Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 128 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 581 YILLIGI KO’TARINKILIK BILAN NISHONLANMOQDA

×

 2022-02-09 11:54:20    80

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirlari Farg’onada ham ko’tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Bugun erta tongdan Farg’ona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi. 

Unda viloyat hokimining o’rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov yig’ilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutlab, ulug’ bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma'naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to’xtalib o’tdi.

Shuningdek, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Enaxon Siddiqova, filologiya fanlari doktori, Navoiyshunos olim Xabibullo Jo’rayev shoir ijodini puxta o’rganish, asarlarini qayta va qayta o’qish, ularda ulug’langan g’oyalarning yosh avlod tarbiyasi uchun muhim ekanligini ta'kidlab o’tdilar.

Tadbir davomida Farg’ona shahridagi Prezident maktabida ta'lim berayotgan Kanada, Buyuk Britaniya, Filippinlik ustozlar, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari tomonidan Alisher Navoiy g’azallaridan namunalar o’qildi.

Shoirga ehtirom tadbiri so’nggida yig’ilganlar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yib, hurmat bajo keltirishdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram