Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘ttiz besh yil maktabda

×

 2018-10-03 19:53:54    259

PDF yuklash
Chop etish


Beshariq tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sapura Nishonova 17 yildan buyon shu jamoaga rahbar, ustozning bevosita maktab bilan bog‘liq mehnat faoliyati 35 yilni tashkil etadi. O‘tgan yillar davomida tuman, viloyat va respublika miqyosida o‘tkazilgan turli ko‘rik-tanlovlar g‘olibi. Bugungi kunda 1222 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya oladigan bilim dargohidagi 95 nafar o‘qituvchilarning 15 nafariga bevosita Sapura Nishonovaning o‘zi ustoz bo‘lgan.

Bugungi kunda ushbu oila tumanda o‘qituvchilar sulolasi sifatida katta hurmat-e’tiborga ega. Sapura Nishonovaning onasi, ayni paytda 80 yoshli tabarruk inson Enaxon aya Dehqonovani Beshariq tumanida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan o‘qituvchi sifatida e’zozlashadi.

Hozirda Sapura ustozning qizi Gulchehra Ortiqova tumandagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktor o‘rinbosari. O‘g‘li O‘rmonjon Xolyigitov esa 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi. Umuman olganda, ayni paytda mazkur sulola vakillaridan o‘n nafardan ziyodi shu kasbda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida yana uch nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lishdi.

-  O‘qituvchilik – ijodkorlikdir! – deydi tajribali ustoz S. Nishonova. – Boisi boladagi iste’dodni kashf etish uchun o‘qituvchida ijodkorlik qobiliyati bo‘lishi zarur. Agar o‘g‘il-qizlarimizning iqtidorini o‘z vaqtida aniq maqsad sari yo‘naltira olsak, u kelajakda albatta jamiyatimiz uchun katta manfaat etkazadigan shaxs sifatida kamolga etadi.

Sapura muallim yillar mobaynida o‘z xonadonida tashkil etilgan kutubxona fondini boyitib bormoqda. Bolajon ustozning nazarida farzandlar uchun eng yaxshi sovg‘a – kitobdir. Bugungi kunda mazkur kutubxonadan oila a’zolari unumli foydalanib kelishmoqda. Bu oilada kitobxonlik eng yaxshi an’anaga aylangan.

Aynan ijodiy yondashuv va jamoadagi samimiy muhit tufayli ta’lim dargohi bugungi kunda barcha sohalar bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablar o‘rtasida eng oldingi qatorlarda e’tirof etiladi.

Fan o‘qituvchilari Dilfuza Rahimova, Nasiba Qodirova, Davlatjon Xolbekovlarning o‘quvchilari muntazam ravishda bilimlar bellashuvlari, fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosiqchilari g‘olibi bo‘lib kelishmoqda. Birgina o‘tgan o‘quv yilining o‘zida tarix fanidan Asadbek G‘aniev viloyatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Fizika fani bo‘yicha Obid Boltaboev viloyat bosqichida kuchli oltilikka kirishiga muvaffaq bo‘ldi.

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan har yili mehnat faxriylarini yo‘qlab, sovg‘alar ulashish, maktabda katta bayram tadbiri uyushtirish ezgu an’anaga aylanib qolgan. Zero, ustozlarning samimiy mehri, farzandlar kelajagi yo‘lidagi ta’lim-tarbiyasi hech qachon unutilmaydi.

Botir MADIYOROV.

Suratni Sherzod QORABOEV olgan.