Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RASMIY MUNOSABAT

×

 2022-08-15 09:55:55    534

PDF yuklash
Chop etish


“Olimjon Haydarov” telegram kanalida Farg’onada Prezidentga taqdim qilingan loyihalaridan biri buzib tashlanish bilan tahdid qilinayotgani iddao etilgan videomaterial e'lon qilindi. Olib borilgan o’rganish natijasida ushbu materialda keltirilgan holatlar umuman tasdig’ini topmagani bildirilib, quyidagilar ma'lum qilinadi:

Farg’ona tuman, Chimyon MFY, Uchbuloq ko’chasi, 151-uyda yashovchi fuqaro, “Qo’shmatxo’ja Fayz” xususiy korxonasi rahbari Feruzxo’ja Saydaxmedov 2021 yilda Chimyon MFY Osoyishta ko’chasida joylashgan, Farg’ona tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Chimyon xududiy poliklinikasi hududidagi 400,0 kv metr bo’sh yer maydonida o’zboshimchalik bilan 2-qavatli 40 o’rinli “Tibbiy diagnostika va davolash markazi” binosi qurilishini boshlagan. Noqonuniy ravishda bino poydevori uchun kotlovan qazib bo’lgandan keyin, 2021 yil 15 iyulda davlat-xususiy sheriklik kontseptsiyasi asosida ushbu loyihani amalga oshirish bo’yicha tuman tibbiyot birlashmasiga yozma murojaat qilgan.

2021 yil avgust oyida Feruzxo’ja Saydaxmedov tomonidan ishlab chiqilgan DXSh loyihasi va Biznes-reja viloyat sog’liqni sog’liqni saqlash boshqarmasiga taqdim etilgach, hujjatlar Sog’liqni saqlash vazirligiga yuborilgan. Ushbu jarayonda loyihani joyida o’rganish uchun borgan viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari tomonidan, kotlovan qazish ishlari noqonuniy amalga oshirilgani qayd etilib, loyiha tasdiqlanib, davlat-xususiy sheriklik to’g’risida bitim tuzilgunga qadar, kotlovanni ko’mib tashlash kerakligi bildirilgan. Biroq, bu ko’rsatma amalga oshirilmagan.

Sog’liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan hujjatlar, aniqlangan kamchiliklar bilan viloyat sog’liqni sog’liqni saqlash boshqarmasiga qaytarilgan, boshqarma tomonidan fuqaro bilan birgalikda tuzatishlar kiritilib, qayta vazirlikka yuborilgan. Masala vazirlikda ko’rib chiqish jarayonida bo’lgan.

2022 yil aprel oyida Farg’ona shahrida Sog’liqni saqlash vaziri birinchi o’rinbosari Amrillo Inoyatov tomonidan fuqarolar qabuli o’tkazilgan. Qabulga tibbiyot sohasida tadbirkorlik qilmoqchi bo’lgan fuqarolar ham taklif etilgan. Ushbu qabul chog’ida fuqaro Feruzxo’ja Saydaxmedov bilan muloqot qilgan Inoyatov, o’z vakolati doirasida Chimyon xududiy poliklinikasi hududida “Tibbiy diagnostika va davolash markazi” qurish bo’yicha davlat-xususiy sheriklik kontseptsiyasini tasdiqlab bergan. Shu o’rinda qayd etib o’tish lozim, bu masala, faqatgina Amrillo Inoyatovning qabuli bilan bog’liq bo’lib, Farg’ona viloyatiga 2022 yil may oyida amalga oshirilgan Prezident tashrifi yakunlari bo’yicha “Farg’ona viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mavjud muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi majlis bayonida belgilangan vazifalar ro’yxatiga kiritilmagan.

2019 yilda tasdiqlangan Sog’liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibiga asosan, Kontseptsiya Amrillo Inoyatov tomonidan tasdiqlangandan so’ng, Sog’liqni saqlash vazirligi 2022 yil 13 iyunda DXSh loyihasi Kontseptsiyasini hamda boshqa talabgorlarga DXSh loyihasini amalga oshirilishidan manfaatdorligi to’g’risida ma'lum qilish taklifini o’zining rasmiy veb-saytida e'lon qilgan. Bunda loyihaga qiziqish bildirishning so’nggi sanasi e'lon berilgan kundan 45 kun, ya'ni 2022 yil 28 iyul deb belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi “Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to’g’risidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlashga, shuningdek, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 467-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O’zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan, 2022 yil 14 iyulda vakolatli organlar tomonidan o’tkazilgan o’rganishda, fuqaro Feruzxo’ja Saydaxmedov tomonidan qurilayotgan bino, DXSh to’g’risidagi bitim imzolanmagan holda, hattoki Sog’liqni saqlash vazirligining ushbu davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish haqida qarori ham qabul qilinmasdan turib, olib borilayotgan qurilish loyiha hujjatlari ekspertizadan hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyalaridan ro’yxatdan o’tkazilmasdan noqonuniy ravishda qurilayotgani aniqlangan. Hattoki ishchi loyiha hujjatlari ham mavjud emasligi ma'lum bo’lgan. Qurilayotgan bino bilan poliklinika mavjud binosi orasidagi yong’inga qarshi oraliq “Bino va inshootlarning yong’in xavfsizligi” talablariga mutlaqo to’g’ri kelmasligi aniqlangan. Qonunga pisandsizlik shu darajadaki, ushbu loyihaga talabgorlarni aniqlash uchun Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan oxirgi muddat – 2022 yil 28 iyuldan 14 kun avval o’tkazilgan ushbu o’rganish paytida, binoning birinchi qavati qurib bitkazilgani ko’rilgan.

O’rganish olib borgan Farg’ona tumani hokimining o’rinbosari O’.Teshajonov, Kadastr agentligi Farg’ona tumani bo’limi boshlig’i V.Esonov, tuman qurilish bo’limi boshlig’i A.Ahmadjonov, Chimyon MFY raisi A.Homidov, hudud profilaktika inspektori N.Nazirov tomonidan fuqaro Feruzxo’ja Saydaxmedov ishtirokida dalolatnoma tuzilib, ushbu noqonuniy binoni 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda o’z hisobidan buzib tashlash shartligi to’g’risida ogohlantirilgan. Feruzxo’ja Saydaxmedov dalolatnomaga olganligini tasdiqlab imzo chekkan.

Ushbu holat Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 iyul kuni arxitektura, qurilish va shaharsozlik bo’yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda qurilish va loyihalash ishlarini tartibga solish bo’yicha ish olib borayotgan viloyat hokimining o’rinbosari va viloyat prokurorining boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ham o’rganilgan.

Bu o’rganishlar jarayonida 2022 yil 18 iyul kuni fuqaro Feruzxo’ja Saydaxmedov ishchi guruh vakili O’.Maqsudovni turli uyatli so’zlar bilan baland ovozda so’kib, janjal va haqorat qilganligi sababli, jabrlanuvchi O’.Maqsudov tomonidan F.Saydaxmedovga qonuniy chora ko’rishni so’rab qilingan murojaat asosida 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudida ochiq sud majlisi o’tkazilgan. Huquqbuzar F.Saydaxmedov o’z qilmishiga iqror va pushaymon bo’lgan. Sud qaroriga ko’ra, fuqaro Saydaxmedov Feruzxo’ja Qo’shmatovich Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks (MJtK)ning 183-moddasi bilan aybli deb topilib, unga 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi belgilangan.

2022 yil 19 iyulda Kadastr agentligi Farg’ona tumani bo’limi Davlat yer kadastri nazorat tadbiri o’tkazilgan va F.Saydaxmedov tomonidan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 60-moddasi 3-bandi bilan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlanib, bu to’g’risida bayonnoma rasmiylashtirilgan. Kadastr agentligi Farg’ona tumani bo’limi mas'ullari tomonidan F.Saydaxmedovga o’zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni va ushbu maydon hududiga qurilgan imoratlar noqonuniyligi hamda uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirilgan.

Farg’ona viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasi tomonidan ham masala yuzasidan o’rganish tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma'muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 200-sonli Qarori 2-5 ilovalari talablariga zid ravishda qurilish ishlari boshlab yuborilganligi sababli, “Qo’shmatxo’ja Fayz” xususiy korxonasiga 2022 yil 20 iyul kuni qurilish ishlarini zudlik bilan to’xtatish talab etilgan ogohlantirish xati taqdim etilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram