Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA MAHALLA AYOLLARI TAYYORLAYOTGAN QO’G’IRCHOQLAR “AMAZON” ONLAYN SAVDO PLATFORMASIDA SOTILMOQDA

×

 2021-12-14 15:04:17    128

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona tumanidagi o’rganishlar doirasida “Sadosh” brendi ostida qo’g’irchoqlar tayyorlashni yo’lga qo’ygan tadbirkor Sadoqatxon Mirzayeva faoliyati bilan tanishdi.

Kashtachilik, quroqchilik, qo’g’irchoq va o’yinchoqlar to’qish sir-sinoatlarini yaxshi egallagan Sadoqatxon Mirzayeva mahalladagi ishsiz ayollarni ham jalb qilgan holda qo’l mehnati bilan qo’g’irchoq tayyorlashga kirishganiga ko’p bo’lgani yo’q. Biroq hozirdanoq mahsulotlarga xorijda ham katta talab paydo bo’lib, “Amazon” xalqaro onlayn savdo platformasida kunlik 3-4 ming dona qo’g’irchoq sotilmoqda. Tadbirkor tomonidan qo’g’irchoqlarni qo’shni respublikalar, BAA, AQSh davlatlariga eksport qilish ham rejalashtirilgan. Buning uchun 2022 yilning birinchi choragida qiymati 1 mlrd. so’m bo’lgan loyiha amalga oshirilib, qishloqda kooperatsiya tashkil etiladi va 250 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi. Kooperatsiyaning yillik ishlab chiqarish hajmi 3 mlrd. so’mga yetishi ko’zda tutilgan. 

Tadbirkor kuni kecha Shohimardonsoy MFYdagi bo’sh turgan binoda ish boshladi va kooperatsiya faoliyatini yo’lga qo’yish uchun bu dastlabki qadam bo’ldi. Bu yerda milliy hamda zamonaviy uslubda kashtachilik, quroqchilik, qo’g’irchoq va o’yinchoqlar to’qish yo’lga qo’yilmoqda. Ekoturuzm rivojlantiriladi. Ayni kunda 30 nafar xotin-qizlar bandligi ta'minlandi. E'tiborlisi, ustoz-shogird an'analari asosida yiliga 400 nafar ayol-qizlar hunarmand-usta bo’lib yetishishadi.

Viloyat hokimi bilan muloqotda tadbirkor 1 mlrd. so’m subsidiya olishda ko’mak so’radi. Masalani ijobiy hal qilish uchun mutasaddilarga topshiriq berildi. 

Keyingi manzilda “Rivoj 98” xususiy korxonasi tomonidan qurilgan yangi mehmonxona bilan tanishildi.

Tadbirkor Muhamadali Mamadaliyev 5 qavatli mehmonxona qurilishiga 5 mlrd. so’m mablag’ sarfladi. 100 o’ringa mo’ljallangan mehmonxona 2 oy ichida ishga tushishi rejalashtirilgan.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube