Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 255 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI RAISI, PREZIDENT ADMINISTRATSIYASI RAHBARI AKILBEK JAPAROV BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA VILOYATIMIZDA BO’LDI

×

 2023-03-08 21:25:33    180

PDF yuklash
Chop etish


Qirg’iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan viloyatimizda bo’lib, hududlarda amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar samarasini bevosita kuzatishdi. Tashrif doirasida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli hamkorlik borasida muloqotlar olib borildi.

Xususan, delegatsiya a'zolari Qo’shtepa tumanida joylashgan “Global textile infinity” to’qimachilik korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. O’rganish davomida mehmonlar “Fergana global textile” paxtachilik-to’qimachilik klasteri tarkibidagi ushbu to’qimachilik korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari, eng ilg’or texnologiyalar va sifat laboratoriyalari, ishchi-mutaxassislar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni yuksak e'tirof etdilar.

Ta'kidlash o’rinliki, korxonada paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to’liq jarayoni yo’lga qo’yilgan. Shu tariqa xomashyo yetishtirishdan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo’lgan jarayonni qamrab oluvchi qo’shimcha qiymat zanjiri yaratildi. Bu yerda qurilish-bunyodkorlik, jihozlash ishlari uchun 132 million yevro investitsiya kiritilib, Shveytsariya davlatidan eng so’nggi rusumdagi uskunalar olib kelib o’rnatildi.

Zamonaviy korxona yiliga 18 million metr aralash mato hamda 10 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. 2023 yil davomida YEvropa davlatlari va Xitoyga 85 million yevrolik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Buning uchun korxonada barcha ishlab chiqarish jarayonlari dunyoning eng ilg’or standartlari asosida tashkil etilmoqda.

Delegatsiya a'zolari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish asnosida sifat laboratoriyasida ham bo’lib, bu yerdagi qulay shart-sharoitlar jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini berishini ta'kidlashdi. O’z navbatida qardosh yurt vakillariga korxona mutaxassislari tomonidan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo’lga qo’yilgan paxtachilik-to’qimachilik klasterlarining keng qamrovli faoliyati, paxtadan tayyor mahsulotgacha bo’lgan ish jarayoni xususida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, Qirg’iz Respublikasi delegatsiyasi a'zolariga korxonada YEvropa standartlariga mos mahsulotlar tayyorlashning muhim jihatlari bo’yicha ham aytib o’tildi. Bu yirik loyiha bir nechta bosqichlarda amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, hozirgi birinchi bosqichda fabrikada 1 ming 500 nafar mahalliy aholi ish bilan ta'minlandi. Shu kunlarda bu yerda to’qima mato ishlab chiqarish maqsadida yangi loyiha hayotga tadbiq etilishiga kirishilmoqda. Loyiha doirasida viloyatning Uchko’prik tumanida ip-kalava va mato tayyorlash hamda paxtani qayta ishlash korxonalari tarmog’i ham foydalanishga topshiriladi. Bu klaster korxonalarida jami ish o’rinlari  sonini qariyb 5 mingtaga yetkazish imkonini beradi.

Klaster korxonasi qoshida o’quv va kasanachilik markazi ham tashkil etilgan. Hozirda bu yerda korxona uchun zarur 4 ta yo’nalishda mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati yo’lga qo’yildi.

Muloqotlar jarayonida ishonchli, do’stona hamkorlik aloqalarini zamonaviy mezonlar asosida yo’lga qo’yish va rivojlantirish yuzasidan o’zaro fikr almashildi hamda bir qator takliflar ilgari surildi.

Qirg’iziston delegatsiyasiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Achilbay Ramatov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamkrohlik qildilar.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram