Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA BOLALARNI POLIOMIYELITGA QARSHI EMLASH BOSHLANDI

×

 2021-09-21 09:47:15    145

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda milliy emlash jadvaliga kiritilgan 13 turdagi yuqumli kasallikka qarshi vaktsinalar orasida poliomiyelitga qarshi vaktsina ham bor. Ayni paytda yurtimizda poliomiyelitga qarshi aralash immunizatsiya, ya'ni tomchi orqali hamda inektsion usulda amalga oshiriladi. Vaktsina besh marta: bolalarning 2, 3, 4, 16 oyligida va yetti yoshida qo’llaniladi. Bolalar 4 oyligida ham tomchi orqali, ham in'ektsion tarzda emlanadi.

Jumladan, 20 sentyabr kunidan boshlab, viloyatimizdagi 4-5 yoshdagi bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash jarayoniga kirishildi. Bu jarayonda viloyatimizdagi 120 ming 400 nafar bolalar qamrab olinadi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining rasmiy ma'lumotiga ko’ra, bizga qo’shni bo’lgan Afg’oniston va Tojikiston respublikasida joriy yil sentyabr oyida 31 ta holatda poliomiyelit virusining 2-tipi aniqlangan. Shu bois COVID-19 ga pandemiya davri bo’lishiga qaramasdan, yovvoyi poliovirusning kirib kelish va tarqalishining oldini olish borasida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

–IPV vaktsinasi bilan poliomiyelitga qarshi emlash 20 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar o’tkaziladi,-deydi viloyat sanitariya –epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’lim boshlig’i Anvarjon Yarulin. – Ayni kunda ehtiyojga yarasha vaktsina, shpritslar taqsimlanib, emlash punktlariga yetkazib berildi. Bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashdan oldin albatta vrach ko’rigi tashkil etilyapti. Emlashdan keyin 3 kun davomida patronaj kuzatuvida bo’ladi. Bundan tashqari, profilaktik emlashning bolalar salomatligida tutgan o’rni va ahamiyati yuzasidan targ’ibot – tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Manba: @seo_fargona


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube