Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


EKOSHAHARDA QURILISH ISHLARI JADALLASHTIRILADI

×

 2022-11-01 22:47:04    108

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshaharda – “Yangi O’zbekiston” massivida bo’lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Viloyat markazida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo’ljallangan yo’ldosh shaharchani bunyod etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Joriy yil 28 yanvarda ilk kotlovan qazish va poydevor uchun beton quyish ishlari boshlangan Ekoshaharda bugungi kunda 69 ta ko’p qavatli turar-joy qad rostlamoqda. Shu bilan birga, ikkita maktab, ikkita maktabgacha ta'lim muassasasi, bitta shifoxona, 4000 o’rinli amfiteatr qurilish ishlari ham davom etmoqda.

Ekoshaharga elektr ta'minoti, suv, kanalizatsiya tarmoqlari tortish ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Hududda sun'iy ko’l barpo etish ishlari ham jadal olib borilmoqda.

Xayrullo Bozorov mas'ullar bilan suhbatlashib, har bir ob'ekt bo’yicha qurilish ishlarining borishini birma bir joyida muhokama qildi.

Ayrim ob'ektlarda qurilish jarayonlarining sust olib borilayotganini tanqid qilgan viloyat hokimi, belgilangan reja-grafikka mos ravishda ishlarni jadallashtirish, ishchi-xodimlarni ko’paytirish va yaxshi ish tashkil qilgan quruvchilarni qo’llab-quvvatlash kerakligini ta'kidladi. Ba'zi tadbirkorlarning qurilish ishlarini tezlashtirish uchun bank krediti olishga ko’maklashish bo’yicha murojaatlari ijobiy hal etiladigan bo’ldi.

Ekoshahar hududida tashkil etilayotgan 70 gektarlik “Yangi O’zbekiston” bog’ini ko’zdan kechirgan viloyat hokimi, daraxtlar orasiga kuzgi-qishki mavsumda qo’shimcha ravishda sifatli ko’chatlar ekish vazifasini yukladi.

Qurilish jarayonlarida mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga amal qilishni ta'minlash bo’yicha mutasaddilarga hamda qurilish firmalari rahbarlariga qat'iy ko’rsatma berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram