Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 219 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOY KOMPANIYASI FARG’ONA VILOYATIDA YIRIK QUYOSH ELEKTR STANTSIYASINI BARPO ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2021-06-02 18:45:59    157

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona viloyatida yirik quyosh elektr stantsiyasini barpo etishni rejalashtirayotgan Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Kompaniya boshqaruv kengashi raisi o’rinbosari Chjan Tszinmin, Loyihalar departamenti rahbari Syao Chunxun hamda O’zbekiston filiali direktori Chjou Junkan bilan bo’lgan muloqot chog’ida Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyat hududida loyiha tahminiy qiymati 700 million AQSh dollariga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo’lgan yirik quyosh elektr stantsiyasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi. Dunyoda an'anaviy energiya resurslari cheklangan bugungi sharoitda va kelajakda ushbu loyihaning Farg’ona viloyati uchun muhim o’rin tutishi qayd etildi.

Bir necha oydan beri davom etayotgan muzokaralar yakuniy bosqichga o’tgani, viloyat hokimligi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun taqdim etilgan yer maydonlari hududida so’nggi texnik tadqiqotlar o’tkazilayotgani ma'lum qilindi. Yaqin kunlarda ushbu ishlar yakunlanib, loyihaning aniq quvvati hamda qiymati belgilanadi. Ortidan O’zbekiston Energetika vazirligi, viloyat hokimligi hamda Liaoning Lide kompaniyasi o’rtasida memorandum imzolanishi reja qilingan.

Hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”, Frantsiyaning “Total Eren” kompaniyalari tomonidan Navoiy va Samarqandda har birining quvvati 100 megavatt bo’lgan quyosh fotoelektr stantsiyalari qurishga kirishilganini aytib o’tgan viloyat hokimi, Farg’onada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihada ham kilovatt-soat elektr energiyasi narxi “Masdar” va “Total Eren” tomonidan taklif etilgan tariflar atrofida bo’lishi kerakligiga e'tibor qaratdi.

Xitoylik mehmonlar, Farg’ona vodiysidagi qayta tiklanadigan energetikaning birinchi loyihasi uchun bank kreditlari emas, to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar jalb etish rejalashtirilganini ma'lum qilib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yil muddatda sotib olishi uchun “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga eng maqbul tariflarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube