Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xalq deputatlari So‘x tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi

×

 2018-02-08 17:05:03    436

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Unda viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G‘aniev ishtirok etib, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularning echimi haqida ma’ruza qildi.

Qayd etilganidek, tumanni 2017 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 69 ta loyiha amalga oshirilib, ushbu loyihalarga 8 milliard 174 million so‘m mablag‘ sarflandi va qariyb 500 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Xususan, sanoat salohiyatini oshirish Dasturi doirasida 21 ta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturi bo‘yicha 30 ta, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash Dasturi doirasida 18 ta loyihalar amalga oshirildi. Tumandagi tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga 8,6 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratib berildi. Sanoat korxonalari eksport imkoniyatlarini o‘rganib chiqish, eksport shartnomalarini tuzishga yordamlashish borasida olib borilgan ishlar natijasida o‘tgan yili tumanda 1,2 mln AQSH dollarilik eksport amalga oshirildi va avvalgi yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 108,9 foizga o‘sishi ta’minlandi.

Viloyat rahbari So‘x tumanini har tomonlama rivojlantirish doimo e’tiborda ekanligi, joriy yilda ham tumanda 893 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradigan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotganini ta’kidladi. SHuningdek, bu yil tumanda 30 ta yangilangan namunaviy loyihalar asosida uylar qurilishi, kerak bo‘lsa, bunday uylar sonini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari ko‘rilayotganligini aytib o‘tdi.

Sessiyada Tavakkal Raximovni boshqa ishga o‘tganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish, Farrux Usarovni So‘x tumani hokimi vazifasiga tayinlash to‘g‘risida viloyat hokimining qarorlari xalq deputatlari So‘x tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Muzokaralarda so‘zga chiqqan “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘linmasi raisi Erkinjon Sulaymonov bundan buyon tumanning yangi hokimi atrofida o‘zaro jipslashib, yanada g‘ayrat va shijoat bilan mehnat qilishga so‘xliklar nomidan va’da berdi.

Sessiyada tuman faollari tomonidan eng muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

 

Ahmadali TESHABOEV.