Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV MARG’ILON SHAHRIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2023-02-09 20:52:14    103

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birgalikda bugun Marg’ilon shahrida bo’lib, amalga oshirilayotgan yangi ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi, tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

“Yangi obod” MFY hududidagi “Begimxon” MChJ tomonidan “Daily” markasi ostida ichimlik suvi ishlab chiqarish korxonasida hozirda 20 nafarga yaqin doimiy ish o’rinlari yaratilgan.

Tadbirkor Iqboljon Mamajonov viloyat hokimiga joriy yilning yoz oylarida to’liq ishga tushirilishi reja qilingan 250 ming dollarlik loyiha haqida ma'lumot berdi. Ushbu loyiha natijasida yana 25 ta qo’shimcha ish o’rinlari yaratilishi reja qilingan. Ayni kunda Xitoy davlatidan dastgohlar keltirilmoqda.

Shaharning “Yangi obod” MFY hududida “Aynur Universal Polimer” MChJ tomonidan santexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Tadbirkor Avazbek Ortiqov tashabbusi bilan ishga tushirilgan loyiha uchun 1 mlrd. so’m mablag’ sarf qilingan bo’lib, yillik 35 turdagi 10 ming donadan ziyod mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Mahsulotlar Turkiya texnologiyalari asosida tayyorlanmoqda. Fevral oyi oxiriga yakunlanishi rejalashtirilayotgan loyiha to’liq ishga tushirilishi natijasida 15 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Korxona bilan tanishish jarayonida muassislarning elektr ta'minotini yaxshilash masalasida qilgan murojaati viloyat hududiy elektr tarmoqlari rahbari tomonidan tegishli tartibda o’rganilib, qisqa muddat ichida hal etish choralari ko’riladigan bo’ldi.

Shu kuni “Yangi obod” MFYdagi “Altaman” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan tabiiy o’g’it (kompost) ishlab chiqarish loyihasi ham taqdim etildi. Qiymati 5 mlrd. so’mlik loyihaga ko’ra, yillik 10 ming tonna kompost, 2 ming tonna biogomus ishlab chiqariladi. Shahar va qishloq xo’jaligi yerlaridan chiqadigan organik va tabiiy chiqindilar qayta ishlanib, o’g’it hosil qilinadi.

Tadbirkor Muhammadjon Rahmonov tomonidan amalga oshirilayotgan tillani qayta ishlash, zargarlik buyumlarini sotish va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi loyihasi ham ko’zdan kechirildi. Ayni kunga qadar 1 mln. dollardan ortiq investitsiya kiritilishi hisobiga qurilish va montaj ishlari amalga oshirildi. Binoni jihozlash va xomashyo uchun yana 2 mln. dollar miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Loyihani ishga tushirish hisobiga 200 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Zargarlik majmuasida Marg’ilon shahri va qo’shni shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan usta zargarlarni bir joyga jamlash ko’zda tutilgan. Loyihani joriy yilning may oyiga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi bilan suhbatda tadbirkor majmua yoniga qo’shimcha avtoturargoh qurish hamda elektr ta'minotini yaxshilash borasida murojaat qildi. Viloyat hokimi ko’tarilgan masalalarni qisqa muddatda hal etish bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, shahardagi “Rashid Tex” MChJdagi ish jarayonlari bilan tanishildi. Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishiga mo’ljallangan, asosan eksportga ishlovchi ushbu korxonada 60 ga yaqin ishchi-xodim bandligi ta'minlangan. 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram