Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI RISHTON TUMANIDAGI YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI BILAN TANISHDI
2022-09-16 22:52:40 615
Viloyat hokimi “Rus-O’zbekteks” paxta-to’qimachilik klasteri qoshida tashkil etilayotgan to’qimachilik fabrikasining qurilish jarayonlarini ko’zdan kechirdi. Yillik 7200 tonna kalava ip, 6800 tonna mato, 3300 tonna momiq sochiq hamda 3300 tonna choyshab ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladigan fabrikada 1100 ta yangi doimiy ish o’rni yaratiladi. Loyiha qimmati 33 million yevroga teng bo’lgan korxona qurilishida so’nggi bosqich ishlari yakunlanmoqda.
"Ruso’zbekteks" xorijiy korxonasi rahbari Magomed Kostoyev bilan loyihani amalga oshirish jarayonlarini muhokama qilgan viloyat hokimi, qurilish ishlari yakunlangunga qadar belgilangan kommunikatsiya tarmoqlarini tortish ishlarini yakunlash bo’yicha viloyat mas'ullariga qat'iy vazifa belgiladi.
Ijaraga olingan binoda yaqinda faoliyat boshlagan Textile for you korxonasida oyiga 15 ming donadan ziyod erkaklar liboslari tikilmoqda. Tadbirkor Oybek Isajonov tashabbusi bilan tashkil etilgan korxonada jami 80 nafardan ziyod ayollar doimiy ish bilan ta'minlangan.
Viloyat rahbari tadbirkorning ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bino yoki yer maydoni ajratilishida yordam so’rab qilgan murojaatini tez va ijobiy hal etish bo’yicha davlat aktivlarini boshqarish bo’yicha viloyat boshqarmasi boshlig’iga vazifa yukladi. Hozirda ish olib borilayotgan binoda elektr ta'minotini yaxshilash bo’yicha ham mas'ullarga topshiriq berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram