Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI QIRQ UCHINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-04-25 15:26:42    491

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi qirq uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat kengashi deputatlari, viloyat hokimi o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Dastlab “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da qabul qilingan viloyat dasturining 2022 yil 1-chorak ijrosi yakunlari yuzasidan viloyat hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri Mahsudali Saydullayev hisobot berdi. 

Viloyat hokimining tegishli qarori bilan 7 ta yo’nalish 145 ta banddan iborat viloyat hududiy dasturinining ijrosini tashkil etish va ijrosi nazoratini ta'minlash bo’yicha viloyat Ishchi guruhlari tasdiqlangani, hududiy dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2022 yil davomida 11,3 trln.so’m va 704,2 mln.AQSh dollar mablag’ sarf etilishi ko’zda tutilgani ma'lum qilindi.

Davlat dasturi va viloyat hududiy dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash borasida o’zlashtirilayotgan mablag’lar, belgilangan chora-tadbirlar haqida batafsil to’xtalib o’tildi. 

Sessiya kun tartibida ko’ra viloyatda erta turmush va erta tug’ruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bog’liq holatlarni bartaraf etish, shuningdek, xotin-qizlar muammolarini hal etilishi borasida ko’rilayotgan choralar yuzasidan berilgan hisobot qizg’in bahs-munozaralar bilan ko’rib chiqildi.

Viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2022 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, avtomobil yo’llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o’lim holatlarini keskin kamaytirish borasida ko’rilayotgan chora-tadbirlar ham sessiya kun tartibidan o’rin oldi.

Viloyat mahalliy byudjetining 2022 yilning 1-choragi ijrosi hamda shakllangan qo’shimcha manbalardan maqsadli foydalanish, viloyatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ahvoli ham sessiya ishtirokchilari e'tiborida bo’ldi. 

Kun tartibidagi masalalar bo’yicha munosabatlar bildirilib, belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qilindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram