Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA UY-JOY SHAROITINI YAXSHILASHGA MUHTOJ 184 NAFAR XOTIN-QIZLARGA IMTIYOZLI UY-JOYLAR OLISH UCHUN SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

×

 2021-12-29 21:37:53    128

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuasida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo’yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlang’ich badal to’lab berish uchun sertifikatlarni topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Yangi yil bayrami oldidan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari – mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Bahodir Xoliqov, shahar-tumanlar hokimliklari mas'ul xodimlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimining o’rinbosari Bahodir Xoliqov yig’ilganlarni viloyat hokimligi nomidan yangi yil bayrami bilan tabriklab, Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga olib chiqilganligini aytib o’tdi.

Davlatimiz rahbarining og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslar, nogironligi bo’lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to’liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qarorlari doirasida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlash maqsadida Farg’ona viloyati mahalliy byudjetiga 15 milliard so’m mablag’ ajratilganligi haqida ma'lumot berildi.

Hozirda sertifikatlar topshirilgan 2-3 xonali xonadon egalari uy-joylarining boshlang’ich to’lovlari to’lab berilgani ma'lum qilindi.

Shundan so’ng viloyatimizning shahar va tumanlaridagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan 184 nafar xotin-qizlarga “Yangi yilda yangi uylar bilan” shiori ostida subsidiya asosida imtiyozli uy-joylar olish uchun sertifikatlari tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan ko’plab xotin-qizlarning sevinchdan ko’zlari yoshlandi. Kimlardir o’zi va farzandlari bilan bir hovlida bir nechta oila bilan yillar davomida qiynalib yashab kelganligini aytsa, yana bir guruh ayollar ijara uylarda ko’p muammolarga duch kelganliklarini so’zlab bunday e'tibor va g’amxo’rlik uchun davlatimiz rahbariga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan san'atkorlar, raqs jamoalari ishtirokidagi kontsert dasturi esa yuqori kayfiyatga hamohanglik kasb etib o’yin-kulgu va raqslarga ulanib ketdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube