Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘quv-seminar: Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari

 2022-06-30 17:10:02    264

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahar hokimligi majlislar zalida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo’nalishlari, davlat xizmatchilarida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo’yicha ijobiy xulqni shakllantirish” mavzusidagi o’quv-seminar o’tkazildi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining mas'ul xodimlari O.Abdug’aniyev, R.Yuldashev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G’aniyev, viloyat hokimligi korruptsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat rahbari Farhodjon Nugmanov, viloyat mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i Anvarjon Abdullayev, shahar hokimi Adham Ziyavitdinov, shuningdek, Marg’ilon shahri, Toshloq va Qo’shtepa tumanlaridagi mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan barcha hokim yordamchilari ishtirok etdilar.

Seminarda so’z olganlar tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, korrruptsiyaning oldini olish borasida joriy etilayotgan yangi mexanizmlar, korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati, davlat xizmatchilarining mol mulki va daromadlarini deklaratsiyalash tizimini joriy etish, manfaatlar to’qnashuvini samarali boshqarish yo’nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarga e'tibor qaratildi.

Shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatida korruptsiyaviy omillarni vujudga kelish sabablari hamda shart-sharoitlari, ularni bartaraf etish usullari ham tahlil qilindi.