to’lovlar miqdorlarini belgilash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqa masalalarni ko’rib chiqadi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi.

            24-modda. Sessiya muhokamasiga kiritilgan kun tartibidagi har bir masala, jumladan mahalliy byudjet va uning ijrosi to’g’risidagi hisobot, hokim va uning o’rinbosarlari, hokimlik bo’limlari, boshqarmalari va boshqa bo’linmalari faoliyati haqidagi hisobotlar tinglanadi hamda erkin muhokama qilinadi.

Muhokama jarayoni muayyan masala yuzasidan hokim, uning o’rinbosarlari, doimiy komissiyalar raislarining ma’ruzalari va qo’shimcha ma’ruzalarini yoki deputatlarning ma’ruzalari va qo’shimcha ma’ruzalarini tinglash, shuningdek taklif etilgan shaxslarning fikr bildirishi shaklida amalga oshiriladi.

Ayrim hollarda muhokama etilayotgan masalaning mazmunini hisobga olgan holda, sessiya mazkur masalaning mazmuniga doir qisqacha axborotni tinglab yoki doimiy komissiyalar raislari yoxud deputatlarning tushuntirishlari bilan cheklanib, uni muhokama etmasdan qaror qabul qilishi mumkin.

            25-modda. Sessiyada raislik qiluvchi tomonidan ma’ruzachilar va qo’shimcha ma’ruzachilar bilan kelishuvga ko’ra, qoida tariqasida, ma’ruza uchun – 30 daqiqagacha, qo’shimcha ma’ruza uchun - 20 daqiqagacha va yakunlovchi so’z uchun  15 daqiqagacha vaqt belgilanadi.

            Muzokaralarda so’zga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Muzokaralarda takroran so’zga chiqish uchun, shuningdek sessiya ishini olib borish tartibi, ovoz berish asoslari, nomzodlar bo’yicha so’zga chiqish uchun, arizalar, savollar, takliflar, xabarlar, ma’lumotlar uchun - 3 daqiqagacha vaqt beriladi.

            Sessiyada hozir bo’lgan deputatlar ko’pchiligining roziligi bilan raislik qiluvchi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy vaqtini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni belgilab qo’yishi, so’zlash vaqtini uzaytirishi mumkin.

            Sessiyalarda deputat ayni bir masala bo’yicha muzokaralarda ko’pi bilan ikki marta so’zga chiqishi mumkin.

            Muzokaralarni to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin ma’ruzachi va qo’shimcha ma’ruzachi yakunlovchi so’zni aytish huquqiga ega.
Agar so’zga chiquvchi ajratilgan vaqtdan ortiq so’zlasa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan bo’lsa, sessiyada raislik qiluvchi uni avval ogohlantirib, keyin so’zdan mahrum qiladi.

 

IV bob. Sessiyada qarorlar qabul qilish va ularni e’lon qilish tartibi

 

            26-modda. Sessiyada qarorlar ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaroriga asosan yashirin ovoz berish o’tkazilishi mumkin. 

            Elektron ovoz berish tizimlari o’rnatilgan zallarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron ovoz berish tizimidan foydalangan holda o’tkaziladi.

            27-modda. Deputat o’zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Har bir deputat bir ovozga ega bo’ladi va muhokama qilinayotgan masala yuzasidan «yoqlayman», «qarshiman» yoki «betarafman» deb ovoz beradi.

            Ovoz berish vaqtida hozir bo’lmagan deputat keyinchalik ovoz berishga haqli emas.

            Ochiq ovoz berish ovozlar mutlaq ko’pchilikni tashkil etgan taqdirda ovozlarni sanamasdan, agar hech bir deputat boshqacha tartibni taklif etmasa yoki ovozlarni qayta sanab chiqishni talab qilmasa, o’tkazilishi mumkin.

            28-modda. Sessiyalarda yashirin ovoz berishni o’tkazish va uning natijalarini hisoblash uchun deputatlar orasidan sanoq komissiyasi saylanadi. 

Sanoq komissiyasi o’z tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

            29-modda. Sessiyada yashirin ovoz berishni byulletenlardan foydalangan holda o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda, ovoz berish uchun zarur axborotga ega bo’lgan yashirin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi nazorati ostida tayyorlanadi.

            Yashirin  ovoz berish o’tkaziladigan vaqt va joy, uni o’tkazish tartibi sanoq komissiyasi tomonidan belgilanadi.

            30-modda. Yashirin ovoz berish byulletenlar yordamida o’tkazilganida sanoq komissiyasi har bir deputatga bittadan byulleten beradi.

            Byulletenni to’ldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida byulletendagi o’zi yoqlab ovoz berayotgan nomzod familiyasining qarshisida o’ng tomonda joylashgan bo’sh kvadratga belgikrestik qo’yish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u tegishli qarorni yoqlab ovoz berayotgan bo’lsa, «qarshiman» degan so’zni o’chirish, taklif etilayotgan qarorga (qaror variantiga) qarshi ovoz berayotgan bo’lsa, «yoqlayman» degan so’zni o’chirish orqali amalga oshiriladi. 

            Belgilanmagan nusxadagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning xohish-irodasini aniqlashga imkon bermagan byulletenlar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida  haqiqiy emas deb topiladi. Byulletenga kiritilgan qo’shimchalar ovozlarni hisoblab chiqish chog’ida e’tiborga olinmaydi.

            31-modda. Agar sessiyada elektron ovoz berish tizimi yordamida yashirin ovoz berishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan bo’lsa, sanoq komissiyasi ovoz berish boshlanishidan oldin elektron tizimning sozligini tekshirishi hamda yashirin ovoz berish uchun deputatlar umumiy soniga mos miqdorda kartochkalarning to’liq komplektini ro’yxatga olishi kerak.

            32-modda. Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari to’g’risida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi, u komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. 
            Sanoq komissiyasining ma’ruzasiga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi yashirin ovoz berish natijalarini tasdiqlash to’g’risida ochiq ovoz berish yo’li bilan qaror qabul qiladi.

            33-modda. Sessiyada qabul qilingan qarorlar raislik qiluvchi tomonidan imzolangan vaqtdan e’tiboran, agar hujjatning o’zida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, kuchga kiradi.

            Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar tegishli hududda joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari uning doimiy komissiyalariga, hokimlikning bo’limlari, boshqarmalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda tegishli korxonalar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, mansabdor shaxslarga va quyi turuvchi hokimliklarga tarqatiladi. 

            Tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo’yicha sessiyada qabul qilingan qarorlar va boshqa muhim qarorlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

 

V bob. Viloyat va Toshkent shahar hokimini tasdiqlash
tartibi

 

            34-modda. Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

            35-modda. Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini tasdiqlash to’g’risidagi masalani tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran uch kun ichida ko’rib chiqadi

            36-modda. Viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga nomzodga deputatlarning savollariga javob berish uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodni sessiyada muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

            37-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodini tasdiqlash yoki rad etish to’g’risidagi qarori ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinib, kechi bilan uch kun ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.

            38-modda. Tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

            39-modda. Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozini ololmasa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo’shimcha maslahatlashuvlar o’tkazganidan so’ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.

            40-modda. Tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o’tkaziladi.

 

VI bob. Tuman, shahar hokimini tasdiqlash tartibi

 

            41-modda. Tuman, shahar hokimi nomzodlari viloyat hokimi tomonidan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

            42-modda. Tuman, shahar hokimi nomzodlarini tasdiqlash to’g’risidagi masalani tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi viloyat hokimi tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran uch kun ichida ko’rib chiqadi

            43-modda. Tuman, shahar hokimi lavozimiga nomzodga deputatlarning savollariga javob berish uchun  20 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodni sessiyada muhokama qilish uchun 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

            44-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining tuman, shahar hokimi nomzodini tasdiqlash to’g’risidagi qarori ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinib, kechi bilan uch kun ichida viloyat hokimiga yuboriladi.

            45-modda. Tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozini olgan tuman, shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

 

VII bob. O’zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi

 

            46-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari (bundan buyon matnda Senat a’zolari deb yuritiladi) Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlari deputatlarining qo’shma majlislarida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan  mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi.

            47-modda. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga saylov yakunlari e’lon qilinganidan keyin uch kunlik muddatda Senat a’zolarini saylash uchun deputatlarning qo’shma majlislari o’tkazilishini e’lon qiladi.

            Markaziy saylov komissiyasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shuningdek Toshkent shahrida deputatlarning qo’shma majlislarini o’tkazish sanasi, vaqti va joyi ko’rsatilgan qarori ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

            48-modda. Deputatlarning qo’shma majlisi ochilishi oldidan deputatlar ro’yxatdan o’tkaziladilar. 

            Agar deputatlarning qo’shma majlisida, deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lsa, u vakolatli hisoblanadi.

            Deputatlarning qo’shma majlisi ishida Markaziy saylov komissiyasining vakili ishtirok etishi shart.

            49-modda. Deputatlarning qo’shma majlisini Markaziy saylov komissiyasining vakili ochadi. U majlisda raislik qiluvchining nomzodi bo’yicha taklif kiritadi, bu nomzod eng obro’li, katta tajribaga ega, yoshi hammadan ulug’ bo’lgan deputatlar orasidan tanlab olinadi.

            Deputatlar qo’shma majlisining ishtirokchilari majlisning kun tartibini va ish reglamentini tasdiqlaydilar.

            Deputatlarning qo’shma majlisi kun tartibiga Senat a’zolarini saylash to’g’risidagi masala kiritiladi.

            50-modda. Deputatlarning qo’shma majlisi ishini ta’minlash va olib borish uchun ochiq ovoz berish orqali oddiy ko’pchilik ovoz bilan uch – besh kishidan iborat ishchi hay’at tuziladi. Turli Kengashlar deputatlari orasidan hay’at a’zoligiga nomzodlar raislik qiluvchi tomonidan taklif etiladi.

            51-modda. Deputatlar vakolatini tekshirish, tushgan takliflarni hisobga olish va deputatlarning qo’shma majlisi tomonidan kabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish uchun uch kishidan iborat kotibiyat tuziladi.

            52-modda. Deputatlarning qo’shma majlisida raislik qiluvchi tavsiyasiga muvofiq ochiq ovoz berish orqali oddiy ko’pchilik ovoz bilan Senat a’zoligiga nomzodlar ko’rsatish bo’yicha Oqsoqollar kengashi (bundan buyon matnda Oqsoqollar kengashi deb yuritiladi) saylanadi. 

            Oqsoqollar kengashi deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega bo’lgan eng obro’li, yoshi hammadan ulug’ deputatlardan, qoida tariqasida, har bir Xalq deputatlari viloyat Kengashidan bir vakildan iborat tarkibda saylanadi.

            53-modda. Oqsoqollar kengashi eng obro’li, o’z saylovchilari tomonidan keng qo’llab-quvvatlanayotgan, davlat va jamiyat faoliyatining turli sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan deputatlar orasidan Senat a’zoligiga nomzodlarni ko’rib chiqadi. 

            Yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish uchun Senat a’zoligiga olti nafar nomzod bo’yicha Oqsoqollar kengashining taklifi Oqsoqollar kengashining raisi tomonidan o’qib eshittiriladi. Yashirin ovoz berish byulleteniga olti nafar Senat a’zoligiga nomzod kiritiladi.

            54-modda. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, viloyat, tuman, shahar Xalq deputatlari viloyat Kengashining saylov kuniga qadar yigirma besh yoshga to’lgan va kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga nomzod bo’lishi mumkin.

            55-modda. Deputatlarning qo’shma majlisida Senat a’zoligiga har bir nomzod bo’yicha alohida muhokama o’tkaziladi.

            Deputatlarning qo’shma majlisida ishtirok etayotgan har bir deputat Senat a’zoligiga nomzodga savollar berish, nomzod xususida o’z fikrini bildirish huquqiga ega.

            Senat a’zoligiga har bir nomzod bo’yicha alohida muhokamadan keyin uni yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Taklif etilgan u yoki bu nomzodlar rad etilgan taqdirda, muhokama etish va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish uchun boshqa nomzodni faqat Oqsoqollar kengashi ko’rsatishi mumkin.

            Senat a’zoligiga nomzodlarni muhokama qilish deputatlarning qo’shma majlisi qaroriga binoan tugallanadi.

            Deputatlarning qo’shma majlisida ishtirok etayotgan deputatlarning ko’pchiligi ovoz bergan Senat a’zoligiga nomzod yashirin ovoz berish byulleteniga kiritilgan hisoblanadi.

            56-modda. Yashirin ovoz berish byulletenining namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

            Yashirin ovoz berish byulletenida uni to’ldirish tartibi haqida tushuntirish berilgan bo’lishi lozim. Byulletenning old tomonida o’ng yuqori burchakda muhrva kamida ikki nafar sanoq komissiyasi a’zosining imzosi bo’lishi kerak.

            57-modda. Yashirin ovoz berishni o’tkazish va uning natijalarini aniqlash uchun deputatlarning qo’shma majlisida ishtirok etayotgan deputatlar orasidan to’qqiz nafargacha a’zodan, shu jumladan, komissiya raisi va kotibidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.

            Sanoq komissiyasining tarkibiga Senat a’zoligiga nomzod kiritilishi mumkin emas.

            Sanoq komissiyasi: 

            Senat a’zolarini saylash bo’yicha ovoz berishni tashkil qiladi va o’tkazadi;

deputatlar qo’shma majlisining ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni o’tkazish vaqti, joyi va tartibini e’lon qiladi;

            yashirin ovoz berish byulletenlarini ularga Senat a’zoligiga har bir nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismini alifbo tartibida kiritish yo’li bilan, tug’ilgan sanasi, lavozimi (mashg’ulotining turi) va ish joyini ko’rsatgan holda tayyorlaydi;

            ovoz beruvchilarning ro’yxatini aniqlaydi, ularga yashirin ovoz berish byulletenlarini beradi;

            yashirin ovoz berish byulletenlarining old tomoniga muhr qo’yadi va yashirin ovoz berish byulletenida sanoq komissiyasi a’zolarining imzosi qo’yilgan bo’lishini ta’minlaydi;

            ovozlarni sanab chiqadi va yashirin ovoz berish natijalari to’g’risida bayonnoma tuzadi;

            yashirin ovoz berish natijalarini deputatlarning qo’shma majlisi tasdig’iga taqdim etadi.

            58-modda. Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin sanoq komissiyasining raisi yashirin ovoz berishni o’tkazish tartibini e’lon qiladi, komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va muhrlaydi.

            Saylov qutisi uning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasidan o’tib boradigan qilib joylashtiriladi.

            Deputatlarning qo’shma majlisida ishtirok etayotgan deputat sanoq komissiyasi a’zosiga o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatadi hamda ovoz beruvchilar ro’yxatiga imzo chekadi, shundan keyin unga yashirin ovoz berish byulleteni beriladi.

            Yashirin ovoz berish byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida o’zi yoqlab ovoz berayotgan Senat a’zoligiga nomzodlarning familiyalari qarshisida o’ng tomonda joylashgan bo’sh kvadratlarga belgi-krestik qo’yish yo’li bilan to’ldiriladi.

            Ovoz beruvchi to’ldirilgan yashirin ovoz berish byulletenini ko’rinarli joyda turishi lozim bo’lgan saylov qutisiga tashlaydi.

            Buzib qo’yilgan yashirin ovoz berish byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga ko’ra yangisiga almashtirilishi mumkin.

            Yashirin ovoz berish jarayoni tugallangandan keyin, foydalanilmagan, shuningdek buzib qo’yilgan yashirin ovoz berish byulletenlari ularga maxsus shtamp qo’yish yo’li bilan bekor qilinadi, shundan so’ng ular muhrlanadi va alohida saqlanadi.

            59-modda. Ovozlarni sanab chiqish sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish natijalari aniqlangunga qadar tanaffussiz amalga oshiriladi.

Saylov qutisidagi yashirin ovoz berish byulletenlariga asosan sanoq komissiyasi: ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning umumiy sonini; Senat a’zoligiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi.

            Ovoz beruvchilar tomonidan saylov byulleteniga qo’shimcha yozib qo’yilgan fuqorolarning familiyalari bo’yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Belgilanmagan namunadagi yashirin ovoz berish byulletenlari, ovoz berish vaqtida bitta ham kvadratga belgi-krestik qo’yilmagan byulletenlar, shuningdek old tomonida muhr va sanoq komissiyasi a’zolarining imzosi bo’lmagan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi.

            Ovoz berish natijalariga ko’ra ovoz berishda qatnashgan deputatlar ovozining ellik foizidan ortig’ini olgan Senat a’zoligiga nomzodlar saylangan deb hisoblanadi.

            Yashirin ovoz berish natijalari bo’yicha bayonnoma tuzilib, u sanoq komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning qalamda to’ldirilishiga va unga biron-bir tuzatish kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Sanoq komissiyasi raisining ma’ruzasi bo’yicha deputatlarning qo’shma majlisida yashirin ovoz berish natijalarini tasdiqlash to’g’risida qaror qabul qilinib, u deputatlar qo’shma majlisining Senat a’zolari saylovining yakunlari to’g’risidagi bayonnomasida aks ettiriladi.

            Deputatlar qo’shma majlisining Senat a’zolari saylovining yakunlari to’g’risidagi bayonnomasi ikki nusxada tuzilib, raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

Bayonnomaning qalamda to’ldirilishiga va unga biron-bir tuzatish kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.

            Agar ovoz berishda yashirin ovoz berish byulleteniga kiritilgan nomzodlardan kimdir saylanmagan bo’lsa, bo’sh qolgan o’rinlarga Senat a’zolarini qo’shimcha saylash uchun yangi saylov tayinlanadi.

            Senat a’zolarini qo’shimcha saylash bo’yicha qo’shma majlis asosiy saylov o’tkazilganidan so’ng ikki kun ichida o’tkaziladi. Qo’shma majlisni o’tkazish vaqti, joyi va kuni qo’shma majlis qarori bilan belgilanadi.

            60-modda. Saylangan Senat a’zolarini ro’yxatdan o’tkazish uchun deputatlar qo’shma majlisining Senat a’zolari saylovining yakunlari to’g’risidagi bayonnomasi ikki kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.

Deputatlar qo’shma majlisining Senat a’zolari saylovining yakunlari to’g’risidagi bayonnomasining ikkinchi nusxasi va Senat a’zolari saylovini o’tkazish bilan bog’liq boshqa hujjatlar tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari arxivlarida saqlanadi.

 

“VII1-bob Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitish tartibi

 

            601-modda. Viloyat hokimining viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti (bundan buyon matnda Hokim hisoboti deb yuritiladi) har yili tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashining viloyat, tuman, shaharning o’tgan yildagi ijtimoiy-nqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida eshitiladi. Mazkur majlis viloyatda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi o’tkazilganidan keyin o’n kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatda tegishli majlislar o’tkazilganidan keyin o’n kundan kechiktirmay o’tkaziladi.

            Sessiyani o’tkazish, masalalarni ko’rib chiqish va qarorlarni qabul qilish tartibi ushbu bobning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ushbu Namunaviy reglamentning II-IV-boblari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

            602-modda. Hokimning hisobotini eshitish yuzasidan sessiyalarni chaqirish to’g’risidagi qaror hokim o’rinbosarlaridan biri tomonidan qabul qilinadi.

            603-modda. Hokimlik apparatining tegishli tarkibiy bo’linmasi hokimning hisobotiga doir materiallarni hokim hisobotini eshitishga o’n kun qolgunga qadar xalq deputatlari viloyat Kengashining hisobotda bayon qilingan masalalar vakolat doirasiga kiritilgan doimiy komissiyasiga (bundan buyon matnda mas’ul doimiy komissiya deb yuritiladi) takdim etadi.

            604-modda. Hisobotda hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan:

            hudud iqtisodiyotining barqaror o’sishini, uning tarmoqlari rivojlanishini ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, chet el investitsiyalarini jalb qilish, eksport hajmini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

            qonun hujjatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim davlat dasturlari va hududiy dasturlarni bajarish;

            ijtimoiy sohani rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta’lim hamda sog’liqni saqlash sifatini yaxshilash, tegishli viloyat, tuman va shaharning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishiga oid boshqa masalalarni hal qilish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

            605-modda. Hokim hisoboti bo’yicha xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori loyihasi yuzasidan nuqtai nazarni shakllantirish va takliflar olish maqsadida hokimning hisobotiga doir materiallar olingan kuni mas’ul doimiy komissiya tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhlarining vakillariga va xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlariga yuboriladi.

            606-modda. Hokim hisobotini eshitish to’g’risidagi masalani tayyorlash va sessiya muhokamasiga kiritish mas’ul doimiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat bo’lganda mas’ul doimiy komissiya hokim hisobotini eshitish to’g’risidagi masalani atroflicha tayyorlash uchun boshka doimiy komissiyalarni ham jalb etishi mumkin.

            607-modda. Hokim hisoboti bo’yicha materiallarni umumlashtirish uchun mas’ul doimiy komissiya tomonidan tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etiladi.

            Hokim hisobotiga doir materiallarni umumlashtirish natijalari bo’yicha mas’ul doimiy komissiya tomonidan tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi partiya guruhlarining fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda doimiy komissiya xulosasi va xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori loyihasi tayyorlanadi.

            608-modda. Hokimning hisobotini eshitishda xalq deputatlari viloyat Kengashining raqobatlashayotgan partiya guruhlari rahbarlaridan biri sessiyaga raislik qiladi.

            609-modda. Hokimning hisobotini eshitish uchun ma’ruzachi bilan kelishilgan holda kamida 30 daqiqa beriladi.

            Hokimning hisoboti bo’yicha mas’ul doimiy komissiya xulosasining mazmunini va xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori loyihasini asosiy qoidalarini bayon etish maqsadida mas’ul doimiy komissiyaning raisiga
15 daqiqagacha vaqt beriladi.

            Partiya guruhlari vakillariga va tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlariga ma’ruzachiga savol berishi uchun 3 daqiqagacha va hisobot bo’yicha muzokaralar uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi.

            6010-modda. Viloyat hokimining hisobotini eshitishga viloyatdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo’linmalarining rahbarlari taklif etiladi.

            Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat hokimi yoki uning o’rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo’linmalarining rahbarlari taklif etiladi.

            Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.

            6011-modda. Viloyat hokimining hisobotini muhokama qilish O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan xolda amalga oshiriladi.    Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

            6012-modda. Viloyat hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari bo’yicha, shuningdek doimiy komissiya xulosasi va partiya guruhlari fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori qabul qilinadi. Qarorda viloyat hokimi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

            6013-modda. Hokimning hisoboti bo’yicha qarorning ijro etilishini nazorat qilish mas’ul doimiy komissiyaning zimmasiga yuklatiladi.

            6014-modda. Hokimning hisoboti bo’yicha xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori va hokimning hisoboti mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlarida hamda veb-saytlarida e’lon qilinishi shart.

            6015-modda. Mas’ul doimiy komissiya hokimning hisoboti bo’yicha xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori ijro etilishini monitoring qiladi va qarorda belgilangan muddatlarda xalq deputatlari viloyat Kengashini xabardor qiladi”.

 

VSh bob. Doimiy va muvaqqat komissiyalar

 

            61-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyaga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash uchun o’z vakolatlari muddatiga jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatuvchi doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzishi hamda ular tarkibiga o’zgartishlar kiritishi mumkin.

Doimiy va muvaqqat komissiyalar raisligiga hamda a’zoligiga nomzodlar sessiyaga Kengash raisi tomonidan taqdim etiladi.

            Doimiy komissiya raisligiga nomzod bo’yicha ovoz berish alohida o’tkaziladi.
            Doimiy komissiyalar a’zoligiga nomzodlarni saylash nomzodlarning har birini alohida yoki komissiyaning butun tarkibni yalpi muhokama qilish yo’li bilan amalga oshirilsa, ovoz berishda qaror har bir nomzod bo’yicha yoki butun tarkib bo’yicha deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

            Doimiy va muvaqqat komissiyalar a’zolari tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari orasidan saylanadi.

            62-modda. Doimiy komissiyalar soni va tarkibi sessiyada belgilanadi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tarkibida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuzilishi mumkin:

            mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha;

            qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo’yicha;

            ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari  bo’yicha;

            yoshlar siyosati va sog’lom avlodni tarbiyalash masalalari bo’yicha;

            sanoat, transport, qurilish, kommunal xo’jaligi va aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha;

            agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya bo’yicha;

reglament va deputatlik odobi masalalari bo’yicha. 

Zarur hollarda Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan yangi doimiy komissiyalar tuzilishi, ilgari tashkil qilingan doimiy komissiyalar tugatilishi va qayta tashkil qilinishi, ularning tarkibiga o’zgartishlar kiritilishi mumkin.

Doimiy komissiyalar faoliyati Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan tasdiqlanadigan Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari to’g’risidagi nizom bilan tartibga solinadi.

            63-modda. Doimiy komissiyalar o’z majlislarida rais o’rinbosarlari va kotiblarni saylaydi. 

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputati faqat bitta doimiy komissiya a’zosi etib saylanishi mumkin. Doimiy komissiya tarkibiga kirmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.

Doimiy komissiyalar Xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida mas’ul va unga hisobdordirlar.

            64-modda. Doimiy komissiyalar o’z faoliyatini Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan tasdiqlanadigan yillik ish rejalari asosida amalga oshiradilar.

            Doimiy komissiyaning sessiyalar oralig’ida o’tkaziladigan majlislarida ish rejasiga tegishli o’zgartishlar kiritilishi mumkin, keyinchalik ular sessiya tasdig’iga kiritiladi.

            65-modda. Doimiy komissiyalar o’z faoliyatini majlis shaklida amalga oshiradi. 

            Doimiy komissiyalarning majlislari yilning har choragida kamida bir marta o’tkaziladi.

            Doimiy komissiyalarning qo’shma majlislari ular o’rtasidagi kelishuvga muvofiq o’tkaziladi.

            66-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi konkret vazifalarni bajarish uchun deputatlar orasidan muvaqqat komissiya tuzishi mumkin. 

            Muvaqqat komissiya tuzish to’g’risidagi qaror sessiyada qabul qilinadi. 

            Muvaqqat komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarganidan so’ng o’z faoliyatini tugatadi.

            Muvaqqat komissiyaning vazifalari Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan belgilanadi.

            67-modda. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning tegishli hududdagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va mansabdor shaxslar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga yuboriladigan qarorlari tavsiya xususiyatiga ega bo’ladi va ular tomonidan ko’rib chiqilib, ko’rib chiqish natijalari yoki ko’rilgan chora-tadbirlar haqida bir oylik muddatda xabar qilinishi shart.

 

IX bob. Deputatlik faoliyatini amalga oshirish shakllari

 

            68-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining har bir deputati sessiya, doimiy va muvaqqat komissiyalar ishida tashabbuskorlik va faollik bilan qatnashishi lozim. Deputat o’z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.

            69-modda. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga ko’rsatilgan deputatlar guruhga birlashishlari mumkin.

            Har bir deputatlar guruhi sessiya muhokamasiga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va ular yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega.

Deputatlar guruhi tuzish to’g’risidagi ariza va boshqa hujjatlar sessiyaga taqdim etiladi. Deputatlar guruhi o’z faoliyatini sessiyada deputatlar guruhini ro’yxatga olish to’g’risida qaror qabul qilinganidan so’ng boshlaydi.

            Deputatlar guruhi doimiy komissiyalar bilan o’zaro hamkorlikda ish olib boradi.

            70-modda. Partiya guruhlari siyosiy partiyalardan ko’rsatilgan deputatlar ta’sis yig’ilishlarida o’z partiyalarining siyosatini uyushgan holda o’tkazish uchun tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va ta’sis hujjatlariga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan ro’yxatga olinadi.
            Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:

            sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;

            sessiya kun tartibidagi har bir masala bo’yicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga kafolatlangan tarzda so’z berilishi;

            hokimga, hokim o’rinbosarlariga, hokimlikning bo’lim va boshqarmalari boshliqlariga, shuningdek tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlariga so’rovlar bilan murojaat etish;

            doimiy va muvaqqat komissiyalar raisligiga nomzodlar bo’yicha takliflar kiritish;

sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo’yicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish.

            viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi; 

            Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

            Partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xil xizmatlar ko’rsatish hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan ta’minlanadi.

            71-modda. Deputat:
            sessiya samarali ishlashiga ko’maklashishi, sessiya vaqtini tejashi, Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentiga rioya qilishi va sessiyada raislik qiluvchining talablarini bajarishi;

            faqat sessiyada raislik qiluvchining ruxsati bilangina so’zga chiqishi;

deputatlik odobi qoidalariga rioya qilishi;

            sessiyada ishtirok etishi va uning ishida faol qatnashishi;
o’zi tarkibiga saylangan doimiy yoki muvaqqat komissiyalar majlislarida ishtirok etishi;

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentida belgilangan tartibda ovoz berishda shaxsan ishtirok etishi shart.

            Deputat sessiyada, o’zi tarkibiga kirgan doimiy yoki muvaqqat komissiya majlisida ishtirok etish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, bu haqda Kengash raisi yoxud doimiy yoki muvaqqat komissiya raisiga oldindan xabar qilishi shart.

            72-modda. Deputat sessiyada ko’rib chiqilayotgan barcha masalalar bo’yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi. 

            Deputat:
            doimiy hamda muvaqqat komissiyalarga saylash va saylanishga;

            sessiyada ko’rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;

            sessiya kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko’rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;

            Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo’yicha fikr bildirishga;

muzokaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi, qo’shimcha ma’ruzchi va raislik qiluvchiga savollar berishga; 

            deputat so’rovi bilan murojaat etishga;

            o’z takliflarini asoslab berish uchun so’zga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;

            sessiyada raislik qiluvchiga sessiyada muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z nutqi, taklifi yoki mulohazasining matnini topshirishga;
tarkibiga o’zi kirgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi organining qaroriga qo’shilmagan taqdirda o’z nuqtai nazarini sessiyada bayon etishga yoki bu haqda Kengash rahbariga yozma ravishda ma’lum qilishga;

            Xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobdor bo’lgan yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini sessiyada eshitish to’g’risida taklif kiritishga;

            O’zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining bajarilishini tekshirish to’g’risida ko’rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;

            sessiya stenogrammasi bilan belgilangan tartibda tanishishga haqli.
Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

            73-modda. Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o’z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat so’rovi yuborishga haqli.

            Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so’roviga mazkur so’rov olingan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay javob yuborishlari shart.

            Sudlarning raislari, prokurorlar, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yo’llangan deputat so’rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo’lishi mumkin emas.

            Deputat so’rovlari bo’yicha axborot sessiyada yoki doimiy komissiyalar majlisida muhokama qilinishi mumkin.

            74-modda. Deputatni daxlsizlikdan mahrum qilish to’g’risidagi masala tegishli hudud prokurori yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan o’n kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan deputatni daxlsizlikdan mahrum qilish masalasi «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda hal etiladi.

            Deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo’llashga rozilik olish to’g’risidagi prokuror taqdimnomasi Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan sessiyada ko’rib chiqiladi, sessiyalar oralig’idagi davrda esa Xalq deputatlari viloyat Kengashining rahbari tomonidan yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan ko’rib chiqilib, qabul qilingan qaror keyinchalik tegishli Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatni daxlsizlikdan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatni daxlsizlikdan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo’ladigan holat hisoblanadi.

            Agar deputat o’zi Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputati bo’lgan viloyat, tuman yoki shahar hududidan tashqarida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo’lsa, deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo’llashga rozilik olish talab qilinmaydi.

            75-modda. Deputat odob qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Deputatning o’z maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon etkazadigan tarzda foydalanishiga yo’l qo’yilmaydi.

            Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori to’g’risidagi masala Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan yoki uning topshirig’iga ko’ra doimiy komissiya tomonidan ko’rib chiqilishi mumkin.

 

X bob. Yakunlovchi qoidalar

 

            76-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqacha xizmat ko’rsatish hokimlikning tegishli apparati tomonidan ta’minlanadi.

            77-modda. Tegishli hokimliklar deputatni hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari, shuningdek deputatlik faoliyati bilan bog’liq masalalar bo’yicha mutaxassislarning maslahatlari bilan ta’minlaydi.

            Deputatga texnik vositalar, aloqa vositalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi.

            78-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamenti, unga kiritiladigan o’zgartish va qo’shimchalar Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.

            Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi takliflar doimiy komissiyalar, partiya guruhlari, deputatlar tomonidan kiritilishi mumkin va sessiya kun tartibi loyihasiga kiritiladi hamda birinchi navbatda ko’rib chiqiladi.

            79-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining reglamentida nazarda tutilmagan Xalq deputatlari viloyat Kengashi faoliyatiga doir masalalarni sessiyada ko’rib chiqish tartib-taomillari sessiyada deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan e’tiboran amal qiladi.

 

53.59 KB