Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 156 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RASMIY MUNOSABAT

×

 2022-09-30 22:12:52    220

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo’raboyevga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan, haqoratli so’zlar ishlatilgan muloqotning audioyozuvi yuzasidan o’rganish o’tkazildi. O’rganish natijalari yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi: 

O’rganish davomida Toshloq tumani hokimiga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan audioyozuvning haqiqatdan tuman hokimi Abduqahhor Jo’raboyevga oidligi aniqlandi. Audioyozuvda qayd etilgan muloqotning o’tgan 2021 yil kuzida paxta yetkazib berish majburiyatlarini bajarmayotgan fermer xo’jaliklari bilan Abduqahhor Jo’raboyevning Expo Kollor Prin Teks paxta-to’qimachilik klasteri rahbari sifatidagi muhokamasi chog’ida yuz bergani ma'lum bo’ldi.

Klaster tomonidan paxta mavsumi davomida uchun qilingan turli xarajatlar hamda to’lovlar hisobiga fermer xo’jaliklarining katta miqdorda qarzdorligi mavjud bo’lgani hamda dalada paxta mavjud bo’lishiga qaramay ba'zi fermerlar uni terib topshirish hisobiga qarzdorlikni so’ndirishga harakat qilmayotgani Abduqahhor Jo’raboyevning etikaga mos bo’lmagan haqoratli iboralardan foydalanishiga sabab bo’lgani tasdiqlandi.

Viloyat hokimligi tomonidan zo’ravonlik, so’king’ochlik siyosati eski davrda qolgani, hech kim birovni haqoratlashga, shaxsiyatiga tegishga haqqi yo’qligi, rahbar har ishni qonun doirasida bajarishi kerakligi lozimligi, bugungi kun hokimi o’z ishi bilan, so’zi bilan, xulq-atvori bilan barchaga o’rnak bo’lishi shartligi qayd etiladi. Tarqalgan audioyozuvdagi holat bir yil oldin bo’lib o’tgan bo’lganiga, Abduqahhor Jo’raboyevning undagi ishtiroki Expo Kollor Prin Teks paxta-to’qimachilik klasteri rahbari sifatida bo’lishiga qaramay, ayni paytda tuman hokimi bo’lib turgan rahbarning bunday muomalasi davlat xizmatchisi etikasi va odob-axloq qoidalarini qo’pol ravishda buzish deb baholandi. Viloyat hokimining tegishli farmoyishi bilan Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo’raboyevga “hayfsan” e'lon qilindi.

Shu o’rinda, joriy yil 26 sentyabr kuni bo’lib o’tgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasining viloyatdagi shahar va tumanlar hokimlari ishtirokida o’tkazilgan kengaytirilgan yig’ilishida ham hokimlarga ish faoliyatida muomala madaniyatiga yanada qat'iy rioya qilish, o’ziga bo’ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo’pollik qilmaslik, odamlarning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik yuzasidan mas'uliyatlari qayta ko’rsatib o’tilgani bildiriladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram