Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 441 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’SHTEPADA YANA BIR MADANIYAT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-05-16 17:05:51    148

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’shtepa tumani Istiqlol MFY hududida kapital ta'mirdan chiqarilgan Istiqlol madaniyat markazining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, madaniyat sohasi xodimlari, mahalla nuroniylari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda “Inson qadri uchun” degan islohotlarda madaniyat sohasida ham bir qator ishlar amalga oshirilgani, yangi qarorlar, imkoniyatlar, sharoitlar qilib berilayotganligi qayd etildi. Bu koshona xalqimiz xursandchiligi, madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qilishi, yoshlar uchun to’garaklar, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, madaniy sohada qiziqqan yo’nalishlari bo’yicha bilim olishlari uchun sharoit qilish lozimligi ta'kidlandi. Faqat shaharlarda emas, balki qishloqlarda yashovchi aholi vakillarining madaniy hordiq chiqarishi, kontsert, teatr tomosha qilishlari uchun bu kabi inshootlar kerakligiga e'tibor qaratildi.

4,5 milliard so’m mablag’ sarf etilgan markaz Istiqlol MFYda yashovchi 3 ming 600 dan ziyod aholi bilan birgalikda tumandagi 14 ta mahalla fuqarolar yig’ini aholisi uchun ham xizmat ko’rsatadi.

Markazda 440 o’rinli tomosha zali, raqs, musiqa, estrada yo’nalishlarida 10 dan ortiq to’garaklarga 200 dan ziyod yoshlar jalb etiladi. Keyinchalik bu yerda muzey ham tashkil qilish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram