Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV EKOSHAHARDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARINING BORISHI BILAN TANISHDI

×

 2022-09-24 07:53:30    97

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Farg’ona shahrida joriy yilning yanvar oyi oxirida tamal toshi qo’yilgan “Yangi O’zbekiston” massivlari turkumiga kiruvchi Ekoshaharda olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Viloyat rahbari 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo’ljallangan yo’ldosh shaharchani bunyod etish ishlarini ko’zdan kechirib, ko’p qavatli uylarni barpo etayotgan quruvchi tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. O’rganish davomida ma'lum bo’ldiki, ko’plab uylarning 3-4-qavatlarida qurilishlar yakunlanmoqda, lekin ba'zi quruvchilar tomonidan ishlar belgilangan sur'atda tashkil etilmagan.

Qurilish jarayonlarining sust olib borilayotganini tanqid qilgan viloyat hokimi, belgilangan reja-grafikka mos ravishda ishlarni jadallashtirish, ishchi-xodimlarni ko’paytirish va yaxshi ish tashkil qilgan quruvchilarni qo’llab-quvvatlash kerakligini ta'kidladi.

Yashil maydonlarni ko’zdan kechirgan viloyat hokimi, shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’iga daraxtlar orasiga kuzgi-qishki mavsumda qo’shimcha ravishda sifatli ko’chatlar ekish vazifasini yukladi.

Shaharchada amfiteatr, favvora, stella qurilishi ham jadal olib borilmoqda. Ushbu ob'ektlar atrofi odamlar bilan gavjum bo’lishi uchun, kichik favvoralar ham bo’lishi kerakligi, tashrif buyuruvchilar uchun jozibadorlik kamligi, daraxtlar yetarli emasligi ta'kidlanib, mas'ullarga kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha topshiriq berildi. Viloyat avtomobil yo’llari hududiy boshqarmasi boshlig’iga ichki yo’laklarning sifatli bo’lishini ta'minlash bo’yicha shaxsan javobgarlik yuklatildi. Shuningdek, shahar hokimiga zamonaviy atraktsionlarni ko’paytirish ko’rsatmasi berildi.

Ekoshahar hududidagi "Yangi O’zbekiston" bog’ini suv bilan ta'minlash ko’zda tutilgan kanal qurilishi ishlari bilan ham tanishildi.

Ekoshahardagi shtabda quruvchilar ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda ham viloyat hokimi barcha qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan birma bir muhokama o’tkazdi, mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli bajarish, inshootlarni o’z vaqtida qurib bitkazish va topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram