Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING ELLIK OLTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-04-18 13:01:35    147

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi ellik oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyat kengashi deputatlari, viloyat hokimligining tegishli kotibiyat va bo’lim boshliqlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Bugungi sessiya kun tartibida ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkilotlari va mahallalarning faol jamoatchiligi bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik darajasini muhokama qilish belgilangan bo’lib, dastlab bu borada viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlari tomonidan 2023 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil yakuniga qadar ko’riladigan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Farrux O’sarovning axboroti tinglandi.

Navbatdagi masalada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan so’z olgan viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig’i Anvarjon Abdullayev viloyatda xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga o’qitish orqali bandligini ta'minlashga ko’maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumotlar bilan tanishtirdi.

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 408-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyatda 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha loyihalar dasturlari doirasida ichimlik va oqova suvi ta'minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida “Suv ta'minoti va oqava suv ob'ektlari qurilishi bo’yicha injiniring kompaniyasi” UK viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Rustamjon Xoliqnazarovning viloyat kengashi deputatlari oldidagi hisoboti tinglangan bo’lsa, viloyat mahalliy byudjetining 2023 yil 1-chorak yakuni ijrosi hamda shakllangan qo’shimcha manbalardan maqsadli foydalanish holati yuzasidan viloyat moliya boshqarmasi boshlig’i Zafarjon Ro’zaliyev ham o’z axborotini o’qib eshittirdi.

Sessiyada shuningdek, joriy yilning 17 aprel kuni bo’lib o’tgan xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining qo’shma yig’ilishida muhokama qilingan masalalarning qaror loyihalari kun tartibiga kiritilib, deputatlar tomonidan qaror loyihalari tasdiqlab berildi.

Kun tartibidagi masalalar bo’yicha deputatlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi ellik oltinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan har bir masala ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram