Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 144 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYA KOMPANIYASI VILOYATIMIZDA BALIQCHILIK SOHASIGA INVESTITSIYA KIRITISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2022-03-28 22:12:01    265

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev va Yaponiyaning "MEGLIY Co., Ltd." qishloq xo’jaligi korporatsiyasi rahbari Tomohiko Nabeshima o’rtasida uchrashuv o’tkazildi.

Muloqotda kelgusida Yaponiya va Farg’ona viloyati o’rtasida qishloq xo’jaligi, baliqchilik, ipakchilik tarmoqlarida hamkorlikni yo’lga qo’yish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomohiko Nabeshima asosiy e'tiborni baliqchilikka qaratib, Farg’onada ham dastlab ushbu yo’nalishga investitsiya kiritish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Yaponiyalik tadbirkor yurtimizda investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar, yer maydoni ajratilishining hamda suv tejovchi va qayta ishlovchi texnologiyalarni olib kirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning tartibi doirasida o’zida mavjud ma'lumotlarga aniqlik kiritdi.

Iqboljon Ergashev viloyatda aholi soni o’sayotganligi, natijada oziq-ovqat, xususan go’shtga bo’lgan talab ortib borayotganligi, shu bois baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirish ustuvorlik kasb etayotganini qayd etdi. O’tgan yil viloyatda 35 ming tonna baliq yetishtirilganligi, endilikda dengizga yaqin davlatlar tajribalarini o’rgangan holda intensiv usulda baliq yetishtirishni ko’paytirish rejalashtirilganini aytib o’tdi. Viloyat hokimi o’rinbosari, investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, qonunchilikda belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

Yaponiya kompaniyasi qisqa muddatda Farg’ona viloyatida investitsion loyihalarni amalga oshirishga kirishishi borasida kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram