Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI RISHTONDA FUQAROLAR QABULI O’TKAZDI

×

 2022-09-16 20:54:29    108

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Rishton tumanida fuqarolar qabuli o’tkazdi. Viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamda viloyat IIB boshlig’i Muhiddin Jo’rayev ham ishtirok etgan qabul davomida viloyat hokimining shaxsiy qabulini so’rab murojaat qilgan 30 nafardan ziyod Rishton tumanida yashovchi fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqildi.

Uy-joy sharoitini yaxshilash, tibbiy xizmat, tadbirkorlik uchun bank krediti olish, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, kommunal ta'minot, moddiy yordam, bandlik, mahalla hududini obodonlashtirish, dehqonchilik uchun yer maydoni ajratish va boshqa masalalarda fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyat qismi qabul jarayonida qanoatlantirildi.

Xususan, Qo’rg’oncha MFYda yashovchi, yashash sharoiti og’ir bo’lgan D.Zikriyayevaga viloyat hokimligi tomonidan tuman hududidagi yangi qurilgan ko’p qavatli uylardan bepul xonadon beriladigan bo’ldi. Yangi Avlod MFYda yashovchi H.Tursunovaning murojaati asosida mahalla ko’chasiga elektr, gaz va suv tarmoqlari tortish, Markaz MFYda yashovchi fuqarolar talabiga ko’ra, mahalladagi bo’sh maydonda bolalar sport maydonchasi tashkil etish, Xurramobod MFY hududida yashovchi aholi nomidan qilingan murojaat asosida Qirg’iziston hududidan sug’orish suv tarmog’i ochish, shuningdek, hududdagi g’isht ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'ektida havoga chiqayotgan zararli changlar yuzasidan ekologik o’rganish tashkil etish kabi ko’plab masalalar ijobiy hal etildi. Dahbet ko’chasida yashovchi Azimjon Sulaymonovning yong’in va sanoat xavfsizligi sohasida klaster tashkil etish bo’yicha tashabbusi viloyat hokimining qurilish sohasiga mas'ul o’rinbosari ishtirokida o’rganib chiqiladigan bo’ldi.

Echimi qo’shimcha o’rganish talab etadigan murojaatlarni hal etish bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram