Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Yozyovon tumanidagi “Hunarmandlar markazi”ni davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish loyihasi yuzasidan boshqa talabgorlarga mazkur loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

 2021-08-18 19:24:50    83

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi “Hunarmandlar markazi”ni davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish loyihasi yuzasidan boshqa talabgorlarga mazkur loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish taklifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari buyicha 7-sonli bayonining 53-bandida, 2021 yilning may oyiga qadar mahalliy byudjet mablag‘lari  hisobidan barcha tumanlarda xunarmandchilik markazlarini tashkil etish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyuldagi PQ-5178-sonli qarori 10-bandida Farg‘ona viloyati hokimligi va tadbirkorlik sub’yektlarining davlat-xususiy sheriklik asosida Farg‘ona viloyatining 13 ta tumanlarida Ipakchilik-hunarmandchilik markazlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Qarorning 1-ilovasi bilan hunarmandchilik asosida qo‘lda shoyi matolar, shu jumladan a’lo baxmal to‘qish hajmini oshirish va to‘qilgan matolarni respublikada keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi O‘RQ-537-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-sonli qaroriga asosan “Marg’ilon ABR Matolar” ishlab chiqarish koopertivi tomonidan Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi “Hunarmandlar markazi” faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi “Hunarmandlar markazi”da ilg‘or boshqaruv va xususiy sherik tajribasini joriy etgan holda 300 nafar hotin-qizlarni bandligini ta’minlash orqali hunarmandchilik asosida qo‘lda shoyi matolar, shu jumladan a’lo baxmal to‘qish hajmi yiliga 18100 metr ishlab chiqarishga erishish va realizasiya qilishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi O‘RQ-537-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklki loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Farg‘ona viloyati hokimligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida hokimlikning hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli.

Loyiha konsepsiyasi.

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tendrlarni (Takliflarni) 2021 yil 26 sentyabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 gacha topshirilishi kerak
Qiziqish bildirish uchun so‘rov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi:
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasi 15 uy (Farg‘ona viloyat hokimligi info@ferghana.uz).
“DXSH to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda, Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.