Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QON SHAHRIDA KO’P QAVATLI TURAR-JOYLARGA TUTASH HUDUDLARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN BARCHA QURILISHLARNING MAVJUD NORMALAR TALABLARIGA MOSLIGI O’RGANIB CHIQILADI

×

 2022-10-17 18:01:26    216

PDF yuklash
Chop etish


So’nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qo’qon shahrida ko’p qavatli turar-joylarga tutash hududlarda arxitektura va shaharsozlik normalariga zid ravishda binolar qurilishiga ruxsat berilayotgani va qurilish ishlari amalga oshirilayotgani, ko’p qavatli uylar uchun belgilangan yong’in xavfsizligi talablariga rioya etilmayotgani yuzasidan tanqidiy chiqishlar ko’paydi. Ko’p qavatli turar-joylar orasida yashil maydonlar hududidagi daraxtlar kesilgani, bolalar va sport maydonchalari buzilgani haqida ham ma'lumotlar uchramoqda.

Ushbu holatlarni o’rganish uchun viloyat hokimligi tomonidan tegishli mutasaddi idoralar vakillarini jalb qilgan holda ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh, ertadan Qo’qon shahrida ko’p qavatli turar-joylarga tutash hududlarda amalga oshirilayotgan barcha qurilishlarning mavjud normalar talablariga mosligini, yer uchastkalari ajratishning huquqiy asoslarini o’rganib chiqadi. O’rganish yakuni bo’yicha aniqlangan holatlarga viloyat prokuraturasi hamda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qonuniy baho beriladi.

O’rganish jarayonida shuningdek, hududlardagi atrof-muhit tozaligi, bolalar va sport maydonchalarining holati,turar-joylar atrofidagi obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari, chiqindilarning olib chiqib ketilishi masalalariga, binolarga birikkan holda noqonuniy qurilgan vaqtinchalik qo’shimcha inshootlarga ham alohida e'tibor qaratiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram