Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIKDA 41-UMUMTA'LIM MAKTABINING 220 O’RINLI YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-12-24 12:36:01    138

PDF yuklash
Chop etish


“Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” arafasida Uchko’prik tumanidagi 41-umumta'lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o’tkazilgan tantanali tadbirda viloyat mutasaddi tashkilotlari hamda tuman sektorlari rahbarlari, deputatlar, jamoatchilik faollari, ota-onalar, maktab o’qituvchilari va o’quvchilari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov joriy yil 20 aprelda hududda yashovchi aholi murojaati asosida ushbu maktabda bo’lib, holatni o’rgangan hamda mas'ullarga ta'lim muassasasiga 220 o’rinli qo’shimcha bino qurish va kapital ta'mirlash jarayonlarini tez va sifatli amalga oshirish bilan bog’liq ko’rsatma bergandi.

Shuningdek, viloyat hokimining topshirig’i bilan maktab o’quvchilari uchun 12x24 hajmdagi sportzal qurish uchun viloyat mahalliy byudjetidan 2 milliard so’m mablag’ ajratib berilgandi.

Yangidan barpo etilgan ushbu ta'lim maskani binosi o’quvchilar, ularning ota-onalari, ustozlar uchun o’ziga xos sovg’a bo’ldi. Bu yerda o’quvchilarning zamonaviy bilim olishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar muhayyo etilgan. Qulay sharoitlarga ega sportzal qurilishi ham yakunlanib, o’quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

41-umumta'lim maktabi binosi 1983 yilda qurilgan bo’lib, 220 o’ringa mo’ljallangan mazkur ta'lim maskanida 391 nafar o’quvchi ikki navbatda ta'lim olayotgan edi.

Davlat investitsiya dasturi doirasida qisqa muddatda mazkur maktab uchun 220 o’rinli yangi o’quv binosi qurildi, shuningdek, mavjud 220 o’rinli o’quv binosi mukammal ta'mirlandi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 4 milliard 883 million so’m mablag’ sarflandi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram