Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGI FARG’ONADA KATTA TANTANAGA AYLANDI

×

 2021-02-09 21:15:53    105

PDF yuklash
Chop etish



Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi tantanalari Farg’onada ham katta bayramga aylanib ketdi.

Erta tongdan Farg’ona shahridagi Alisher Navoiy poyiga gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi. Ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, adabiyotshunos olimlar va talabalar yig’ilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Viloyat hokimi yig’ilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutlar ekan, o’z so’zida turkiy til mavqeini ko’tarishga, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga, ilm-ma'rifatni rivojlantirishga bag’ishlagan ulug’ bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma'naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to’xtalib o’tdi.

“Hozirda vazirlar, hokimlar oldiga aholi turmush farovonligini oshirish, insonlarning og’irini yengil qilish bo’yicha qo’yilayotgan talablarni Alisher Navoiy o’sha davrlarda ham eng yuqori darajada ado eta olganini qayd etish mumkin”, deb ta'kidlagan Xayrullo Bozorov, buyuk shoirning “Insonlarning eng yaxshisi – insonlarga foydasi tegadiganidir” mazmunidagi

“Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur? 

Eshitib, ayla shubha raf' andin.

Yaxshiroq bil ani ulus arokim,

Etsa ko’proq ulusga naf' andin” misralarini tilga olib, Alisher Navoiy asarlaridagi xalqparvarlik hamda ezgu amal g’oyalari bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonlaridan amalga oshirilayotgan xalqchil siyosatga, inson manfaatlarining, xalq bilan muloqotning mamlakatimizda eng oliy maqsadga aylanganiga to’la hamohang ekanini qayd etdi.

Viloyatdagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari o’zlarining Alisher Navoiyga bag’ishlangan she'rlarini yig’ilganlar e'tiboriga havola etishdi.

Viloyat hokimi hamda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yib, hurmat bajo keltirishdi. 

Navoiy tavalludining 580 yilligi bilan bog’liq tadbirlar viloyat teatr va kontsert saroyida kontsert dasturi va mushoira bilan davom etdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube