Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 149 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURKIYALIK HAMKORLAR BILAN VILOYAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

×

 2022-12-24 13:23:22    420

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Be iletişim & Danışmanlık” kompaniyasi rahbari Berna Kyurekchi Shendir hamda ko’p tarmoqli SEV Group kompaniyalar guruhi vakili Jem Sezerni, shuningdek, tadbirkor Bilal Shirinni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni, viloyat turizm salohiyatini xorijda tanitish, viloyatda xorijlik ishbilarmonlar hamda turistlar uchun muayyan yo’nalishlarda jozibador infratuzilma shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Turli yillarda Turkiyaning CNN Türk, TRT telekanallarida, Doğan Media guruhida, Ozarbayjonning neft sohasidagi “SOCAR” davlat kompaniyasida jamoatchilik bilan aloqalar hamda marketing yo’nalishlarida rahbarlik qilgan Berna Kyurekchi Shendir hamda tibbiy turizm, tashqi reklama hamda innovatsion qishloq xo’jaligi sohalarida yirik tajribaga ega Jem Sezer, Farg’ona viloyati hududidagi ikki kunlik o’rganishlaridan kelib chiqib, viloyatda amalga oshirish istiqbolli hisoblangan loyihalar yuzasidan o’z fikrlarini bildirdilar.

Kino sanoatini milliy an'ana va qadriyatlar davomiyligi saqlangan, o’ziga xos noyob tabiatga hamda ulkan tarixga ega viloyatimiz iqtisodiyotining alohida tarmog’i sifatida rivojlantirish, Farg’onada taniqli xorijiy kinostudiyalar uchun zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish muvaffaqiyatli yo’nalish bo’lishi ta'kidlandi.

Shuningdek, yuqori iqtisodiy salohiyatga ega hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayib borayotgan Farg’ona viloyatida raqamli tashqi reklama bozorini rivojlantirish borasida ham katta imkoniyat borligi qayd etildi.

Hamkorlikda qishloq xo’jaligi uchun gidroponika sohasida texnologiyalar ishlab chiqarishda qo’shma loyihalarni amalga oshirishda viloyatda meva-sabzavotchilik tajribasi ham katta o’rin tutishi mumkinligiga e'tibor qaratildi.

Istanbul shahrida Farg’onada yetishtirilgan mahsulotlar hamda viloyat turizm va investitsion salohiyatini namoyish etuvchi markaz tashkil etish imkoniyatlari ham ko’rib chiqildi.

Uchrashuv kun tartibidagi masalalarning har biri yuzasidan aniq kontseptsiyalar ishlab chiqish hamda muhokamalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Farg’ona-Istanbul ishbilarmonlar kengashini tuzish ishlarini jadallashtirish, Bilal Shirin tomonidan Kengash uchun beg’araz asosda Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida 4 qavatli bino qurilishi jarayonlarini tezlashtirish masalasi yuzasidan ham fikr almashildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram