Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA DASTLABKI ELEKTROMOBILLAR JORIY YILNING DEKABR OYIDA TEST REJIMIDA ISHLAB CHIQARILADI

×

 2021-10-19 10:09:47    358

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona shahrida elektromobillar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirayotgan “Central Asia Motors” korxonasida bo’lib, korxonani ishga tushirish bilan bog’liq jarayonlar bilan tanishdi.

Farg’ona mexanika zavodi hududida joylashgan ushbu korxonada umumiy qiymati 50 million dollar bo’lgan “Elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillar ishlab chiqarish” loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda.

Ushbu mablag’ning 5 million dollari tadbirkorning o’z mablag’lari, yana 5 million dollari bank krediti bo’lsa, qolgan 40 million dollari to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya hisoblanadi.

Bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan va 2022 yilda yakunlanadigan loyiha natijasida 350 tadan ortiq yangi ish o’rni yaratiladi. To’la quvvati bilan ishga tushgach, korxonada yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqariladi. 

Viloyat hokimi bilan muloqot chog’ida korxona rahbari loyihaning bugungi holati haqida ma'lumot berdi. Joriy yilning dekabr oyida 4 ta yengil va 8 ta yuk elektromobillari test rejimida yangi korxona konveyerlaridan chiqadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda elektromobillarni quvvatlantirish shaxobchalari ommalashmaganini hisobga olgan holda, dastlabki bosqichda gibrid quvvatli (tok va benzin) elektromobillar ishlab chiqarilib, bunda elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli ishga tushadi hamda benzin bilan ishlash jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi.

Hozirda elektromobillarni yig’ish va test uskunalaridan o’tkazish tsexi hamda elektroforez va bo’yash tsexi ishlab chiqarish jarayonlariga tayyor bo’lib, elektromobillarning kuzov qismini payvandlash uchun tsex tashkil etishga qo’shimcha ishlab chiqarish maydoniga ehtiyoj borligi masalasi viloyat hokimiga bildirildi.

Viloyat rahbari, mexanika zavodi hududidagi bo’sh turgan maydonlardan ushbu investitsion loyihani yakunlash uchun belgilangan tartibda joy ajratib berish bo’yicha tegishli mas'ullarga topshiriq berdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube