Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 247 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUVAYDA VA UCHKO’PRIK TUMANLARI TADBIRKORLARIDAN IBORAT VILOYAT DELEGATSIYASI TURKIYANING BURSA SHAHRIDA HAMKORLIK ALOQALARINI O’RNATMOQDA

×

 2022-08-11 19:46:27    494

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri Maqsudali Saydullayev boshchiligidagi Buvayda va Uchko’prik tumanlari tadbirkorlaridan iborat Farg’ona viloyati delegatsiyasi amaliy safar bilan Turkiyaning Bursa shahrida bo’lib turibdi.

Delegatsiya tarkibidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Habib Sirojiddinov, Buvayda va Uchko’prik tumanlari hokimlarining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, Mikrokreditbank va Sanoatqurilishbank viloyat mintaqaviy filiallari boshliqlari ham o’rin olgan.

Farg’ona viloyati delegatsiyasi a'zolari tashrifning ilk kunida Bursa shahrida joylashgan mebel matolari ishlab chiqaruvchi “Adoksan” korxonasiga hamda “Tuna Boya” avtomobil va qurilish sanoati uchun bo’yoq maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurib, o’zaro hamkorlik bo’yicha muzokaralar olib bordilar. “Adoksan” 1986 yilda tashkil topgan bo’lib, xozirda 200 nafar ishchi faoliyat olib boradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 60% eksportga yo’naltiriladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 350 tonna bo’lgan “Tuna Boya” korxonasi ham yillik 10 million dollarlik mahsulotini eksport qiladi.

Inogyol tumanida joylashgan 300 dan ortiq tadbirkorlarni birlashtirgan “IMOS” (Inogyol mebel ishlab chiqaruvchilar uyushmasi) da bo’lgan uchrashuvda, uyushma rahbari Osman Aybil bilan turk va o’zbek usta-hunarmandlari o’rtasida tajriba almashinishni yo’lga qo’yish hamda Uyushma vakillarining Farg’ona viloyatiga tashrifini tashkillash bo’yicha kelishib olindi.

“Weltew Home” uy va bolalar mebellari ishlab chiqaruvchi korxona rahbariyati bilan Buvayda tumani mebelchilar sanoat zonasida “Weltew Home” savdo ofisini ochish hamda keyinchalik ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o’rganish uchun viloyatga tashrif buyurish buyicha kelishuvga erishildi.

Eshik va rom ishlab chiqaruvchi “Kapı Dunyası” korxonasiga tashrif chog’ida Buvayda tuman hunarmand ustalarining doimiy ravishda bu korxonaga malaka oshirishga kelib ketishlari bo’yicha hamkorlik o’rnatildi.

Uchrashuvlarda O’zbekistonning Bursadagi faxriy konsuli Ali Baklan ham ishtirok etdi.

Buvayda, Uchko’prik, shuningdek, Rishton tumanlari va Bursa tumanlari o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatish viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Bursaga hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko’zda tutgan amaliy tashrifi doirasidagi muzokaralar chog’ida belgilab berilgan edi.

Delegatsiyamizning Bursaga amaliy safari davom etmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram