Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYALIK INVESTORLAR EKOSHAHAR HUDUDIDA MEHMONXONA-REZIDENTSIYA VA SAVDO-TURIZM MAJMUASI BARPO ETISHGA KIRISHMOQDALAR

×

 2022-04-19 09:30:43    521

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov katta tarkibdagi yaponiyalik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda viloyat hokimiga “Mikado develop and investment” kompaniyasi tomonidan Farg’onada qad rostlayotgan Ekoshahar hududida mehmonxona-rezidentsiya va savdo-turizm majmuasi barpo etish loyihasi taqdim etildi.

Loyihaga ko’ra, majmua 4 qavatli yapon saroylari me'morchiligidagi lyuks mehmonxona, 60 blokdan iborat har birining maydoni 50 metr kvadrat bo’lgan savdo do’konlari hamda ularning ust qavatida 60 ta apartamentlar, yapon bog’i, basseyn, sauna, spa-saloni, konferentsiyalar zalidan iborat bo’ladi. 

Yaponiyaliklar shuningdek, Farg’ona shahrida mehmonxona va restoran xizmati sohasi xodimlari tayyorlash markazi tashkil etish hamda ta'lim jarayoniga Yaponiyadan malakali mutaxassislarni jalb etishni rejalashtirmoqdalar.

Yapon investorlari hozirda O’zbekistonda o’z vakolatxonalarini tashkil etishdi, yaqin kunlarda loyihani amalga oshirishga kirishishlari ma'lum qilindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev va Xojiqo’zijon Isaqov ham ishtirok etishdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram