Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 166 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’XDA BARPO ETILAYOTGAN YANGI AEROPORTDA QURILISH ISHLARI YAKUNLANDI. YAQIN KUNLARDA SINOV UCHISHLARI AMALGA OSHIRILADI

×

 2021-10-16 09:17:06    220

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, So’x tumaniga tashrifi doirasida tumanda qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroport bilan tanishdi.

So’x tumanining Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida jadal sur'atlar bilan barpo etilgan aerodrom maydoni yetti gektar bo’lib, uzunligi yetti yuz metrni tashkil etadi. 

Qurilish ishlari uchun davlat byudjetidan olti milliard sakkiz yuz million so’m mablag’ ajratilib, uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish shaxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini o’zida qamrab oladigan zamonaviy majmua tashkil etilmoqda. Yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Aeroport qurilishi 2020 yil 8 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg’ona viloyatining So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Viloyat hokimi aeroport uchish yo’laklari, kutish va xizmat ko’rsatish zalida amalga oshirilgan ishlarni ko’zdan kechirdi. So’nggi ishlarni yakuniga yetkazishni tezlashtirish bo’yicha tegishli ko’rsatlmalar berdi. 

Xayrullo Bozorov shu yerning o’zida viloyat hududiy elektr tarmoqlari, Farg’ona suv ta'minoti, viloyat Hududgaz ta'minoti korxonalari, viloyat avtomobil yo’llari hududiy boshqarmasi hamda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida tumanda ushbu sohalarda joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlarning borishi yuzasidan muhokama o’tkazdi. Mas'ullarga o’z yo’nalishlarida belgilangan vazifalarni muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan qat'iy topshiriq berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube