Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KOREYANING YIRIK AHA KOMPANIYASI FARG’ONADA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH JIHOZLARI ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2023-04-26 21:35:08    365

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreyaning AHA kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ku Gi Doni qabul qildi.

Uchrashuvda AHA kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan Farg’onada elektromobillarni quvvatlash jihozlari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.

Suyuq kristalli displeylar va doskalar, raqamli tibbiyot jihozlari hamda elektromobillarni quvvatlash jihozlari ishlab chiqarishda Koreyaning yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lgan AHA, elektromobillarni ommalashtirish bo’yicha Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O’zbekistonda tadbirkorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar hamda Farg’onada xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan qulay sharoitlardan foydalangan holda Farg’onada o’z investitsion loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda. Loyiha Ekoshahar hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasi hududida joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Viloyat hokimi elektromobillar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash orqali havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini qisqartirish bugungi kun davlat siyosatida muhim o’rin tutayotganini ta'kidlab, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko’mak berilishi va qo’llab-quvvatlanishini bildirdi.

AHA kompaniyasi investitsiyalari hisobiga Qozog’istonning Qarag’anda shahrida tashkil etilgan korxonada ishlab chiqarilayotgan suyuq kristalli elektron doskalar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga, jumladan, O’zbekistonga ham eksport qilinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda bu mahsulot turiga bo’lgan talab kun sayin ortib borayotganiga e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, AHA kompaniyasi boshqaruv kengashi raisiga Farg’onada ham elektron doskalar ishlab chiqarishni tashkil etishni taklif qildi. Taklif ijobiy qabul qilindi hamda bu boradagi loyiha istiqbollari o’rganib chiqiladigan bo’ldi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram