Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA 400 MINGDAN ZIYOD AHOLINING ICHIMLIK SUV TA'MINOTI YAXSHILANADI

×

 2021-07-10 10:31:31    135

PDF yuklash
Chop etish


“Farg’ona suv ta'minoti" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Farg’ona viloyatida 2017 - 2021 yillarda Ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida” matbuot anjumani o’tkazildi. 

Unda respublikada hamda Farg’ona viloyatida faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.

Mazkur matbuot anjumanida “Farg’ona suv ta'minoti” MChJ rahbari Murodjon Yuldashev tomonidan sohada yig’ilib qolgan ko’p yillik tizimli muammolarni bartaraf etish, ichimlik suv ta'minoti va oqava suv xizmatini rivojlantirish va takomillashtirish, aholining kundalik turmush faoliyatida muhim bo’lgan kommunal xizmatlar ko’rsatish tizimini yaxshilash yo’nalishida jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida ma'lumotlar berildi.

Hususan, 2021 yilda Farg’onada davlat dasturlari doirasida 132 ta ichimlik suv qudug’ini ishga tushurish, 738.6 km ichimlik suv tarmog’i, 46 km oqava suv tarmog’i qurish, 6 dona suv saqlash hovuzini ishga tushirish va 80 dona suv minorasini hamda 106 dona suv nasosini o’rnatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bu o’z navbatida viloyatimizda 400 mingdan ortiq aholining ichimlik suv ta'minoti yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ushbu yo’nalishda o’zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olishdi.

"Farg’ona suv ta'minoti" MChJ axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube