Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI BITIRUVCHILARI YAPONIYADA O’Z MUTAXASSISLIKLARI BO’YICHA MEHNAT FAOLIYATI OLIB BORISH IMKONIYATIGA EGA BO’LDILAR

×

 2023-04-26 12:23:02    617

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullajon Qosimov Yaponiyaning ilg’or kompaniyalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beruvchi “Willtec”, “Wat consulting” va “Nippondo” kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona politexnika institutida amalga oshirilayotgan “Career Development Project” loyihasi doirasida “Wat consulting” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Yapon tili va yapon texnologiyalarini o’rgatish markazi faoliyatini samarali yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilindi.

FarPI bitiruvchilarining Yaponiyada o’z mutaxassisliklari bo’yicha faoliyat olib borish imkoniyatini taqdim etuvchi ushbu markaz, dastlabki bosqichda oliygohning kunduzgi va sirtqi bo’limlarda qurilish va arxitektura yo’nalishlarida ta'lim olayotgan 4 ming nafardan ziyod talabalarni qamrab olishi ko’zda tutilgan. Bir vaqtning o’zida 175 nafar talabaga Yapon tili va yapon texnologiyalarini o’rgatishga mo’ljallangan markaz, ikki yillik dastur asosida o’quv amaliyotlarini tashkil etadi. Yaponiyaning yirik qurilish kompaniyalari bilan hamkorlikda ish olib boruvchi “Wat consulting”, markazni muvaffaqiyatli tamomlagan oliygoh bitiruvchilarini Yaponiyada o’z mutaxassisliklari bo’yicha mehnat faoliyati olib borishlarini ta'minlaydi. Keyingi bosqichda markaz kengaytirilib, boshqa yo’nalishlarda ta'lim olayotgan talabalar ham jalb etiladi.

Aholisi yil sayin keksayib borayotgan Yaponiyada til biluvchi va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmasiga ega malakali mutaxassislarga katta ehtiyoj mavjudligini qayd etgan yaponiyaliklar, Farg’ona politexnika instituti talabalarining bilim va salohiyatini yuqori baholab, o’quv markazi bitiruvchilari, o’z mutaxassisliklari bo’yicha faoliyatlarini Yaponiyada muvaffaqiyat bilan davom ettirishlariga ishonch bildirishdi.

Farg’onada Yaponiya bilan hamkorlikda kasbiy ta'lim hamda yapon tilini o’rgatish bo’yicha qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinayotganini qayd etgan Fayzullajon Qosimov, dunyoda sifat darajasi bo’yicha yuqori ko’rsatkichlardan birini egallagan Yaponiya ta'lim tizimining Farg’onada texnik soha mutaxassislarini tayyorlashda ham tadbiq etilishi viloyat uchun o’ta ahamiyatli bo’lishini ta'kidladi va loyiha viloyat hokimligi tomonidan to’la qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Farg’onadagi qator o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida qurilish sohasi ustalari ham tayyorlanishini qayd etib, ularga ham yapon tili va amaliy kasb ko’nikmalarini o’rgatgan holda Yaponiya qurilish kompaniyalarida mutaxassisliklari bo’yicha ishga joylashtirish bo’yicha qo’shma ish tashkil etish taklifini ilgari surdi va bu Yaponiyalik tadbirkorlar tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Uchrashuvda Farg’ona politexnika instituti rektori O’ktam Salomov, viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Anvarjon Abdullayev, viloyat Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Ziyodbek Yunusov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov ham ishtirok etdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram