Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANA BIR “MEHRIBONLIK UYI” TARBIYALANUVCHISIGA YANGI UY-JOY KALITI TOPSHIRILDI: 2021 YILDA FARG’ONADA YETIM VA OTA-ONA QARAMOG’IDAN MAHRUM BO’LGAN 29 NAFAR BOLAGA KVARTIRALAR AJRATILDI

×

 2022-01-10 18:02:46    106

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustda qabul qilingan “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatimizda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 7 yanvar kuni Marg’ilon shahar 1-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Mo’minjon Shermatovga Farg’ona shahri hududidan taqdim etilgan 1 xonali kvartira kaliti topshirildi. Ushbu kvartira viloyat hokimligi tomonidan ajratilgan 134 million 700 ming so’m mablag’ evaziga xarid qilindi.

Tadbirda Marg’ilon shahar hokimligi, Milliy gvardiyaning viloyat bo’yicha boshqarmasi mas'ullari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

Hozirda Qurolli Kuchlar Akademiyasi 4-bosqich talabasi bo’lgan Mo’minjon Shermatov e'tibor va g’amxo’rlik uchun o’z minnatdorchiligini izhor qildi.

Yuqoridagi qaror ijrosi doirasida 2021 yilda viloyatimiz bo’yicha jami 29 nafar yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolaga uy-joylar ajratildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube