Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Avgust 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

.

.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Sifatli ta’lim-tarbiya farzandlarimiz kamolotini belgilaydi

×

 2018-02-12 16:40:15    267

PDF yuklash
Chop etish


Bu borada nodavlat ta’lim sektorini rivojlantirishning ahamiyati katta.

Farg‘ona shahridagi “Erkin Parvoz Nuri Oltin” xususiy firmasi muassisligidagi “Happy kids academy” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar uchun yaratilgan qator qulaylik va imkoniyatlarda viloyatimizda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifati zamonaviy talablar darajasiga olib chiqilayotgani o‘z aksini topadi. Muassasa 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 75 nafar 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olingan. Kichik, o‘rta, katta, maktabga tayyorlov singari 6 ta guruhda tarbiyalanuvchilar rus, ingliz va fransuz tillarida saboqlar olishadi. Qo‘l mehnati, shaxmat-shashka, musiqa, xoreografiya, xorijiy tillar, jismoniy tarbiya to‘garaklarida bolalarning ma’nan va jismonan chiniqishlari, bilimli va zukko bo‘lib tarbiyalanishlari uchun sharoitlar etarli.

Maktabga tayyorlov guruhlarida darslar zamonaviy ta’lim me’yorlari asosida yo‘lga qo‘yilganligi, ayniqsa, ularda mental arifmetikaning puxta o‘rgatilishi ertaga dunyo yoshlari bilan bemalol bellasha oladigan malakali kadrlar bugundan, ta’limning ilk bosqichidan boshlab tarbiyalanayotganini ko‘rsatadi.

Musiqa, umumiy ovqatlanish zali, mini futbol maydonchasi, yozgi amfiteatr, zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan o‘yingoh, filtrli suzish havzasi, ayvonchalar, shuningdek, fitobar, jonli burchak jajji o‘g‘il-qizlarning ma’naviy va jismoniy kamolotiga xizmat qilmoqda. Muassasa yo‘laklari, har bir guruh xonalariga maxsus kuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Bu esa ota-onalarga ijtimoiy tarmoq orqali bolalarining qanday mashg‘ulot bilan bandligini kuzatish imkoniyatini berayotir.

-Tarbiyalanuvchilarimizning har birida alohida iqtidor bor, biz ularning ana shu iqtidori, qiziqishlariga qarab ham puxta ta’limga yo‘naltiramiz, – deydi muassasa mudirasi Tatyana Grishko. – Bolalarning har tomonlama mukammal ta’lim-tarbiya olishlari uchun Natalya Garina, Oksana Suxenko, Saida Hamdamova singari    yuqori malakali tarbiyachilar izchil dastur va zamonaviy texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar olib borishadi. Davlatimiz rahbarining respublikamizda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarori bizga katta kuch berdi, faoliyatimizni yanada kengaytirishning yangi istiqbollarini ochib berdi.

 

Dilnavoz QO‘LDOSHEVA,

“Farg‘ona haqiqati” muxbiri.

Muqimjon QODIROV olgan surat.