Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 182 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI AVTOMOBIL YO’LLARIDA TURKIYA INVESTITSIYASI HISOBIGA “AQLLI YO’L” TIZIMI JORIY ETILADI

×

 2022-12-15 20:06:25    542

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik investor, informatsion tizimlarga ixtisoslashgan “Streat” kompaniyasi rahbari Zeynep Yildirimni qabul qildi.

Uchrashuv chog’ida Farg’ona viloyati avtomobil yo’llarida Turkiya investitsiyasi hisobiga “Aqlli yo’l” tizimi joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Farg’ona vodiysi viloyatlarida amalga oshirish rejalashtirilayotgan ushbu loyiha uchun 10 million dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya yo’naltirish ko’zda tutilayotganini ma'lum qilgan Zeynep Yildirim, avtotransport oqimini boshqarish hamda yo’l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida ushbu tizim joriy etilgan xorijdagi hududlarda erishilgan ijobiy natijalar haqida ma'lumot berdi.

“Aqlli yo’l” tizimi yo’l-transport hodisalarining, jarohat olish va o’lim holatlarini 90 foizgacha kamaytirish imkonini beradi.

To’laligicha inson omilisiz ishlovchi ushbu tizim, quyosh energiyasi yordamida ishlovchi infraqizil nurlarga ega radarlar hamda kameralar, elektron tablolar bilan jihozlangan bo’lib, kerakli vaziyatlarda hodisa joyiga yo’l harakati xavfsizligi, tez yordam va favqulodda vaziyatlar bo’linmalarini avtomatik chaqirish imkoniyati mavjud. Sim kartalar yordamida internetga ulanish imkoniyati hamda elektr tarmog’i tortish ehtiyoji yo’qligi, bu tizimni qisqa muddatda istalgan hududda joriy etish imkonini beradi.

Tizim tezlikni oshirish, qizil chiroqda o’tish, qoidani buzgan holda quvib o’tish, kamarsiz harakatlanish, qoidaga g’ilof ravishda burilish, yo’l qatnov qismining piyodalar kesib o’tishi uchun mo’ljallangan qismida qoidaga amal qilmaslik va boshqa ko’plab holatlarda muayyan hududda yoki yo’l qismida to’la nazoratni ta'minlaydi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatida “Aqlli yo’l” tizimi joriy etiladigan hududlarni belgilash yuzasidan hamkorlikda ish tashkil etish hamda yaqin muddatda loyihani amalga oshirishga kirishish yuzasidan kelishuv imzolashga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram