Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZOROV BOSHCHILIGIDAGI FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASI TURKIYADA: FARG’ONA VA BURSA VILOYATLARI O’RTASIDA HUDUDLARARO KO’P TOMONLAMA AMALIY HAMKORLIK YO’LGA QO’YILMOQDA

×

 2022-02-17 09:17:03    221

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko’zda tutgan amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’lib turibdi.

Turli sohalarda viloyat rasmiylari, tadbirkorlar hamda qishloq xo’jaligi klasterlari rahbarlaridan iborat viloyat delegatsiyasi Bursa viloyatida va Istanbulda bo’lib, rasmiy uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralari bilan muloqotlar o’tkazishi rejalashtirilgan.

Bursa viloyati hokimi o’rinbosari Mustafo Qilich, qishloq xo’jaligi va o’rmonchilik boshqarmasi boshlig’i Hamit Aygul hamda qishloq xo’jaligi sohasi mas'ullari ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvda Bursaning bu sohada so’nggi 30 yilda bosib o’tgan rivojlanish yo’li, mahalliy oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish borasidagi tajribasi, qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashda foydalanilayotgan samarali mexanizmlar hamda ajratilayotgan subsidiyalar kabi masalalar xususida atroflicha muloqot bo’lib o’tdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’nggi yillarda mamlakatimizda bo’layotgan katta islohotlar, hamda ushbu islohotlarning qishloq xo’jaligi sohasiga ijobiy ta'siri borasida yig’ilganlarga ma'lumot berdi.

Uchrashuvda ko’tarilgan masalalardan kelib chiqib, qishloq xo’jaligi sohasida Bursadan malakali mutaxassislarni Farg’ona viloyatiga jalb etish, farg’onalik qishloq xo’jaligi sohasi vakillarini tajriba almashinish uchun Bursaga yuborish, fermerlarni, chorvachilik, baliqchilik, bog’dorchilik hamda dehqonchilik xo’jaliklarini manzilli qo’llab-quvvatlash borasidagi Turkiya tajribasini batafsil o’rganish, urug’chilik va ko’chatchilik borasida hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida kelishib olindi. 

Farg’ona viloyati delegatsiyasining tashrifi Bursa viloyati voliyligida davom etdi. Bursa viloyati voliysi (gubernatori) Yakub Janpolat bilan muloqotda ikki davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi bilan xalqlarimiz o’rtasida do’stlik va qardoshlik rishtalari yangi bosqichga ko’tarilgani qayd etilib, bu jarayonda Farg’ona va Bursa o’rtasida to’g’ridan to’g’ri hududlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda imkoniyatlari muhokama qilindi. Yillik 16 milliard dollarlik eksport hajmiga ega bo’lgan, avtomobilsozlik, tekstil, mebelsozlik hamda qishloq xo’jaligida Turkiyaning eng rivojlangan viloyatlaridan biri bo’lgan, hududida 17 ta erkin iqtisodiy zona joylashgan Bursa bilan Farg’ona viloyati o’rtasida ko’p tomonlama amaliy hamkorlikning poydevori qo’yildi.

Turkiyaning eng yirik mebelchilik markazlaridan biri bo’lgan, yillik mebel mahsulotlari eksporti 1,3 milliard dollarga teng Bursaning Inego’l tumani bilan Buvayda tumani, bolalar kiyimlari ishlab chiqarishda Turkiyaning markazi bo’lgan Bursa shahridagi Yildirim tumani bilan Uchko’prik tumani, chinnichilik hamda kulolchilik an'analari bilan mashhur Iznik tumani bilan Rishton tumani o’rtasida bevosita hamkorlik o’rnatish, shuningdek, qishloq xo’jaligi, oliy ta'lim sohalarida ko’p tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib olindi. 

Bursa voliysi bilan muloqotda shuningdek, mahalliy davlat boshqaruv tizimini samarali tashkil etish, ushbu viloyatdagi 17 tumanda joylashgan 1058 mahallaning davlat idoralari bilan hamkorligi masalalari yuzasidan ham suhbatlashildi.

Bursa Buyukshahar Belediyasi bashkani (hokimi) Alinur Aktash bilan uchrashuvda Farg’ona va Bursa viloyatlari o’rtasida ikki tomonlama iqtisodiy, investitsion, madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish, o’zaro manfaatli yo’nalishlarda qo’shma loyihalarni amalga oshirish masalalarida so’z bordi. Uchrashuv yakunida Farg’ona viloyati hamda Bursa viloyati o’rtasida birodarlik aloqalarini o’rnatish to’g’risida kelishuv imzolandi.

Uchrashuvlarda O’zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi mas'ullari, O’zbekistonning Bursadagi faxriy konsuli Ali Baklan, O’zbekiston-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi hamraisi Osman Mesten ham ishtirok etdilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram