Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA “YOZYOVON TAJRIBASI” VILOYATDA KENG OMMALASHTIRILADI

×

 2023-04-15 18:04:24    176

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon tumanida bo’lib, Yangiobod MMTP hududidagi “Katta tosh baliqlari” fermer xo’jaligidagi intensiv usulda yo’lga qo’yilgan baliq yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi. Bu yerda fermer xo’jaligi rahbari Fayzullo Imomov amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Shundan so’ng viloyat hokimi baliqchilik tarmog’ini rivojlantirish va baliq mahsulotlari yetishtirish bo’yicha tuman shtabida baliqchilikka oid ko’rgazmalarni ko’zdan kechirdi. Baliqchilik bo’yicha o’quv markazida bo’ldi. Viloyat rahbariga “O’zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari Suhrob Egamberdiyev va viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Adhamjon Tilavoldiyev hamrohlik qildi.

Viloyatning tuman hokimlarining birinchi o’rinbosarlari va qishloq xo’jaligi bo’yicha o’rinbosarlari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari hamda fermerlar jalb etilgan viloyat seminarida “Yozyovon tajribasi” misolida viloyatda baliqchilikni keng ommalashtirish kun tartibidan o’rin oldi.

Seminarda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan soha rivoji uchun ko’plab imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilganligi qayd etildi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bugun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri ekaniga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, tarmoqni yanada rivojlantirish istiqbollari, mavjud imkoniyatlar haqida to’xtalib o’tdi. Yanvar oyida tumanda 64 ta baliqchilik xo’jaliklari faoliyat olib borgan bo’lsa, ayni kunda ularning soni 84 tani tashkil etgani, 1800 gektarda baliqchilik yo’lga qo’yilgani ma'lum qilindi.

Har bir qarich yerdan samarali foydalanish maqsadida intensiv usulda baliq yetishtirishni ko’paytirish va samaradorlikka erishish vazifalari belgilandi.

Mutasaddilarga viloyatda baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish, soha vakillari uchun o’quvlar tashkil etish, Jahon banki mablag’lari va mahalliy imtiyozli kredit resurslaridan unumli foydalanish, amaliy seminarlarni boshqa tumanlarda ham o’kazishga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

“Ibragimov Doston fayz” baliqchilik klasteri rahbari Erkinjon Ibrohimov baliqchilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha viloyat hokimi maslahatchisi sifatida faoliyat olib borishi e'lon qilindi.

Seminarda quyosh panellari va aeratorlarni o’rnatish, zamonaviy texnologiyalarni afzalliklari, yer tanlash va ozuqa yemlardan to’g’ri foydalanish yuzasidan tajribali fermerlar va soha bilimdonlarining ma'ruzalari, taqdimotlari amalga oshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram