Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA SINGAPURLIK INVESTORLAR QUYOSH PANELLARI ISHLAB CHIQARISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2023-03-03 22:36:23    176

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onada quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Singapur davlatining “Enercon Asia” kompaniyasi ijrochi direktori Ajar Otmanni qabul qildi.

Muloqotda Singapurning “Enercon Asia” kompaniyasi tomonidan viloyat hududida katta quvvatdagi quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ayni jarayonda singapurlik investorlar tomonidan viloyatning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda quyosh panellari va shamol trubinalari orqali ishlab chiqariladigan energiyaga bo’lgan ehtiyoj o’rganilgach, taklif ishlab chiqilishi va ikki tomonlama manfaat keltiruvchi loyiha doirasida investitsiya kiritilishi ta'kidlandi.

E'tiborlisi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari o’rnatilgach, unga 25 yil davomida texnik xizmat ko’rsatilishi ham aynan ushbu kompaniya tomonidan amalga oshirilishi ma'lum qilindi.

Tashrif doirasida “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar faoliyati  o’rganilgach, 400 MVt energiyaga ehtiyoj borligi aniqlandi. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda ikki tomonlama manfaatli investitsiyaviy loyihani ishlab chiqishga ishonch bildirildi.

Ta'kidlash o’rinliki, “Enercon Asia” – elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari va tarqatish moslamalarini ishlab chiqarishda 30 yillik tajribaga ega Singapurdagi yirik kompaniya sanaladi. Hozirda kompaniyaning  Osiyo davlatlarida 6 ta filiali faoliyat ko’rsatadi. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari dunyoning 20 dan ortiq davlatiga eksport qilinadi. Kompaniya tomonidan shu kungacha xalqaro miqyosda 3 mingdan ortiq loyihalar amalga oshirilishiga erishilgan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram