Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 177 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURKIYANING TERMINAL YAPI KOMPANIYALAR GURUHI FARG’ONA AEROPORTINI MODERNIZATSIYA QILISH VA BOSHQARISHDA HAMDA BOSHQA QATOR YIRIK INVESTITSION LOYIHALARDA ISHTIROK ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2022-09-27 17:24:05    122

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning Terminal Yapı kompaniyalar guruhi boshqaruv kengashi raisi Mexmet Delimollaoglu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Terminal Yapı tomonidan Farg’ona xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo’yicha ishlab chiqilgan loyiha muhokama qilindi. Shuningdek, Turkiya kompaniyasi tomonidan viloyatimizda qurilish, sanoat, shu jumladan neftgaz va kimyo sohalariga hamda qishloq xo’jaligi sohasiga investitsiyalar kiritish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalalari ham kun tartibidan o’rin oldi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Turkiyaga amaliy tashrifi doirasida Istanbulda Terminal Yapı rahbariyati bilan dastlabki muzokaralar o’tkazilib, Shanliurfa shahrida kompaniya tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan Şanlıurfa GAP aeroporti bilan tanishilgandi.

Boshqa sohalardagi yirik loyihalar bilan birga, hozirgacha dunyo bo’yicha 40 ta aeroportning qurilishi va modernizatsiyasida ishtirok etgan, Kiprdagi Erjan xalqaro aeroportining boshqaruvini amalga oshirayotgan Terminal Yapı kompaniyalar guruhi Farg’ona xalqaro aeroportini boshqaruvga qabul qilib, ikki bosqichda investitsiya loyihasini amalga oshirish, bunda dastlab qo’nish yo’li qoplamasini va elektr tizimini yangilash, mavjud terminalni rekonstruktsiya qilish va kengaytirish va qisqa muddatda aeroportda yillik yo’lovchilar oqimini 3 million nafarga yetkazish, ikkinchi bosqichda qo’nish yo’lagini kengaytirish hamda yangi terminal qurish rejalashtirmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida aeroportda sovutkichli meva-sabzavot saqlash ombori barpo etilishi hamda zamonaviy yuk terminali faoliyati tashkillashtirilishi ham ko’zda tutilgan. Shu bilan birga, Farg’ona xalqaro aeroportida aviatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash ta'lim markazi tashkil etish ham loyihadan o’rin olgan. Loyihaga jami 250 million dollarga yaqin to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya yo’naltirish rejalashtirilgan.

So’nggi yillarda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan katta islohotlar natijasida mamlakatimiz xorijda katta investitsion jozibadorlik kasb etayotganini qayd etgan Mexmet Delimollaoglu, Farg’ona xalqaro aeroportida amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihaning istiqbolini yuqori baholashayotganini ta'kidladi. Terminal Yapı kompaniyalar guruhi rahbari loyiha doirasida shuningdek, Farg’onadan Respublika viloyatlariga ichki aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish uchun mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda aviakompaniya tashkil etishga tayyorliklarini bildirdi.

Terminal Yapı loyihasini yuqori baholagan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini amalga oshirishga ular qatorida yana Rossiya va Hindiston kompaniyalari da'vogarlik qilayotganini ma'lum qilib, viloyat aholisi uchun eng ko’p qulaylik taqdim etadigan hamda iqtisodiy-investitsion jihatdan eng maqbul loyiha tanlab olinishini bildirdi.

O’rta magistralga uchuvchi samolyotlar bilan ichki aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish hamda buni amalga oshirish uchun Farg’ona Air aviakompaniyasini tashkil etish bo’yicha istiqbolli reja ham borligini ma'lum qilgan viloyat rahbari, Mexmet Delimollaogluning bu boradagi taklifi Farg’ona vodiysi aholisi soni va iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olganda o’ta samarali bo’lishini qayd etdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.

Mehmonlar Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar loyihasi bilan ham tanishdilar shuningdek, ikki kun davomida davlat ulushlari sotuvga qo’yilgan “Farg’onaazot” va “Kvarts” korxonalarida bo’ladilar, viloyatimizda boshqa sohalarda investitsion hamkorlik istiqbollarini o’rganadilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram