Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BESHARIQDA JORIY YILDA 6 TA YANGI TIBBIYOT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILADI

×

 2022-01-23 09:15:57    99

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanidagi o’rganishlari davomida “Yangi Xayot” MFYda aholiga ko’rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi loyihalar bilan tanishdi.

“Pokiza” xususiy korxonasi rahbari, tadbirkor Feruza Kattaxo’jayeva umumiy qiymati 7 mlrd. so’mlik tibbiyot markazi loyihasi haqida ma'lumot berdi. Joriy yilda faoliyat boshlashi rejalashtirilgan 100 o’rinli ushbu tibbiyot muassasasida 20 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Shuningdek, viloyat rahbari Boy MFYda bo’sh turgan binoda tashkil etiladigan, qiymati 5 mlrd. so’mlik bolalar poliklinikasi hamda “Vretebra med” MChJ tomonidan “Navbahor” MFYda amalga oshirilayotgan tibbiy xizmat ko’rsatish markazlari loyihalarini ham ko’rdi.

Yakkatut shifoxonasi binosi o’rnida tashkil etilayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi davolash markazi, Fayzobod MFYda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar ham viloyat rahbari tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Tadbirkorlarga bank kreditlarini olishlarida ko’mak berilishini aytgan Xayrullo Bozorov mas'ullarga ushbu masala yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram